Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


ZARDUSHTNINg TUg‘ILgAN VA ILK DINIY FAOLIYATINI



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

ZARDUSHTNINg TUg‘ILgAN VA ILK DINIY FAOLIYATINI 
BOSHLAgAN JOY TO‘g‘RISIDAgI IKKI xIL 
FIKRLAR MAVJUD:
Zardushtiylikda imon uch narsaga asoslanadi
«Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va muqaddas kitobi 
hisoblanadi. «Avesto» O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining 
islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, 
olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini 
o‘rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar 
qariyb 2 ming yil davomida vujudga kelib, avloddan avlodga og‘zaki 
ravishda ko‘chib borgan
Zardushtning vatani va 
zardushtiylikning ilk 
tarqalgan joyi Midiya 
(Eron) hisoblanadi
Zardusht vatani va 
zardushtiylikning ilk 
tarqalgan joyi Xorazm 
hisoblanadi
«AVESTO»
gUMATA 
EZgU FIKR
gUKTA 
EZgU SO‘Z
gVARSHTA 
EZgU AMAL
Ikkinchisi,
Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan 
joyi Xorazm hisoblanadi. Ko‘pchilik manbashunoslar ikkinchi 
fikrni yoqlaydilar. Xorazm birinchi bo‘lib zardushtiylikning 
muqaddas olovi Ozarxurra yoqilgan va shu dinda eng buyuk 
xudo hisoblangan Ahuramazdaning Zardusht bilan bog‘langan 
joyi hisoblanadi.


34
«Avesto»da Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini boshlagan 
yurt haqida ham ma’lumot beriladi. Aytilishicha, «Bu 
mamlakatning ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar 
boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, 
chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l, chuqur 
ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini 
Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava 
(sug‘dlar yashaydigan yurt), Xvarizm (Xorazm) mamlakatlari 
tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar» bu Amu 
va Sirdaryo bo‘lib, «Avesto» tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta 
Osiyodagi ikki daryo qirg‘oqlarida joylashgan.
Shunga asoslanib, olimlar Zardushtning vatani, zardush-
tiylikning ilk makoni va «Avesto»ning kelib chiqish joyi deb 
Xorazm, tarqalish yo‘nalishi Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriya degan 
fikrni beradilar.
Zardushtiylik ta’limotining asosi olam qarama-qarshiliklar 
kurashi asosiga qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va 
qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasida abadiy kurash davom etadi. 
Barcha yaxshiliklarni Ahuramazda va barcha yomonliklarni 
Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Ahuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon yetib, ularga 
amal qilishni buyuradi, yomon ishlarni bayon yetib ulardan 
saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: ezgu fikr
ezgu so‘z, ezgu amal. Har bir zardushtiy kuniga besh marta 
yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig‘inishi shart 
bo‘lgan.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib 
turadi. Ularda dunyodagi to‘rt unsur – suv, olov, yer va havo 
ulug‘lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o‘ziga xos bo‘lib, o‘lganlar 
bir necha past, baland «sukut minoralari» – dahmalarga soli-


35
nadi, u yerda murdalarning go‘shtlarini qushlar yeb, suyak-
larini tozalaydi. Go‘shtdan tozalangan suyaklar maxsus so-
pol idishlarga solinib minora o‘rtasidagi quduqqa sochib 
yubo riladi. Bunda «halol» bilan «harom»ning bir-biriga 
yaqinlashmasligiga erishiladi.
Eronda sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida Zardushtiylik 
rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas kitobi 
«Avesto» ruhoniylar tomonidan qayta yig‘ilib, kitob shakliga 
keltirilgan. «Videvdat» qismiga o‘zgartirishlar kiritilib, qayta 
ishlangan.
Borliq qarama-qarshiliklardan 
tashkil topgan bo‘lib, u 
abadiylik xususiyatiga ega
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurash oxir-oqibatda 
ezgulikning g‘alabasi bilan 
yakunlanadi
Ezgulik va yovuzlik kuchlari 
o‘rtasidagi kurashning yakuni 
odamlarning qaysi tomonni 
tanlashiga bog‘liq. 
Ezgulikning g‘alabasiga ishonch
Odamlarning yashashdan 
maqsadi dunyoda yaxshilikka 
xizmat qilishdir
Odamlar moddiy dunyodagi 
axloqiy amaliyoti uchun narigi 
dunyoda javobgardir
G‘ayritabiiy kuchlar dunyosida 
ham ezgulik va yovuzlik 
o‘rtasidagi kurash boradi
Tabiat va uning muqaddas 
unsurlarini ifloslantirish
gunoh hisoblanadi
Din talablariga amal qilib 
yashagan kishida yovuzlik 
yengilib ilohiy podshohlik 
vujudga keltirilganidan keyin 
abadiy rohat-farog‘atga erishadi

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin