Zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlar vazirligi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə3/3
tarix20.08.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#128716
1   2   3
Gijjjak

Ahmadjon Dadaev
Ahmadjon Dadaev 1957 yil 29 yanvarda Toshkent viloyatining Parkent tumani Navdak qishlog‘ida oddiy ishchi oilasida tug‘ildi. Otasi Shokarim aka juda san'atsevar, shoir va ajoyib dutor chertar edi. Onasi Risqi aya esa mumtoz kuy va qo‘shiqlar shaydosi. Yosh Ahmadjonning musiqiy qobiliyatini sezgan otasi uni 1967 yili sobiq Krasnogorsk, ya'ni hozirgi +izil-Tog‘ deb nomlangan shaharchadagi 2-sonli bolalar musiqa maktabiga o‘qishga berdi. Bu yerda unga g‘ijjak cholg‘usi bo‘yicha Georgiy Iskiyavich Pinxasov ilk bora ustozlik qildi. Ahmadjon 1972-1976 yillar H.H.Niyoziy nomli Toshkent davlat musiqa bilim yurtida saboq oldi. Unga professor Murod Toshmuhamedov, Sotiboldi Karimov, Rahim Malikov, Baxtiyor Otaevlar ustozlik qildilar.
A.Dadaev 1976-1981 yillar davomida Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi kafedrasida bilim oldi. Ushbu dargohda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Fahriddin Sodiqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Maxmudjon Muhamedovlardan mumtoz musiqa merosi bo‘lmish Shashmaqom, Farg‘ona- Toshkent maqom ashula yo‘llari, vohalarga mansub turkum cholg‘u kuylari, xalq va bastakorlar ijodlariga xos asarlarni o‘rgandi. A. Dadaev 1979-2004 yillar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi huzuridagi Akademik Yunus Rajabiy nomli maqom ansamblida yetakchi sozanda bo‘lib ishladi. U o‘zining bastakorlik faoliyati davomida bugunga qadar 100 dan ziyod kuy va qo‘shiqlar yaratdi. «Mehribonimga», «Bahor», «Dillar uchrashuvi», «Gulzorim go‘zal» (Habibiy), «Jondan shirin» (N.Narzullaev), «Onam» (Mashrab), «Mehnat Bilan» (Uyg‘un), «Rubobim tori ikkidur» (E. Vohidov), «Vafo qilarmisan bahorim» (A. Oripov), «Dutorim» (Sh. Dadaev), «Seni kutgayman» (O.Odilxonov)kabi kuy va qo‘shiqlar shular jumlasidandir. A.Dadaev ijodiy safar bilan AQSh, Angliya, Braziliya, Germaniya kabi horijiy mamlakatlarda o‘zbek milliy musiqa san'atini targ‘ib etib kelmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, sozanda, xonanda va bastakor A.Dadaev hozirgi kunda A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va H.H.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejida yoshlarga ustozlik qilmoqda.
Xulosa
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash, yoshlar orasida targ‘ibot qilish, ular ongiga singdirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa deb hisoblanadi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirini chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondoshish, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, axloq jihatidan ahamiyatli an'analarni, urf-odatlarni tanlab olishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi.
“Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum. Bularni bilishimiz, o‘zlashtirishimiz, keng omma orasida targ‘ib qilishimiz lozim, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish, ularni bilimli, ilmli qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqat bilimli, ma'rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma'qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda.
Xulosa qilib aytish kerakki g‘ijjakda an'anaviy ijro qilish – bu o‘zbek milliy san'atiga bo‘lgan hurmat va ehtiromdir. Bunda ustozlarning qilgan mehnatlari tahsinga loyiq. Biz yoshlarning bunday madaniy merosni avaylab, to‘g‘ri ijro qilib kelgusi avlodga yetkazib berish burchimiz va vazifamiz deb bilaman.
Foydalanilgan adabiyot ro‘yxati

  1. Akbarov I.A. “Musiqa lug‘ati” T.1987 y.

  2. Petrosyans A.I. “Instrumentovedenie” T. 1960 g.

  3. Toshmuxamedov M. “G‘ijjak navolari”. T.. 1998 y.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin