Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qonun hujjatlariga
muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning
jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar
qobiliyatini ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan
vazifalar bajarilishi uchun mas’uldirlar.
Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo’mitalari va
idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo’lgan mahsulotlar etkazib
berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar,
safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida
barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga
oshiradilar.
Ichki ishlar sohasini boshqaruvchi davlat organlari tizimini va