Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini,
tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan
manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini
o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning
daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga
bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga
kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi,
milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining
odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol
o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va
rivojlanishi
qonuniyatlarini;
makroiqtisodiy
darajadagi
vaziyatlarni;
iqtisodiy
jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini, fanning predmeti, metodi, mazmuni,
texnologiyasini yaxshi bilishi lozim. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa
chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plash va
ulardan foydalanishni yaxshi bilish takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Inson resurslarini boshqarish maxsus fani bӯyicha mavzular Fanni o‘rganishning maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar milliy xo‘jalikning asosiy bo‘g‘ini sifatida korxona (tashkilotlar) ning
tutgan o‘rnini o‘ziga xos tarzda o‘zgartirdi. Davlat mulkidan tashqari shaxsiy, xususiy,
aralash, jamoat mulki asosidagi korxonalar tashkil topa boshladi. Bozor iqtisodiyoti
korxonalarning davlat tashkilotlariga, ishlab chiqaruvchi hamkorlarga va ishchilarga
nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Shunga binoan tashkilot
rahbarlari, rahbarlar va xodimlar, xodimlarning ham o‘zaro munosabatlari o‘zgarib
boradi. Yangi tizimlarni loyihalash va mavjudlarini qayta qurish uchun talabalarga
bo‘lajak bakalavr – menejerlar sifatida xodimlarni boshqarishni tashkillashtirish
nazariyasi, predmeti, metodi, mazmuni, texnologiyasini yaxshi bilishi lozim.
“Inson resurslarini boshqarish” kursining asosiy maqsadi – talabalarga kadrlar
siyosati jarayonlarini chuqur o‘rgatish, xodimlar boshqaruvini tashkiliy tuzilmasini
yaxshi bilishga doir turkum bilimlarni berishdan iborat.
Maqsadga muvofiq holda fanni o‘rganishning vazifalari belgilanadi:
-korxona samaradorligini oshirishda inson omilini o‘rni va mohiyatini ochib berish;
-o‘z ichiga xodimlar ishining tamoyillari, shakllari va uslublarini olgan xodimlarni
boshqarish uslubiyotini tushunib yetish;