Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish,
o’zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish tartibi qanday?
Ma’muriy hujjat muayyan davr oralig’ida yuridik kuchga ega
bo’ladi. “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonunning 58-
moddasida ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish asoslari
belgilab berilgan. Unga ko’ra ma’muriy hujjatning amal qilishi
quyidagi hollarda tugatiladi:
1. Аgar ma’muriy hujjat muddatli xususiyatga ega bo’lsa,
ma’muriy hujjatning amal qilish muddati o’tishi;
2. Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish bilan bog’liq
shartning yuzaga kelishi;
3. Ma’muriy hujjatning bekor qilinishi;
4. Tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan
tugatiladi.
Аgar ma’muriy hujjat muddatli xususiyatga ega bo’lsa, ma’muriy
hujjatning amal qilish muddati o’tishi ma’muriy hujjatning amal
qilishi tugatiladi. Masalan, litsenziya 5 yilga beriladi. Ushbu muddat
ma’muriy hujjatda ko’rsatib qo’yiladi.
Ma’muriy hujjat unda belgilab qo’yilgan shartning vujudga
kelishi natijasida amal qilishi tugaydi. Masalan, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda
lavozimlarga
saylangan,
tayinlangan,
tasdiqlangan
fuqarolar,
shuningdek ularning oila a’zolari (эri, xotini, shuningdek ularning o’z
oilasi bo’lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda
turadigan davrga, shuningdek davlat hokimiyati organlariga, davlat va
xo’jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa
davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali
mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki
tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko’ra, shuningdek ularning oila
a’zolari (эri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan
farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga
111
Toshkent shahriga doimiy propiska qilinadi. Doimiy propiskada
bo’lish sharti – bu yuqoridagi organlar va tashkilotlarda mehnat
faoliyatini olib borishdir.
Ma’muriy hujjatning bekor qilinishi uchun alohida talablar
mavjud.
Tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan
tugatilishi ma’muriy hujjat qaratilgan ijtimoiy munosabatning tugashi
bilan bog’liqdir. Masalan, agar avtomobil yonib ketsa, uning texnik
pasportining amal qilishi ham tugaydi. Chunki, texnik pasport aynan
yonib ketgan avtomobilga tegishlidir.
Ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish uning asosida
berilgan hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib keladi. Masalan,
litsenziya berish to’g’risidagi ma’muriy hujjatning amal qilishining
tugashi uning asosida berilgan litsenziya guvohnomasining ham amal
qilishini tugashiga sabab bo’ladi.
Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o’zgartirish yoki haqiqiy emas
deb topish tartibi qanday amalga oshiraladi? Ma’muriy hujjatni bekor
qilish, o’zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish asoslari “Ma’muriy
tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonunning 59-moddasida berib o’tilgan.
Unga ko’ra, ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki
ma’muriy shikoyatiga ko’ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy
organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham
bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
112
14-sxema
Demak, ma’muriy hujjat manfaatdor shaxslarning arizasiga ko’ra
yoki shikoyatiga ko’ra bekor qilinadi. Bundan boshqa shaxslar uni
bekor qilishini so’rab murojaat etolmaydi.
Shuningdek, ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ o’z
tashabbusiga ko’ra uni bekor qilish yoki o’zgartirishi mumkin. Buning
uchun quyidagilar asos bo’lishi mumkin :
1. Qonun hujjatlaridagi o’zgartishlar;
2. Jamoat manfaatlariga bo’lgan tahdidning oldini olish;
3. Ma’muriy hujjatning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;
4. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida ma’muriy hujjatning faqat
sud tartibida bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkinligi hollari
nazarda tutilishi mumkin.
Ma’muriy hujjat qonun hujjatlariga muvofiq emas deb topilgan
taqdirda, u ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki
o’zgartirilishi kerak.
113
Shuni alohida qayd etish kerakki, manfaatdor shaxsning ishonchi
himoya qilinishi lozim bo’lgan hollarda, ma’muriy hujjatni bekor
qilish yoki o’zgartirish masalasi sud tartibida ko’rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |