Vatanimizda juda ko‘p tarqalgan kaolin, giltuproqlarning o‘zi va qo‘shimchalar bilan ishlatiladigan giltuproqlar sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyodir. Giltuproq suv bilan aralashtirilganda u xoxlagan shakl berish mumkin bo‘dgan plastik loyga aylanadi. Undan yuqori haroratda pishirib va turli qurilish buyumlari, ro‘zg‘or anjomlari hamda me’morchilik buyumlari ishlab chiqarish mumkin. U pishirilgandan so‘ng qattiq va suv ta’siriga chidamli pishiq sun’iy tosh material hosil bo‘ladi.
O‘zbekiston xududida sopol material va buyumlar ishlab chiqarish eramizdan 2-3 ming yil avval keng qo‘llanilgan. Pishiq g‘ishtdan II –III asrlarda kolonna asosi va deraza eshiklar o‘rnatiladigan joylarning peremichkalarini qurishda, IX asrdan boshlab devorbop material sifatida foydalana boshlangan. Bu borada ota-bobolarimizning erishgan yutuqlari qay darajada bo‘lganligi haqida Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklari dalolat berib turibdi.
Devorbob sopol buyumlar Devorbob sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbob buyumlarning 50% ni tashkil etadi. Zichligiga ko‘ra devorbob sopol buyumlar (g‘isht, sopol tosh) 3 qismga bo‘linadi:
Effektiv — zichligi 1400 - 1450 kg/m3 dan ko‘p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan;
Shartli effektiv - 1450 - 1600 kg/m3;
Oddiy — 1600 kg/m3 dan katta.
Oddiy pishiq g‘ishtningo‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lib, qirralari to‘g‘ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo‘lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g‘ishtlar o‘lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to‘rtburchak kovakli bo‘ladi. Mustahkamligiga qarab g‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.
Eng ko‘p tarqalgan devorbop materiallarning turlari 3-5-rasmlarda keltirilgan.