52
tianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng
amalga oshdi.
325-yili tarixda birinchi marta
Rim imperatori Lisiniya
Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi.
Unda pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, 381-yili
Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. II
Jahon sobori Troitsa haqidagi qoidani ishlab chiqdi va «e’tiqod
tamoyillari»ni qonunlashtirdi. Konstantinopol patriarxi Rim
patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga
ega degan qoidani kiritdi.
395-yilda Rim imperiyasining sharqiy va g‘arbiy
qismlarga
bo‘linib ketishi ikkala cherkovning ikki yo‘ldan ketishiga olib
keldi.
Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga
ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul
Patriarxining xristian
olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga
keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy
tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan
edi. 867-yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy
orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054-yili
rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolikdan bir necha Yevropa cherkovlari
ajralib chiqishi natijasida xristianlikda
protestantlik harakatlari
vujudga keldi. Buning natijasida lyuteranlik, baptistlik,
anglikanlik va kalvinlik cherkovlari shakllandi.
Dostları ilə paylaş: