Yon chiziq qarindosh bo’lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi


Ota-onalar va bolalarning shahsiy huquq va majburiyatlari



Yüklə 25,11 Kb.
səhifə2/8
tarix05.10.2023
ölçüsü25,11 Kb.
#129734
1   2   3   4   5   6   7   8
5 mavzu Oila huquqi

Ota-onalar va bolalarning shahsiy huquq va majburiyatlari
1-§. Bolaning nasl-nasabini belgilash
Ota-ona va bolalarning bir-biriga nisbatan huquq va majburiyatlari bolaning nasl-nasabiga qarab belgilanadi.
Ota-ona va bolalar o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni kelib chiqishiga asos bo’lib bolaning otadan paydo bo’lganligi va onadan tug’ilganlik yuridik fakti qonun bilan belgilangan tartibda bo’lishligi lozim.
Oila kodeksining 60-moddasiga binoan, bolaning shu onadan tug’ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organi tomonidan, bola tibbiy muassasaning hujjatlariga asosan agar, bola tibbiy muassasada tug’ilmagan holda boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Agar bola tibbiy muassasadadan tashqari joyda tug’ilgan bo’lsa, u holda bu yuridik fakt guvohlar ko’rgazmalari va boshqa dalillar bilan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining vafoti, nikohdan ajratilganligi yohud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so’ng uch yuz kun ichida tug’ilgan bolasi nikohda tug’ilgan bola hisoblanadi.
Bola bilan uni onasi o’rtasida huquqiy munosabat uni qonuniy nikohda bo’lgan yoki bo’lmasligidan qat’i nazar tug’ilish faktiga asoslanadi.
Bolaning otadan bunyod bo’lganligini belgilash anchagina murakkab.
Agar bola qayd etilgan nikohda tug’ilgan bo’lsa, onasi bilan nikohda bo’lgan shahs uni otasi degan ehtimolga asoslaniladi. Bu shahsni otaligi ehtimollikka asoslanib, ushbu faktni isbotlash shart emas.
FHDYO organi tomonidan berilgan bolaning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma unda ko’rsatilgan ota-onadan bolaning paydo bo’lganligini isbotlovchi hujjat bo’lib hisoblanadi.
Agar nikoh tugagandan keyin uch yuz kun ichida tug’ilsa va bu davrda ayol yangi nikohda kirgan bo’lsa, bola yangi nikohda tug’ilgan bo’lib hisoblanadi. bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasb-nasabi hususida nizolashish huquqiga ega.
Bolaning huquqiy otasi, otalikni o’z hohishi bilan tan olishligi mumkin, agar u buni inkor etsa, u holda otalik sud tartibida belgilanadi.
Otalikni tan olish fakti alohida sud tartibida belgilanadi. Manfaatdor shahs otalikni tan olish maqsadida ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin. Manfaatdor shahslar bolaning onasi, uning vasiysi (homiysi), voyaga yetgandan so’ng bolaning o’zi hamda prokuror hisoblanadi. ariza boshqa manfaatdor shahslar tomonidan ham berilishi mumkin.
Otalikni tan olish faktini belgilash to’g’risidagi ishda muayyan faktni belgilash unda qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi arizada ko’rsatilishi lozim. Qoida bo’yicha otalikni tan olish fakti boquvchisini yo’qotgan vaqtda unga pensiya tayinlash, meros olish, ya’ni mulkiy huquqlarni amalga oshirish maqsadida belgilanadi.
Sudning otalikni tan olish to’g’risidagi ajrimiga asosan bolaning tug’ilganligi to’g’risidagi dalolatnoma yozuviga ota to’g’risidagi ma’lumot yozilib, bolaga tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma beriladi.



Yüklə 25,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin