Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Chor Rossiyasining ta’lim siyosati



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə276/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. Yerli xalqning aksariy qismi,  ba'zi rusparast boy-zodagonlarni hisobga olmaganda, o'z bolalarini rus-tuzem maktablariga berishning oqibatlaridan cho'chir edi. Bu maktablarda birinchi navbatda pravoslav mahzabinig asoslari, rus tili, podshoni ulug'lovchi madhiyalar o'rgatilgani uchun mahalliy xalq bu ochiqdan-ochiq dinbuzarlikdan qochib o'z farzandlarini rus-tuzem  maktablariga bermasdi. Buni o’z vaqtida Sirdaryo viloyatidagi rus maktablarini taftish etgan chor amaldori N.K. Smirnov ham qayd etgan edi. U ruslashtirishga yo'naltirilgan ta'lim siyosatining muvaffaqiyatsizligi sabablarini quyidagicha izohlaydi va yozadi:

- yerli aholining shaharlardagi rus maktablarining qabul qilmaganligi sababi ularning dasturlarida musulmoncha savod darslari yo'qligi, darslar bolalar uchun tushunarsiz bo'lgan rus tilida  olib borilishi va o'qituvchilarning mahalliy tillarni bilmasligi;

- (rus) bolalariga pravoslav dini asoslarini musulmon bolalar huzurida o'rgatish.

Shuningdek, ruscha xat-savod oddiy turkistonlikka foyda keltirmas edi, chunki  o'lkaning musulmon aholisi barcha narsani - xatlar, hisob-kitoblar va boshqa yozishmalarni mahalliy tilllarda va arab yozuvida amalga oshirar, musulmoncha xat-savodli kishi bunda, tabiiy, ko'proq yutar edi.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin