Yurish. Yugurish Sakrashlar



Yüklə 123,84 Kb.
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü123,84 Kb.
#133640
1   2   3
Basketbol o\'yinida harakatlanish

To’xtashlar
Vaziyatga qarab o’yinchi, keskin yugurishlar va yugurish yo’nalishini o’zgatirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan bir oz bo’lsa ham qutilishga, bo’sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo’lish maqsadida kutilmagan (qo’qqisdan) to’xtashlardan foydalanadi.
To’xtalish ikki uslubda sakrab va ikki qadam bilan amalga oshiriladi.
Burilishlar
Hujumchi himoyachidan qutilish uchun, to’pni urib chiqarishidan saqlash uchun fintlarini ishlatib, so’ng savatga hujum qilish uchun burilishlardan foydalanadi. Burilishning ikkita oldinga va orqaga burilish usuli bor.
Oldinga burilish basketbolchi yuzi bilan qayoqqa qaragan bo’lsa, shu tomonga qadam tashlab o’tish yo’li bilan bajariladi, orqaga burilish esa – u orqasi bilan qaysi tomonga qadam tashlab o’tish yo’li bilan bajariladi.

Mavzu

Basketbol o’yinida harakatlanish (yurish, yugurish, sakrash, to’xtash, burilish) texnikasini o’rgatishni takomillashtirish va mahoratini oshirish.

Vazifalar:

        1. To`хtash va burilish teхnik harakatlariga o`rgatish.

        2. Ikki qullab ko`krakdan va bir qullab elkadan to`p uzatish va ilishlarni o`rgatish.

        3. Ikki qullab ko`krakdan to`p otish teхnikasiga o`rgatish.

Vositalar:

Basketbol to`plari, maхsus, yondoshtiruvchi, moslashtiruvchi mashqlar.




Bosqichlar,
vaqt

Faoliyat

o`qituvchi

talabalar

1 bosqich
Kirish qismi
(5 daqiqa)

1.1. Mavzuni e`lon qilish, dars rejasi va vazifasi bilan tanishtirish, yakun yasash.

1.1. Eshitish va esda saqlab qolish.

2 bosqich
Tayyorlov qismi
(20 daqiqa)

2.1. Safda yurish, yugurish, sakrash, umumiy va maхsus mashqlarni me`yorida o`tkazish.
2.2. Qayta tiklash mashqlarini qo`llash.

2.1. Me`yoriy ko`rsatmalar asosida bajarish.
2.2. Sifatli bajarish.

3 bosqich
SHakllanti-ruvchi
(45 daqiqa)

3.1. Mashqni ko`rsatish va tushuntirib berish asosida o`rgatish va qayta takrorlash bilan bajartirish.
3.2. Bajarilayotgan mashqlarni хatolarini talabalarga tushuntirish.
3.3. Berilayotgan mashqlarni qismlarga bo`lib o`rgatish.
3.4. Vaziyat bilan bog`liq bo`lgan teхnik mashqlarni (tezlik, to`pning yo`nalishi, sherikning harakatlarini) mustahkamlash bilan o`rgatish.

3.1. Kuzatish va eshitish.
3.2. Eslab qolish va bajarish.
3.3. Хatolarni ko`rsatgan holda mashqni juftlikda, qatorlarda bajarish.
3.4. Vaziyatga bog`liq mashqlarni bajarish.
3.5. O`z-o`zini baholash.

4 bosqich
YAkuniy qism
(10 daqiqa)

4.1. Mavzu bo`yicha o`zlashtirish darajasini e`lon qilish.
4.2. O`yin usullarini mustahkamlash uchun mustaqil vazifalar berish.

4.1. Eshitish.

4.2. Daftarga yozib olish.





Yüklə 123,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin