Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‗z
a‘zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‗pchilik tomonidan e‘tirof
etilgan harakatlar talablaridir.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o‗zida qator qobiliyatlar va malakalarni
talab qilmoqdaki, ayniksa, yoshlar o‗zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish
uchun ba‘zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur
bo‗lishmoqda. Masalan, yosh oila boshligi, talaba, ota - onalarga moddiy
jihatdan qaram bo‗lmaslik uchun, bir vaqtning o‗zida ham itoatkor, intizomli
talaba va ishdan keyin esa - chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan
shug‗ullanishga majbur bo‗lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda,
doimiy intiluvchanlik va o‗z ustida muttasil ishlashni talab qiladi.
Ijtimoiy ta‟sirlarning shaxs tomonidan anglanishi
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs
xulq-atvorini ma‘lum ma‘noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam
beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi
maqbul harakati uning o‗ziga ham bog‗liqdir. SHaxsning o‗zi, o‗z xulq-atvori
xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‗lgan obraz -
«Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi
shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida
jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning
uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy
ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks
holda umumiy xususiyatli yo‗llanma, ko‗rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi,
chunki individuallik o‗ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi
ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub
maqsadga erishib bo‗lmaydi.
Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari
va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs
oldiga qo‗yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo‗jalik
xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo‗yadigan
talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish.
Ruhiy sifatlarni e‘tiborda tutish haqida ma‘lumot berish. Bosh miya asab
tolalarining qo‗zg‗aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar
berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy
sifatlarning tutgan o‗rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy
sifatlarning kasb mohiyatiga ta‘siri masalalari.
Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo‗ladi: faol, sust, chuqur,
tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo
yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko‗p va turfaki,
ularni tanlayotgan kasbga qanchalik o‗yg‗unligi haqidagi savolga birdaniga
javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat,
ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko‗ngilxushliklarga bo‗lgan qiziqish
va mayllarni ko‗rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va
mayllarni o‗rganish va shakllantirish kerak degan savol tug‗iladi. Bu savolga
javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog‗i, har bir bolani
qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak.
Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart-sharoitlaridan
kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko‗p bo‗lishiga
qaramay, ularni mehnat qurollari, ob‘ektlariga ko‗ra, besh turga turkumlash
mumkin (muqovalarga qarang):
1. Odamlar bilan ishlash ektakchi bo‗lgan sohalar – bu turni biz shartli
ravishda «Inson+inson» deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan
insonlar bilan muloqatda bo‗ladi, ya‘ni ularning faoliyatida odamlar asosiy
o‗rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar
insoniyatga turli yo‗l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Birinchi
turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi.
2. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar
«Inson + texnika». Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya,
elektrotexnika sohalari bo‗yicha laboratoriya amaliyotlarini o‗tkazishni xush
ko‗radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika
asboblarini ta‘mirlashga ishqiboz bo‗ladilar.
3. O‗smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog‗liq sohalar. «Inson + tabiat».
Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag‗rida bo‗lishni sevishadi. Turli
jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika,
biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o‗rganishadi.
4. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog‗liq sohalar. «Inson + ramzlar».
Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish,
kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida
bo‗lishadi. Atrofni ko‗zatishni sevishadi, turli tarqoq ma‘lumotlarni bir tartibga
keltirishga intilishadi.
5. Badiiy obrazlar bilan ish ko‗radigan sohalar. «Inson + badiiy obrazlar».
Badiiy obrazlar bilan ish ko‗radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo‗lishadi.
Rasm chizish, turli jihozlash ishlari, raqsni yaxshi ko‗radilar.
Kasbiy ma‘rifat ta‘limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar
bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini
aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni
shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog‗i, botanika
bog‗i, korxonalarga, tabiat bag‗riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar
beradi. O‗quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg‗otish, ularni
shakllantirish hamda o‗stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan
natijalarga erishish mumkin.
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik
qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida
shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli
ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning
funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi
bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni
turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy
shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash
tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish
sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z
imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy
faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu
muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli
sifatli ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu
muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya
doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish
jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning
ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga
yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib
ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi
ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez
uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha mutaxassis shaxsining to‘la taqlil qilish
tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi
bilan muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy
chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy
shakllanishini o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi
sub‘ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish
muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik
kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi
tipda sub‘ekt o‘zini ―topgan‖, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni
hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub‘ektning o‘zini o‘zi
―qidirishi‖ bilan izohlanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki
jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.
Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u
sub‘ekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu yerda inson
―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ bo‘ladi. Keyinchalik shaxsni kasbiy
shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‘lib xizmat
qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni
ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas,
balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday
munosabatda inson hayot sub‘ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida
ham bo‘lmaydi. Bu yerda hayotning o‘zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon
bo‘ladi, inson hayot tarzi bilan uni to‘ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga
sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik,
tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‘ladi va shu bilan bir
qatorda bu yerda yaxshilik va yomonlik o‘zaro bog‘liqdir. Bu usul insonning
hayoti o‘zidan o‘zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat
sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan
bog‘liq bo‘lib, u ―hayotning bu uzluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, uzib
qo‘yishi mumkin va insonning g‘oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson
g‘oyalar dunyosidan tashqaridagi pozisiyani egallaydi. ―Bunday refleksiyaning
namoyon bo‘lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir.
S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish
imkoniyatini bog‘laydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar
asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab
―ruhiy bo‘shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi
anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo‘l ochila boshlaydi‖.
Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki,
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining
beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu
vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni
o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi safarbar etish deb nomlab
bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni
yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib
chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat modusi - bu insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro
hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi
ko‘pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir. hayotiy
faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini
ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham
faollashtiradi. Uning ta‘sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va
boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar
tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi
Shaxs munosabatlari
Egalik qilish modusi
Ijtimoiy
intilishlar
modusi
Xizmat qilish modusi O‘ziga munosabat
Boshqalarga munosabat Ishga munosabat
Jangari,
‗changalzor
qonunlari‖ asosida yashovchi. Ishbilarmon: ―sen-menga, men-senga‖.
Tartibli.
Muqitga bog‘liqlik, ―qurbon‖ tamoyili. Qizqanchiqlik,
raqobat, antogonizm. ―Ko‘z bo‘yamachilik‖.
Taqdir
va
yaratganning
irodasi.
Muhabbat. Mas‘uliyat, ijodkorlik. Egalik qilish modusida predmet yoki
boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir
davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, yetishmovchilik sifatida
yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish ehtiyoji inson
ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli
bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha ko‘tariladi.
Kasbiy faoliyat san‘at darajasigacha ko‘tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki
natijasiga ko‘ra predmetli yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi. Shunga
muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday
motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo‘ldi.Bu
bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‘rsatish mumkin,
ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki,
bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga
erishmagan. Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega.
Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‘tish.
Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va ‗to‘xtab qolish‖dan bosh tortishdir.
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini
―topganligi‖, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan
yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita
sifatida qaraydi.
Dostları ilə paylaş: |