Shaxsiy muloqotlar - innovatsiyalarni siljitishning ajoyib, tabiiy
kanalidir. Uning ustunliklari bevosita axborot jo ‘natuvchi va oluv-
chining muloqot qilishi, tez va ishonchli qaytuvchan aloqa mavjudli-
gi, mazmunli axborotning ikki tomonlama harakatlanishi, xabarlarni
kodlashning ko‘plab tabiiy va ishonchli verbal va noverbal usullari
foydalanilishidan iborat.
Potensial iste’molchini sotuvda mavjud bo‘lgan yangi mahsu
lot haqida xabardor qilib, uni xarid qilishni taklif etar ekan, sotuv
chi innovatsion tovarni siljitishni osonroq boshqara oladi, chunki u
javob tariqasidagi reaksiyani his etadi. Manfaatdor xaridor ham, o ‘z
navbatida, qayta savol bergan va eng tushunarli bayon qilish shakl-
larini tanlagan holda kommunikatsion jarayonga ta’sir ko ‘rsata oladi
va shu tariqa ehtimoliy axborot shovqini darajasini pasaytiradi yoki
kerakli paytda m a’noli savollar berib, suhbatdoshning o ‘z vazifa-
sining uddasidan chiqishiga yordam beradi. Kommunikatsiyalar
jarayonida xaridor va sotuvchining bevosita shaxsan ishtirok etishi
innovatsion tovarlarni eng samarali tarzda siljitishni amalga oshirish
uchun imkoniyat yaratadi.
Shaxsiy siljitishlar real vaqt rejimida va ikkala ishtirokchi to-
monlarning o ‘zaro aloqalari bilan ro‘y berishi, ularning har bir
o‘z manfaatlarini himoya qilishi sababli qatnashchilardan nutq,
imo-ishoralar, gavda turishi, harakat va boshqa noverbal belgilar-
dan, shuningdek, dalillar, qarshi dalillar topish va murosaga keli-
shish uchun aql-zakovatdan foydalanish talab etiladi. 0 ‘zining indi
vidual xususiyatlarini bilgan holda ko ‘pchilik jonli suhbatdan ko‘ra
o ‘zaro xat yozishuvlarni afzal ko'radi.
Ishbilarmonlik yozishm alari shaxsiy muloqotlardan shakli bo‘-
yicha farq qiladi: xabarlar axborot ashuvchi vositaga yoziladi,
javob tariqasidagi reaksiya darrov emas, balki m a’lum vaqt o ‘tgach
bildiriladi. Bu, bir tomondan, yaxshiroq dalillar izlab topish uchun