Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


? TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

?
TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR
1. Buddaviylik asoschisining shaxsi haqida nimalarni bilasiz?
2. Buddaviylik ta’limoti va uning mazmun-mohiyatini gapirib bering.
3. Buddaviylikning qanday yo‘nalishlari mavjud?
4. Buddaviylik Markaziy Osiyoga qanday yo‘l bilan kirib kelgan?
5. Mamlakatimizdagi buddaviylik yodgorliklarini bilasizmi?
6. Buddaviylikning Xitoyga kirib borish jarayoni qanday yuz bergan?
7. Hozirgi kunda qaysi hududlardagi aholi budda diniga e’tiqod 
qilishadi?


50
6-§. Jahon dInlaRI. XRISTIanlIK
Xristianlik jahon dinlaridan biri. U o‘ziga e’tiqod qiluv-
chilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida ko‘p sonlisi 
hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 2 milliarddan ortiq 
bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri 
keladi.
Xristianlik, asosan, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, 
Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida 
tarqalgan.
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy 
qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus 
Xristos) xristianlik ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Xuddi 
shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi 
yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. 
Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun 
chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni 
turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga 
asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan 
quvg‘in qildilar. Isoni 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga 
hukm qildilar.
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili – 
ivritdagi «moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siy-
langan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» («chris-
tos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» 
deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq.
«Injil» xristianlikning muqaddas kitobi. Injil (Bibliya) 
so‘zining grekchadan tarjimasi biblia – kitob, o‘ram ma’nolarini 


51
anglatadi. Xristianlar tomonidan «Injil»ning «Yangi Ahd» 
qismi alohida e’zozlanadi. «Yangi Ahd» 27 kitob – 4 ta Injil 
(xushxabarlar), havoriylarning faoliyati, 21 maktub va Ioann 
(Yuhanno) «Vahiyno masi»dan iborat.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin