Fanlar tizimi va ularning xususiyatlari
Fanning paydo bo‘lishi yoki kelib chiqishini o‘rganmay turib, uning xususiyatlarini to‘laligicha tushunish mumkin emas. Fanning kelib chiqish vaqti haqida falsafiy va tabiiy fanlarni tegishli bo‘lgan adabiyotlarda hech qanday aniq bir fikr yo‘q. Ba’zilar fan ibtidoiy jamoa tuzumida paydo bo‘lgan deb hisoblashsa, boshqalar quldorlik tuzumida, yana ba’zi birovlar kapitalizmning rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan deb hisoblangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida fan unchalik darajada rivojlanmagan. Bu shundan dalolat beradiki, o‘sha davrdagi odamlar o‘zlari haqida va tabiat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan u davrdagi bilimlarni ilmiy deb atash mumkin emas, chunki ular fanga yuzaki qaragan. Hattoki juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishgan, tabiat qonunlarini ham tushinishmagan.
Masalan, qadimgi misrliklar matematikadan amaliy maqsadlarda foydalanishgan. Ko‘plab matematik bilimlarni to‘pladilar. Lekin misrliklardagi matematika fan hisoblanmaydi, chunki ulardagi bilimlar noaniq, juda ko‘p xatolar va hech qanday aniq ko‘rsatmaga ega emas edi. Matematika aniq isbotlarga ega bo‘lgan nazariya bo‘lgandan keyin fan sifatida kirib keldi – ayniqsa Yevklidni yozilgan mashhur “Boshlanish”ni vaqtidan.
Faylasuflarning ko‘pchiligi fan sinfiy jamiyatda vujudga keladi, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat ajralgan holda paydo bo‘ladi deb hisoblashadi. Bu qarash fanning boshlang‘ich holatini va fanning vujudga kelishini nazarda tutsa to‘g‘ri deb hisoblashadi. Yevklid davrida matematikaning ilmiy turi muvaffaqiyatga erishdi. Arximedning richag qonuni va og‘irlik markazlarini topish qoidalari asosida mexanikani tarixi boshlandi. Astronomiya ham bir qancha yutuqlarga erishdi, lekin u ilmiy ko‘rinishga ega emas edi. Butun quldorlik tuzumi davrida ilmiy izlanishlar shu uchta sohalar bilan chegaralashib keldi. Modomiki, matematika mustaqil fan bo‘lib shakllanmoq, mexanikani shakllantirishi bo‘la boshladi, tabiatni qator ob’ektiv qonunlari ochilgan paytdan boshlab fan ijtimoiy ongning shakli bo‘lmoqda.
U yoki bu bilim sohalarini fanga aylanishini ob’ektiv mezonini qonunlarni ochilishi hisoblanadi. Bu mezondan foydalanib, turli tabiiy fanlarning paydo bo‘lishini aniqlash mumkin.
Kopernikning geliotsentrik sistemasi va Kepler qonunlarini ochilishi bilan astronomiya mustaqil fan bo‘lmoqda. 17-asrda Galiley, Dekart, Gyuygens va Nyutonning ishlari tufayli mexanika ilmiy shaklni egallab mustaqil fan bo‘lib qoldi.
U yoki bu fanlarni paydo bo‘lishi qisqa vaqtli voqea emas, balki bu juda murakkab va uzoq vaqtli jarayondir.
Masalan, fizikani fanga aylanishi 17-asrning ikkinchi yarmidan boshlab hamon 18-asrda tugallamoqda. Faqatgina 19-asrda biologiya va geologiya mustaqil fanlar bo‘lib qoldilar: birinchisi, ya’ni biologiya Darvinning evolyutsion nazariyasini paydo bo‘lishi vaqtidan, ikkinchi esa Yevdoks va Yevklidning ishlarini paydo bo‘lishi vaqtidan.
Turli fanlarning kelib chiqishini tahlil qilish natijasida shu narsa kelib chiqadiki, tabiat haqidagi fanlar to‘plami qadimgi ham, o‘rta asrlarda ham yo‘q edi. Tabiiy bilimlar faqat Kopernikning geliotsentrik sistemasi ochilgan vaqtidan boshlab fan bo‘lib qoldi. Tabiiy bilimlar fan sifatida 18-asrda shakllandi.
Fanning harakterli xususiyatlaridan biri – dinamizm. Fan, ayniqsa zamonaviy fan, uzluksiz rivojlanish va o‘sish holatida bo‘lib, u tirik organizmga o‘xshaydi, unda faqat bir nima vujudga keladi (yangi faktlar, qonunlar ochiladi, gipotezalar va nazariyalar yaratiladi) va bir nima o‘ladi (tasdiqlanmagan gipotezalar va nazariyalar tashlanadilar).
Fanni “dialektik birlik” deb aniqlash mumkin:
tushunchalar, kategoriyalar, qonunlar va boshqalar sistemalari;
bilish usuli;
bilishning yuqori maqsadi va mezoni – amaliyot bilan aloqadir.
Umuman olganda, fanning strukturasini bilimlar tashkil etib, ular mantiqan asoslangan va isbotlangan holatlarning bir-birlari bilan bog‘langan sistemasidir. Fan o‘z ichiga juda murakkab ijtimoiy hodisalarni oladi.
Fan bu:
jamoatchilikni rivojlanishida umumiy ma’naviy natija;
ruhiy madaniyatning asosiy elementi;
bilishning o‘ziga xos ko‘rinishi;
dunyoni tushunchalar, gipotezalar, qonunlar, prinsiplar va nazariyalar orqali ifodalab, jamoatchilik ongini shaklidir;
tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi to‘liq va aniq bilimlarning sistemasi;
sistemani dialektik birligi va bilishni usullari;
aniq odamlar guruhini – olimlarni faoliyatini natijasi;
ishlab chiqarishni ma’naviy saviyasi;
ishlab chiqarishni rivojlantirishining muhim faktori;
butun insoniyatning konsentratsiyalashgan va umumlashgan tajribasi;
jamiyatni o‘zgartirish quroli, insonni tabiat ustidan hukmronlik quroli.
Yuqorida ko‘rsatilgan tushunchalardan, fanga quyidagicha aniqlik berish mumkin. Fan bu tarixiy rifojlanayotgan ishonchli, mantiqan qarama-qarshi bo‘lmagan tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar sistemasi.
Ob’ektiv qonunlarni ochilmasdan hech qanday fan yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Fanning butun rivojlanishi ko‘plab yangi qonuniyatlarning ochilish tarixini o‘z ichiga oladi. Bilimning u yoki bu sohasida qanchalik ko‘p qonuniyatlar ochilgan bo‘lsa, u shunchalik yuqori darajali fanga aylanib boradi. Faqat bilimlar to‘g‘risidagi qonunchilikka insonni voqealarini ko‘rishga, unda ishtirok etishga, tabiat va jamiyat o‘zgarishini ko‘rsatishga o‘rgatadi. Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligda odam tabiiy qonunlar to‘g‘risidagi bilimlarga asoslanib uni boshqaradi. Shuning uchun qonunlarni o‘rganish fanning eng asosiy maqsadi.
Fanning qonunlari inson ongini qonunga bo‘lgan ishonchini va tabiat hamda jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Agar insonda ong bo‘lmasa edi, tabiat qonunlari paydo bo‘lgani bilan fan qonunlari bo‘lmas edi. Qonunlar fanning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va u tugallanmaydi.
Fanda o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Masalan, fizikaviy aksiomalar tajriba orqali isbotlangan. Mantiqan olib qaralganda isbotlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi bir holatlarda prinsip (fizikani aksimoasi) va qonun tushunchasi bir-biri bilan almashishi mumkin.
Barcha fanlar ikkita katta guruhlarga bo‘linadi: tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlar. Tabiiy fanlar tabiatning rivojlanish qonunlarini o‘rganadilar. Materiya harakatining xilma-xil shakllarini o‘rganishi – tabiiy bilimlarni asosiy predmeti hisoblanadi. Tabiiy fanlarga matematika, mexanika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, geologiya, turli xil texnik, tibbiyot fanlar kiradi.
Tabiiy fanlarning har biri materiya harakatining alohida shaklini o‘rganadi (mexanika, kimyo, biologiya) yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan harakat shaklini (biofizika, fizikaviy kimyo, biogeokimyo va boshqalar).
Tabiiy fanlar ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq, asosan jamiyatni unumli kuchlari bilan. Tabiat to‘g‘risidagi bilimlar bilan jamiyatni ta’minlashi – bu tabiiy fanlarni asosiy funksiyalari bo‘ladi, chunki bunday bilimlar ishlab chiqarish jarayoni va amaliy faoliyat uchun keraklidir. Shuning uchun, tabiiy fanlarning riojlanishi eng avvalo insoniyatning amaliy ehtiyojiga asoslangan.
Insoniyatning tarixi shundan dalolat beradiki, agarda jamiyatda muhim ehtiyoj tug‘ilsa, u ilm-fanni bir necha universitetlarga nisbatan ham ko‘proq olg‘a suradi.
Fan jamiyatning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishining hamma jihatlari bilan, uning siyosiy va mafkuraviy hayoti bilan birlashib, bevosita ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga aylandi. Shuning uchun, o‘z kelajagi to‘g‘risida qayg‘urayotgan jamiyat ilm-fan, ta’lim sohasini rivojlantirishga ko‘proq moliyaviy mablag‘ kiritishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |