Yor-yor xalq qo’shiqlarining koordinatsion qobiliyatni rivojlantirish borasidagi ahamiyati



Yüklə 21,51 Kb.
səhifə2/3
tarix31.12.2021
ölçüsü21,51 Kb.
#112765
1   2   3
YOR.KOORDINATSION

Kalit so’zlar : Yor-yor, koordinatsion, kompleks, mulohaza,anglash, fikrlash, fiziologik,psixologik,metodik, so’zlash.

Keywords:coordination,complex,review,comprehension,thinking,physiological, psychological,methodical,speak.

Ma’lumki yor-yor xalq qo’shiqlari xalqimiz tomonidan to’y va marosimlarda kuylanilib kelingan. Qo’shiqlarni kuylash jarayonida turli xil xarakatlar va o’yinlar bilan birgalikda olib borilgan natijada, ko’plab qobiliyatlarni ochib berish uchun xizmat qilgan. Turli hududlarda o’zgacha kuylangan yor-yor xalq qo’shiqlari kuylash jarayoni ba’zan yigit va qizlarning aytishuv shaklida yoki katta yosh toifasidagi insonlar tomonidan doira yoki chapak(qarsak) jo’rligida kuylangan. Bu esa o’z navbatida kordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish va shakllantirish uchun yaxshi xizmat qilgan. Misol tariqasida aytishuv jarayonida insonlarda so’z boyligini oshirish hamda nutq ravonligi kabi qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yordam bergan. Koordinatsion qobilyat psixologik nuqtai nazaridan qaralganda xususiy harakatlarni o’zlashtirish va atrof –muhit bilan bog’lanishi bolaning initsiativasiga bog’liq hisoblanadi. Ko’pincha holatlarda koordinatsion qobiliyatni rivojlantirish bolalarning jismoniy jihatidan takomillashi va shakllanishi nazarda tutiladi va ko’proq o’rganiladi, biroq koordinatsion qobiliyat bolalarda turlicha bo’ladi va shakllanadi.Shuning uchun koordinatsion qobiliyatni rivojlantirish ishlari bevosita pedagogika sohasi bilan uzviy bog’langan holda yanggi dars ishlanmalari va metodik qo’llanmalar yaratish zarurligi ko’riladi. Bu o’z navbatida bolalarning individual rivojlanish uchun yaxshi samara beradi. Buyuk bobomiz shayxul rais Abu Ali ibn Sino yosh avlod tarbiyasining ibtidosi qanday va nimalar nimalar bilan bo’lishi haqida quyidagilarni aytgan edi: “Yosh bola boshlang’ich ta’lim va tilga doir qoidalarni yod olgandan keyin u mashg’ul bo’lishi mumkin bo’lgan kasb –hunar va san’atga moyiliga qarab, uni shunga yo’llaymiz” .( Muhammad Atiya, 197-bet) Ushbu fikrdan ko’rinib turibdiki, bobolarimiz tomonidan farzand tarbiyasi va yoshlarning koordinatsion qobiliyatining rivojlanishiga juda kuchli e’tibor qaratilgan. Bolalarda zakovat va nutq qobiliyatlarini takomillashtirish dolzarb mavzu hisoblanadi bu borada Al- Farobiy shunday ta’kidlaydi “ Zakovat –biron narsani juda tez va deyarli vaqt sarflamay yoki juda qisqa muddat ichida osonlikcha fahmlay olish qobiliyatidir” (Sharafiddinov O, 640-bet.) Maktab o’quvchilari yoki maktab yoshidagi bolalarda zakovat rivojlanishi va uning takomillashi uchun turli usul va yo’llarni ishlab chiqish zarurdir. Shu sababli yor-yor xalq qo’shiqlari ham bevosita bolalarning koordinatsion qobilyatini rivojlantirish borasidagi usullarni yuritamiz. Yor-yor xalq qo’shiqlari keng ko’lamli mavzularni o’z ichiga oladi bu o’z navbatida yoshlarni fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatlarini kengaytirish uchun yordam beradi. Yor –yor xalq qo’shiqlarining fikrlash darajasini oshirishda quyidagi yo’llardan foydalanish mumkin.

Hay-hay o’lan, jon o’lan,

Mis panjara, yor-yor.

Har jafoga ko’nadi.

Qiz bechora yor-yor . (Aliqulova.H. 86-bet).

Yuqorida keltirilgan xalq qo'shig'ida mantiqiy uzviy bog’lanish mavjud biroq o’quvchilarda fikrlash koordinatsion qobiliyati rivojlanmagan bo’lsa , ushbu to’rtlikdagi mis panjara yoki jafo so’zlari nimaga keltirilgani va qo’shiqda nima uchun qo’llanganligini tushunmasligi mumkin. Xalq qo’shiqlari maktab darsliklarining 5-sinfda keltirilganligini hisobga olsak bu tabiiy holatdir. Demak o’quvchilarga shu to’rlik orqali ma’lum darajada koordinatsion amaliyotni bajarishimiz mumkin. To’rtlikdagi “ Mis panjara” detalini H.Aliqulova hayotiy bog’lagan holda mis- egiluvchan va boshqa detallardan farq qiladi, ana shunday fizik xossasi bilan og’zaki ijodda mohirona o’xshatish ishlatilganligining guvohi bo’lamiz ya’ni qizlarning qismatiga egilishi, taqdirga ko’nishi bu hayotiy ekanligini ritmik- sintaktik parallezim orqali aks ettirilgan. Yor-yor xalq qo’shiqlaridaturli mifologik obrazlarning keltirilishi o’quvchilarning fantaziya qilish qobiliyatini yanada ochib beradi. Yuqorida keltirilgan to’rtlik yuzasidan koordinasion qobiliyatni rivojlantirish uchun topshiriq tuziladi.Misol tariqasida 1-guruh keltirilgan yor-yordagi mazmun va mohiyatini rasmlar orqali ifodalashi ko’zda tutiladi, ushbu topshiriq nomi “Chizgi’’ deb nomlanadi. Bunda o’quvchilar tasavvur qilish koordinatsion qobiliyatini rivojlantiradi ya’ni yor-yorning qanday mazmun va mohiyat borligini anglashga harakat qilishadi, bunda o’quvchilarga keng imkoniyat berish talab etiladi. 2-guruh o’quvchilari berilgan yor-yorning nima haqida ekanligini mulohaza qilishadi va o’z fikrini yaktil bayon bayon etilishi talab etiladi, ushbu topshiriq nomi “ Keng o’yla “ deb nomlanadi. Bunda o’quvchilar o’z fikrlarini keng bayon etishadi va o’quvchilar uchun hech qanday to’siq bo’lmasligi o’ta muhim hisoblanadi. Fikr bayon etilish jarayonida yor-yorlarni kuylashi yoki qarsak chalib aytib berilishi topshiriqlar juda yaxshi natija berilganlididan dalolatdir. Ushbu amaliyot paytida o’qituvchi tomonidan “Nega” deb nomlanuvchi savol barcha guruh o’quvchilariga beriladi.Misol uchun yuqoridagi “Mis panjara” so’zi nima uchun qo’llanganligi so’raladi. Javob berish jarayoni to’p yordamida amalga oshirilishi talab etiladi. Bunda to’p kimga yuborilsa, shu o’quvchi o’z fikrini bildiradi. Javob berish jarayonida o’qituvchi hech qachon sening fikring natog’ri deyishi mumkin emas.Bu esa iste’dodning nisbatan kech oshkor bo’lishi yoki rivojlanmasligi uchun sabab bo’ladi.Talant –bu shaxs psixik xislatlarining murakkab birikmasi hisoblanadi. F.I. Gallning ta’limoticha shaxs qobiliyati aql va hissiyot sifatlarining yarm sharda joylashganlidir(E.G’oziyev.36-bet) deb ta’kidlaydi.Bundan ko’rinadiki, rivojlanayotgan qobiliyat o’zaro hissiyot bilan bog’liqdir agar tanbeh hissiyotga zarar yetkazsa, rivojlanayotgan koordinatsion qobiliyatga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Ushbu topshiriqlarning natijaviyligi ijobiyligi Forish tumani 70-umumta’lim maktabida kuzatildi.

Jilama qiz jilama

Uy seniki yor-yor,

Anov tovning tagida

Onang jotir yor-yor (Aytuvchi: Qo’shbaquva Anurbuvi)

Berilgan qo’shiqda yor-yor xalq qo’shig’ining jilovchi shevasi vakillari tomonidan yozib olingani bois o’quvchida tushunmovchilik bo’lishi mumkin. Xalq og’zaki ijodi namunalari 5-sinfdan 11-sinfga qadar adabiyot darsliklarimizda berilgan, har bir o’g’zaki ijod namularida sheva so’zlari qo’llanilgan.Bunday holatlarda Mulohaza metodidan foydanalish anglash va fikr bildirish koordinatsion qobilyatlarini rivojlantiradi. Tashkiliy qismda savol o’rtaga tashlanadi . Savol sheva so’zning qanday ma’no bildirganligi, qaysi hududda ishlatilishi, geografik xaritada tasvirlab berish kabi turlaridan iborat bo’ladi. Yuqoridagi topshiriqlar bola psixologiyasini o’rganilgan holda keltirildi(E.G’oziyev.15-bet). Insonning qobiliyat rivojlanishi bevosita psixologioya bilan bog’liqdir. Mulohaza metodi anglash jaroyonini teranglashtiradi va boshqa fanlar bilan bog’liqligini oshiradi. Keltirilgan savoldagi shevaning qaysi hududda ishlatilinishi ko’rinishidan bir muncha murakkkab biroq asosiy nuqta uning hudud va tashqi jarayonlarni sintez qilishi uchun berilgan bo’lsa, qanday ma’no borligini topish bevosita leksik lug’at boyligini kabi koordinatsion qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi.

Ro’molimni yuvdirdim, omon yor,

Qora tolga ildirdim, omon yor.

Qora toli qurisin, omon yor,

Qaroqchiga oldirdim, omon yor.(Shomirza Turdimov.12-bet.) Ushbu qo’shiqni maktab darsliklarida “Keys savol” sifatida keltirishimiz mumkin. Bunday holatda “Kompleks metod” yordamida amalga oshirishimiz mumkin. Kompleks metod o’rganilayotgan obyektni o’zgarishlar turli nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati turlicha shaklda boradi ya’ni ba’zi fanlarda sust yoki yaxshi o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega bo’lsa, berilayotgan mashg’ulotlar kompleks tuzilishiga ega bo’lishi zarur hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan xalq qo’shig’ini turli yo’sinda talqin etilishi, fikr jamligi hamda o’zlashtirish ko’rsatkichiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Negaki, bola qiynalayotgan faniga bo’lgan qiziqishi past bo’lishi kuzatilada agarda maktab darsliklarida kompleks metodi yo’sinida dars olib borilsa ya’ni o’quvchining qiziqishi yuqori bo’lgan fani yordamida kompleks(bog’langan) usulda dars o’tilishi yaxshi samara beradi. Keltirilgan xalq qo’shig’ini turli sinf darajalariga bog’lagan holda topshiriqlar tuzishimiz mumkin.Masalan 5-sinf o’quvchilari uchun matematik hisoblarni yaxshi o’rgatish uchun qo’shiqlardagi m undoshining umumiy soni toping va ularni ikkiga ko’paytiring singari tezkor savol –javob o’yini tashkillashtirish zarurdir.



Xullas, yor-yor xalq qo’shiqlari orqali maktab va bog’chalarda koordinatsion qobiliyatni rivojlantirish va uni takomillashtish uchun yaxshi samara berishi va xalq og’zaki ijodiga mehrini oshirishimiz mumkin. Keltirilgan fikrlarni quyidagicha umumlashtiramiz.

  • Yor-yor xalq qo’shiqlari orqali o’quvchilarning fiziologik qobiliyatini takomillashtirish mumkin;

  • Xalq qo’shiqlarida keltirilgan har bir holatlar va ramzlarni metodikaga bog’lagan holda fikrlash koordinatsion qobiliyatini o’stirishimiz mumkin;

  • Xalq qo’shiqlarini “Kompleks va Mulohaza “ metodiga bog’lagan holda dars o’tilishi qobiliyat shakllanishi uchun yaxshi xizmat qiladi;

  • Yor-yorlarning maktab darsligiga keltirilishi anglash va mulohaza qilish kabi koordinatsion qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi.



Yüklə 21,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin