Xloroplastlar – (yun. chkoros – yashil va plastos - yasalgan) – o‘simliklarning fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari).
Xromosoma – (xromo… va yun. soma - tana)hujayrasidagi genlarni o‘zida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar.
Xromosfera – (xromo… va (atmo) - sfera) Quyosh atmosferasi qatlamlaridan biri. Bevosita fotosfera ustida joylashgan. Quyosh to‘liq tutilgan paytda oddiy ko‘zga gardishning atrofini o‘ragan pushti xalqa tarzida ko‘rinadi.
Sitologiya – (sito… va …logiya) hujayra haqidagi fan. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasini, ko‘p hujayrali, shuningdek, bir hujayrali organizmlardagi a’zo va to‘qimalarning o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlarini o‘rganadi.
Sitoplazma – (sito… va yun. plasma - shakllangan) – hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oralig‘ida joylashgan asosiy tarkibiy qismi.
Sunami – (yaponcha – ajal va vayronalik keltiruvchi to‘lqinlar) – suv ostida yoki sohil bo‘yida kuchli zilzila bo‘lganda, ba’zan vulkanlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining ko‘tarilishi va cho‘kishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz to‘lqinlari.
Evolyutsiya – (lot. evolutio – avj olish) – rivojlanishning sinonimi; asta-sekin, bosqichma-bosqich ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlari.
Ekzosfera – (ekzo… va sfera) – atmosferaning eng siyrak tashqi qatlami. Ekzosferada zarralarning erkin yugurish yo‘li kosmik fazoga uchib keta oladigan darajada katta bo‘ladi.
Ekologiya – (yun. oikos – uy, turar joy va …logiya) organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar, populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganadigan biologiya fanlari majmui.
Ekosistema – (yun. oikos – uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema – birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui.
Embriologiya – (embrion va …logiya) – embrion (murtak, pusht)ning hosil bo‘lishi va rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan.
Endosperm – (endo… va sperma) –o‘simlik urug‘ida hosil bo‘ladigan oziq to‘qima.
Entropiya – (yun. entropia – aylanish, o‘zgarish) har qanday termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri. O‘z holiga qo‘yilgan tashqi kuch ta’sir etmayotgan berk tizimda jarayon qaysi yo‘nalishda sodir bo‘lishini ifodalaydi.
Eroziya – (lot. erosio - yemirilish) tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yemirilish jarayoni.
Eukariatlar – (yun. yey-yaxshi, haqiqiy, butun va karyon - yadro) – to‘liq shakllangan, haqiqiy yadroga ega bo‘lgan hujayrali organizmlar. Euakariatlarga suvo‘tlar, yuksak o‘simliklar, barcha hayvonlar, zamburug‘lar kiradi.