Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix17.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#115949
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
II BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR 

USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI. 

2.1. Ertaklarning  janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati 

 

Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz. 



Ba’zilarimiz balog‘at  yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar, 

multfilmlar  ko‘rish  ishtiyoqini  saqlab qolganmiz. Bu  –  ertaklarning  sehrli olami 

g‘oyat  maftunkor  ekanidan,  albatta.  Ertak  –  hikoya  tarzidagi  xalq  og‘zaki  ijodi 

asari  bo‘lib,  eng  qadimiy,  ommaviy  va  keng  tarqalgan  janr.  Yurtimizning  turli 

hududlarida ertak xalq orasida matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak, o‘tirik, tutal kabi 

nomlar bilan ham ataladi. 

Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma 

asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyibu g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va 

mukammal 

holda 


aks 

ettirishi 

bilan 

kishida 


zavq 

uyg‘otadi.  

O‘zbek xalq ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, 

hayotiy-maishiy ertaklar sifatida farqlash mumkin. «Bo‘ri bilan tulki», «Hiylagar 

bedana»,  «Chivinboy»  kabi  ertaklarning  bosh  qahramonlari  hayvonlar,  qushlar, 

hasharotlardir. «Yalmog‘iz», «Semurg‘», «Zumrad va Qimmat» ertaklari sirli va 

sehrli  voqealar  asosiga  qurilgan.  «Uch  og‘a-ini  botirlar»,  «Malikai  Husnobod», 

«Ayoz»  kabi  ertaklarda  barkamol  shaxslarning  ibratli  hayoti  va  sarguzashtlari 

haqida  hikoya  qilinadi.  Shoir  va  yozuvchilar  ham  o‘z  xalqining  eng  chiroyli, 

ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va xayoliy hikoyalar 

yaratadilar.  Ertaklar  asosida  badiiy  va  multiplikatsion  filmlar  olinadi,  sahna 

asarlari qo‘yiladi. 

“Ertaklar  –  yaxshilikka  yetaklar”,  deydi  xalqimiz.  Oilada  ota-onalar 

tomonidan  farzandlarga  hayot  haqida  bilim  berish,  o‘git-nasihat  qilish,  nutq 

o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya 

borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijsi murakkablashib 

boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr, 

do‘stu  yorga  sadoqat,  kelajakka  umid,  yaxshilik  va  adolat  tantanasiga  ishonch 




25 

 

hislari kamolga yetadi. Ota-onasi, buvi va bobolaridan, donishmand keksalardan 



eshitgan, kitoblaridan o‘qigan ertaklarini eslab qolib, ularni qiziqarli va ta’sirchan 

qilib hikoya qilib beradigan odamni ertakchi deyish mumkin. 

Ertakchilar  har  bir  ertakni  tinglovchining  diaqqtini  tortib,  uni  mahliyo 

qiladigan  holda  taqdim  etish  uchun  maxsus  kirish,  boshlama  va  tugallamadan 

foydalanadilar.  Kirish  qism  ertakchi  mahoratini  namoyish  qiladi,  boshlama  va 

tugallama  esa  ertakning  yaxlitligini  ta’minlash  bilan  birga  unga  sirlilik  va 

an’anaviylik baxsh etadi.

  

Ertakchi: “Ertagimning eri bor, yetti qavat yeri bor, yetti qavat yerida dumi 



kalta bo‘ri bor.”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qarg‘a qaqimchi 

ekan,  chumchuq  chaqimchi  ekan.  G‘oz  karnaychi  ekan,  o‘rdak  surnaychi  ekan. 

Toshbaqa  torozigar  ekan,  qurbaqa  undan  bir  tanga  qarzdor  ekan.  Uzoq  o‘tgan 

zamonlarda bir podsho bo‘lgan ekan...”. Tugallanmada esa ko‘pincha: “Shunday 

qilib, hammalari murod-maqsadlariga yetishibdi” deyiladi. 

Xalq  og’zaki  ijodiyoti,  xususan,  ertaklar  bilan  shug’ullanuvchi  olimlar 

o’zbek xalq ertaklarini mavzu jihatidan bir-birlaridan farqli tarzda tasnif qilganlar. 

Ammo ko’pchilikka ma’qul bo’lgan tasnif quyidagichadir: 

  Hayvonlar haqidagi ertaklar. 



  Sehrli-fantastik ertaklar. 

  Hayotiy-maishiy ertaklar. 



 Bundan tashqari, satirik ertaklar ham mavjud. Ammo hajviyot elementlari 

boshqa turdagi ertaklarda ham ko’p yoki ozroq darajada uchrab turadilar. Qisqaroq 

hajmli, kulgili ertaklar toifasi borki, ularni yumoristik ertaklar deyish mumkin. 

 Hayvonlar  haqidagi  ertaklar  o’z  ichida  olib  tahlil  qilinsa,  sof  hayvonlar 

haqidagi ertaklar va hayvonlar va odam ishtirokidagi ertaklarga bo’linishi mumkin. 

Sof hayvonlar haqidagi ertaklar ayrim jihatlari bilan, ya’ni ixchamligi va ibrtaliligi 

bilan masallarga ham o’xshab ketadilar. Aynan mana shunday xarakterdagi kichik 

hikoyalar  Sharq  xalqlari  orasida  ko’p  uchrashligini  bir  qator  olimlar  ta’kidlab 

o’tganlar. 



26 

 

Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining 



katta  bir  qismini  ertaklar  aytish  va  tinglash  orqali  qondirib  kelgan.  Uzun  qish 

kechalarida ertaklar aytilmagan oilani topib bo’lmagan. Bu bilan aytmoqchimizki, 

ertaklar folklor janrlari orasida eng ommaboplaridan biri bo’lgan. 

Ertak  aytuvchilar  vaziyatga,  auditoriyaga  qarab,  ya’ni  tinglovchilarning 

kimlar  ekanligiga  qarab,  ertakning  voqeasini  bir  oz  o’zgartirib,  tarbiyaviy 

maqsadlarda o’zgarishlar kiritib hikoya qilganlar. 

Fantastikasiz  ertak  yo’q.  Ertakchi  doimo  haqiqatni  bo’rttirib,  voqealarni 

o’ta  fantastik  liboslarda  bayon  etadi.  Bizning  nazarimizda,  tasvir  ob’ekti 

me’yoridan  oshirilib,  buzib  berilayotgandek  tuyulishi  mumkin.  Aslida  bunday 

emas.               

Ertaklarda hayot voqeligi fantastik libosda beriladi. Bunday libos xalqimiz 

uchun  istalgan  maqsad  va  g’oyalarni  ilgari  surish  uchun  qulayliklar  tug’diradi. 

Ertaklarni o’qir ekanmiz, biz ajoyib va g’aroyib o’lkalarga safar qilamiz, devlar va 

ajdaholar, sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib 

borar  ekan,  biz  hayotiy  voqealarga  qaytamiz.  Ertak  qahramonlari  barcha  yovuz 

kuchlar ustidan g’alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz.  

 Ertaklarning    qiziqarli  va  ta’sirli  bo’lishini  ta’minlashda  boshqa 

janrlarning o’rni va ahamiyati katta bo’ladi. Chunki ertaklar bag’ridan qo’shiqlar, 

topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar tag’in ham 

mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladilar. Masalan, ayrim 

ertaklarda maqollar ko’p qo’llaniladi, hatto maqollar ertakning nomiga aylanishi 

ham mumkin. «Botir echki» ertagida  «o’zingni bil, o’zgani qo’y», “Qambarjon» 

ertagida «Itining fe’li egasiga ma’lum», «Hasan va Zuhra» ertagida; «Qush tilini 

qush  biladi»  maqollari  ertakning  badiiyligini  oshirib  qolmasdan,  balki  uning 

g’oyasini ham oydinlashtirgan.

8

  



                                                 

8

 Qarang: Afzalov M., Rasulov X., Husanov Z. O’zbek xalq ertaklari. Toshkent,1963.-7-b. 




27 

 

  Ertaklarning qiziqarli va o’qimishli bo’lishida topishmoq janrining ham 



hissasi bor. Ertaklarning qahramonlari sehrli vositalarni qo’lga kiritish uchun yoki 

malikaga uylanish uchun topishmoqning javobini topishlariga to’g’ri keladi.  

 Masalan,  «Baliqchi  va  Malika»  ertagining  qahramoni  sehrli  kavushni 

qo’lga  kiritish  uchun  sehrgarning  uchta  topishmog’ini  topishi  kerak  edi.Bular 

quyidagilar: 

«Qanday  narsa  suvdan  chiqadi-yu,  qaytib  suvga  tushmaydi?»  (Baliq);         

«Qanday narsa suvga tushadi-yu, qaytib chiqmaydi?» (Yomg’ir); «Qanday narsa 

suvga tushadi-yu, yana qaytib chiqadi, ammo hech yeriga suv tegmaydi?» (Oy) 

 Ko’rinib  turibdiki,  topishmoqlarning  ertak  tarkibida  uchrashi,  bu 

ertaklarning o’quvchilarini tag’in ham qiziqtiradi, o’ylantiradi, fikr qilishga majbur 

qiladi.  Ular  javoblarni  bilib  olganlaridan  keyin  qoyil  qoladilar,  ularning  zehni 

ortadi, saviyasi yuqorilashib boradi. 

Ertaklarda maqol, matal, topishmoq, qo’shiqlarning uchrashi ertaklarning 

badiiyligini oshiradi, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, qisqasi, ertakning 

o’quvchi ongiga oson singishiga yordam beradi. 

Madaniy-ma’naviy,  badiiy  ozuqa  olishning  imkoniyatlari  ko’p  bo’lgan 

bizning  davrimizda  ham  ertaklar  o’z  ahamiyatini  yo’qotgani  yo’q.  Hozir  ham 

bolalar  bor  oilalarda  kunda  bir-ikki  ertak  aytiladi.  Radio  va  televidenie  orqali 

ertaklar hikoya qilinadi yoki ular asosidagi filmlar namoyish qilinadi. Bolalarning 

eng sevimli asarlari ham ertaklarga to’g’ri keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




28 

 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin