IZOHLI LUG‘AT
Avtotroflar – avtotrof organizmlar (yun. autos – o‘zi, trophe – oziq, oziqlanish) - fotosintez, fotoreduksiya va xemosintez jarayonlari tufayli noorganik moddalardan o‘z hayoti uchun zarur organik moddalar tayyorlab olish qobiliyatiga ega organizmlar. Bunga deyarli hamma yuksak o‘simliklar (parazit va saprofit o‘simliklardan tashqari), barcha suvo‘tlar va ayrim bakteriyalar kiradi. Fotosintetik o‘simliklarning xlorofill pigmentini saqlash va yashil tusli bo‘lishi ularga xos belgidir.
Adaptatsiya – (lot. adaptation - moslashuv) – 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashuvi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas. ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ulikka moslashuvi. Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi)ga xosdir.
Akklimatizatsiya – (lot. ak – uchun, yun. clima - iqlim) – organizmlarning yangi yashash sharoitlariga moslanishi.
Dostları ilə paylaş: |