39
qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad etishga olib keladi.
Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro„yxatdan
o„tkazishni rad etishga yo„l qo„yilmaydi. Xo„jalik sub‟yektlari davlat ro„yxatidan
o„tkazishni rad etish, shuningdek, ro„yxatdan o„tkazish muddatlarining buzilishi
yuzasidan sudga shikoyat qilishlari mumkin.
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44 - moddasida davlat
ro„yxatiga oluvchi organ huquqiy shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas
degan vaj bilan davlat ro„yxatiga olishni rad etishi mumkin emasligi ko„rsatilgan.
O„zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to„g„risida»gi Qonunning 11 - moddasi 3-qismida ariza beruvchi mansabdor
shaxslarning g„ayriqonuniy harakatidan norozi bo„lgan yoki ro„yxatdan o„tkazish
muddatlari buzilgan taqdirda u belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli
ekani belgilab qo„yilgan. Sud ariza beruvchini davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad
etish yoki ro„yxatdan o„tkazish muddatini buzish haqidagi da‟vo arizalarini
ko„rishda har bir ishning holatiga, birinchidan, davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad
etish hamda ro„yxatdan o„tkazish muddatini buzish holatiga baho berib, yyetkazil-
gan zarar, shu jumladan, ariza beruvchiga yetkazilgan ma‟naviy zarar mu-
tanosibligi va ularni undirish va qoplash miqdorlari oqilona bo„lishligini
ta‟minlashi lozim. Jamiyatning qayta ro„yxatdan o„tkazilishi faqat qonun hu-
jjatlarida belgilangan hollardagina amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro„yxatidan o„tkazilgan sanadan e‟tiboran
uzog„i bilan olti oygacha bo„lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy
yig„ilishi to„g„risidagi, kuzatuv kengashi to„g„risidagi va ijroiya organi
to„g„risidagi, faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, aksiyadorlik
jamiyatining ko„rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish
tarјibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy
yig„ilishida tasdiqlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: