yirik shaharlarda bu kanallar, ayniqsa, rangba-rang bo‘lib, xaridor
lar bilan sifatli va unumdi kommunikatsiyalar jarayoni tashkil qilish
borasida sotuvchilar oldida keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq
hattoki aholi soni kam b o ig a n kichik shaharlarda ham bugungi kun
da innovatsion mahsulotlarni siljitish amaliyotida rivojlangan va
zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan foydalanish uchun barcha
zarur sharoitlar mavjud, an’anaviy kanallardan birontasi yaxshi ifo-
dalanmagan joylarda esa ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlar
mavjud.
Eng ommaviy va an’anaviy foydalaniladigan kommunikatsiya
kanallari quyidagilardir:
- bosma nashrlar (asosan, gazeta va jum allar);
- xabar berishga oid kanallar (asosan, radio va televideniya);
- ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi
reklam a);
- ko'rgazm a va yarmarkalar;
- internet;
- kundalik yoki bir martalik foydalaniladigan ayrim predmetlar
(avtoruchka, yondirgich, o‘rov paketlari va h.k.);
- foydalanuvchilar uchun tavsiya va y o ‘riqnomalar (mahsulot bi
lan birga beriladigan yoki internet orqali yuklab olinadigan);
- iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot va ishbilarmonlik yozish-
malari.
Yuqorida keltirilgan ro ‘yxat so‘zning asl m a’nosidagi tasnif hi-
soblanmaydi, chunki u yaqqol ifodalangan tasniflash belgilariga ega
emas. Lekin, shunga qaramay, unda iste’molchilarni innovatsion
mahsulot haqida xabardor qilishning barcha asosiy usullari yodga
olib o'tilgan. Bu kanallarning har biri ularni tanlashda hisobga olish
lozim bo‘lgan o'ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar va cheklovlar
bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: