Yerning sun’iy yo‘ldoshi (YeSY)ni kuzatish usullari reja: YeSYni kuzatishning yer usti usullari Kuzatish uchun asbob va anjomlar



Yüklə 29,28 Kb.
səhifə5/5
tarix02.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#137483
1   2   3   4   5
YERNING SUN

Kuzatishni loyihalash

Texnik loyiha, texnik topshiriqga asosan tuziladi. Texnik loyiha ustida ishlash, geodezik ishlarni ob’ektda oldin bajarilgan materiallarini to‘plashdan boshlanadi. Geodezik o‘rganilganligi bo‘yicha materiallarni to‘plash jarayonida quyidagi ma’lumotlar olingan bo‘lishi kerak:


-mavjud geodezik to‘rlar punktlari materiallarining tadqiqoti;
-koordinata va balandlik punktlari kataloglaridan ko‘chirma, ular loyihalanayotgan to‘rlarda boshlang‘ichlar sifatida ishlatilishi mumkin;
-mavjud to‘rlarni o‘rnatish kartochkalari va abrislari;
-ayniqsa aniqlikni baholashga kiruvchi, oldin bajarilgan ishlar hisobotidan ko‘chirma;
-ish ob’ektida qabul qilingan, koordinata va balandlik tizimlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar.
Kartografik (topografik) materiallarni to‘g‘ri keluvchi masshtablarda to‘plash va tizimlashtirilishini olib borish. Kartada barcha mavjud punktlarning joylashgan o‘rni ko‘rsatiladi, ularni loyihalanayotgan to‘rga kiritish yoki bog‘lash taxmin qilinadi. Bunda yo‘ldoshli o‘lchashlar uchun, kuzatish normal shartlariga nisbatan, bu punktlarni baholash kerak bo‘ladi.
Loyihalanayotgan to‘rni qurish sxemasi va yo‘ldoshli o‘lchashlar usullarini tanlash, to‘rning vazifasiga va uning aniqligiga bog‘liq. Tanlov mos keluvchi talablarga asosan va yana geodezik o‘rganilganlik va texnik topshiriqni hisobga olib o‘tkaziladi. To‘rni qurish usulini tanlashda, 2-jadvalda keltirilgan parametrlarga amal qilish tavsiya etiladi.
Yaratiladigan to‘rdagi punktlarning zichligi, amaldagi ko‘rsatmalarga mos ravishda o‘rnatiladi. Loyihalash jarayonidagi barcha ish ob’ektlari bo‘yicha aniqlanadigan punktlarni, bir tekis joylashuviga rioya qilish tavsiya etiladi.
2-jadval

Parametrlar

To‘rni qurish sxemasi

Yopiq geometrik shakl

Radial

Yaratiladigan to‘rning klassi

3 va 4-klass DGT, shahar sinchli, maxsus to‘rlar, 1-razryad

1 va 2-razryad, plan olish to‘rlari

Punktlar orasidagi masofa

20 km gacha

10 km gacha va turli uzunlikdagi vektorlar uchun

Yo‘ldoshli o‘lchashlar uchun loyihalanadigan punktlarning joylashgan o‘rnini tanlashda, quyidagi talablarga rioya qilish kerak bo‘ladi:
-normal kuzatish sharoitini ta’minlash;
-punkt yaqinida (1-2 km gacha) kuchli nurlanish manbalarini (tele va radiouzatgichlar va boshqalar) bo‘lmasligi;
-punkt atrofidagi gorizontning katta qismi dan yuqori to‘siqlarga ega bo‘lmasligi kerak;
-markazni uzoq muddatli saqlanishini ta’minlash;
-har qanday vaqtda, ob-havo sharoitidan qat’i nazar, punktga qulay kirib borishni ta’minlash.
Shahar hududlarida, ko‘tarilgan binolarda, yuqorida keltirilgan va amaldagi ko‘rsatma talablari asosida, punktlarni loyihalash tavsiya etiladi.
Kerak bo‘lganida, agar ular yaratiladigan to‘r punktlariga qo‘yiladigan talablarga javob bersa, unda imkon darajasida mavjud davlat geodezik to‘rlari (DGT)dan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Punktning joylashgan o‘rnini tanlash haqidagi so‘nggi qaror, dala rekognossirovkasini bajarishdan keyin qabul qilinadi.
Boshlang‘ich punktlarni tanlash, normal kuzatish shartlarini ta’minlashdagi talablar bilan mos ravishda olib boriladi.
Punktlar orasidagi geometrik bog‘lanishlarni loyihalash, qurish tanlangan sxemasi bilan mos ravishda olib boriladi. Yopiq ko‘rinishdagi geometrik shakllarni qurishda, har qaysi punkt, hech bo‘lmaganda, ikkita mustaqil o‘lchangan vektorlar bilan aniqlanishi kerak. Osma vektorlarga ruxsat berilmaydi. Cho‘zilgan to‘rlar (yo‘llar)da o‘lchashlarni nazorat qilish uchun, to‘r (yo‘l)ning oxirgi punktlari orasidagi bog‘lamlarni loyihalash tavsiya etiladi.
Loyihalashda aniqlanadigan vektorlarning: 3 – 4 - klass DGT tarkibida loyihalanadigan to‘rlarni zichlashtirish uchun – umumiy o‘lchashlar sonidan mos ravishda 50% va 25% kam bo‘lmagan miqdorda, razryadli va plan olish to‘rlari uchun – kuzatishlar sharoiti yomon bo‘lgan punktlarda, takroriy o‘lchashlarni ko‘zda tutish kerak bo‘ladi. Takroriy o‘lchashlarni boshqa vaqt (kuzatishlar oynasi)da bajarish tavsiya etiladi.
Nazorat uchun boshlang‘ich punktlar orasidagi vektorlarni qo‘shimcha loyihalash tavsiya etiladi, bu boshlang‘ich asosni ishonchliligini baholash imkonini beradi.
Uzun vektorlarni (20 km) aniqlashda meteorologik parametrlarni: harorat, atmosfera bosimi, havoning namligini o‘lchashlarni ko‘zda tutish kerak bo‘ladi. Bu troposfera ta’siridan kelib chiqadigan, xatolarni chiqarib tashlash imkonini beradi. Ionosferaning ta’siri ikki chastotali priyomniklar yoki bir chastotali priyomniklar bilan uzoq seanslarda o‘lchashlarda chiqarib tashlash imkonini beradi. Meteorologik parametrlarning hisobi dasturiy ta’minot bilan bajariladi.
DGT punktlari, boshlang‘ich sifatida to‘rga kiritilmaganlari va 5 km dan ko‘p bo‘lmagan uzoqlikda joylashganlari, loyihalanadigan to‘r bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.

Loyihada seans (sessiya)lar yoki kuzatishlar seansi guruhi uchun referens stansiyalarning joylashgan o‘rni aniqlanadi. Referens stansiyalar boshlang‘ich punktlarda ham, aniqlanadigan punktlarda ham, joylashishi mumkin. Referens stansiyalarga, kuzatishlar normal shartlarini ta’minlashda, juda yuqori talablar qo‘yiladi, chunki seansdagi o‘lchash natijalari referens stansiyaning ishlash sifatiga bog‘liq.


Loyihaning grafik qismida, boshlang‘ich va aniqlanadigan punktlarning joylashgan o‘rni, loyihalanadigan to‘rdagi punktlar orasidagi bog‘lanishlar, referens stansiyalarning joylashgan o‘rni ko‘rsatilib, kartalarda tuziladi.
Texnik loyihani ishlab chiqishning so‘nggi bosqichi, tushuntirish xatini tuzish hisoblanadi, u quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
-texnik loyihani asoslash, me’yoriy hujjatlar, gedezik o‘rganilganlik, ish ob’ektini fizik-geografik tavsifi, loyihalanadigan ishlar, koordinata va balandlik tizimlari;
-oldin bajarilgan ishlar: geodezik asoslash punktlarining nomi, ishlarning nomi, ishlarni bajargan tashkilotlarning nomi, bajargan yili, aniqlikni baholash, koordinata va balandliklar tizimi;
-tanlangan sxema va o‘lchash usullariga asoslangan holda, ishlarni bajarish dasturi;
-ishlarni bajarish tartibi va vaqti hamda tayyor mahsulotni topshirish batafsil ifodalangan, ishlarni bajarish texnologiyasi;
-loyihalangan ishlarga harajatlar smetasi.
Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin