Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


VI Kurs ishi matnini yozish



Yüklə 270 Kb.
səhifə6/13
tarix01.01.2022
ölçüsü270 Kb.
#106758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
КУРС ИШИ МИКРО (4)

VI Kurs ishi matnini yozish

Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich xisoblanadi.

Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni oʻrganish darajasi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunining qisqacha (1-2 bet) bayon etadi.

Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bogʻliq boʻlgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan toʻplangan materiallar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, gʻoya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va oʻrganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbaalardan toʻplangan ma’lumotlar toʻla tahlil qilinadi. Ushbu yoʻnalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi xam bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu boʻyicha olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa, kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda rasmlar, chizmalar, grafiklar va jadvallar matn ichida ham keltirilishi mumkin.

Nazariy tomondan oʻrganilayotgan masala chuqur yoritilgandan soʻng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan oʻzaro bogʻlay olishi kerak. Ish boʻyicha berilayotgan takliflar asosli boʻlishi va takliflar aniq, loʻnda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.

Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbaalardan olingan tsitatalar va mualliflarning qarashlari qoʻshtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.



1

Mikroiqtisodiyot fanining ahamiyati va mazmuni.

2

Sotuvchi daromadini tovar elastikligiga ko’ra tahlil qilish.

3

Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqaruvchining muvozanat holati.

4

Elastiklik va soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanishi.

5

Raqobatlashgan bozor samaradorligi

6

Ishlab chiqarish nazariyasi va xarajatlarni minimallashtirish shartlari.

7

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi va iste’molchi ortiqchaligi.

8

Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorda faoliyat yuritayotgan korxona (firma) foydasini maksimallashtirish, korxona taklifi.

9

Daromad samarasi, almashtirish samarasi

10

Firma va tarmoqning raqobatlashgan bozorda uzoq muddatli oralikdagi harakati.

11

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xarajatlar va ularni minimallashtirish yo’llari

12

Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtiruvchi omillar nisbatini tanlash.

13

Tarmoq faoliyatida kichik biznes sub’ektlarining xatti-harakati va tarmoq taklifini aniqlashning nazariy-uslubiy asoslari

14

Ishlab chiqarish jarayoni va firmaning uzoq muddatli oraliqdagi samarasi.

15

Iste’molchining bozordagi xatti-harakati.

16

Tavakkalchilikni o’lchash va uni pasaytirish yo’llari.

17

Ijobiy va salbiy tashqi samaralar

18

Monopol raqobat va bozor samaradorligi.

19

Bozor muvozanati.

20

Ishlab chiqarish omillari bozori.

21

Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati va chiqindilarning optimal darajasini aniqlash

22

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli.

23

Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati.

24

Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tartibi

25

Mehnatga haq to’lashni bazabiy stavkasi va muvozanat ish haqi o’rtasidagi farqlar va ularning oqibatlari.

26

«Ishlab chiqarish-xarajati» modeli

27

Asosiy fondlar va ulardan foydalanishning tahlili

28

Asosiy fondlarni baholash va qayta baholash

29

Aylanma fondlar va ulardan foydalanishni tahlili

30

Baho bo’yicha taklif yumshoqligi va amaliyoti

31

Baho bo’yicha talab yumshoqligi va uning ishlatilishi

32

Baho diskriminatsiyasining shakllanishi

33

Baho ustidan nazoratni shakllantirish

34

Ehtiyojlar cheksizligini qondirish usullari

35

Bozor muvozanati va uning ko’rinishlari

36

Bozor talabi egriligi va mehnat

37

Bozor infratuzilmasinining tarkibiy tuzilishi

38

Bozorning davlat tomonidan tartibga solishi

39

Byudjet cheklanishi va uni ishlatilishi

40

Bozorda riskni (tavakkalchilikni) baholash

41

Bozor va tavakkalchilik

42

Daromad bo’yicha talab yumshoqligi va uning ishlatilishi

43

Davr xarajatlarining tarkibiy tuzilishi

44

Foydani maksimallashtirishni tashkil etish

45

Ijtimoiy tanlovda raqobatni shakllantirish

46

Ikki tomomnlama monopoliya va uni ishlatilishi

47

Iqtisodiy renta transfert daromadlari

48

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i

49

Ishlab chiqarish omillari bozori

50

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari

51

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zahiralari

52

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sanoatning roli

53

Ishlab chiqarish va iste’mol

54

Ishlab chiqarish hajmi va omillar

55

Ishlab chiqarish hajmini optimallashtirish

56

Ishlab chiqarishda ishchilar va ulardan foydalanish

57

Iste’mol tovarlari optimal kombinatsiyasi

58

Jamiyat farovonligi mezonlari

59

Kapital bozori

60

Kapital qo’yilmalar va ulardan foydalanishni tahlili

61

Kapital taklifi shakllanishi

62

Kapitalga talab va uning shakllanishi

63

Kurno modeli va uning ishlatilishi

64

Kesishgan talab yumshoqligi va amaliyot

65

Mahsulot tannarxi va uning aniqlanishi

66

Monopolistik raqobat bozori

67

Monopolistik raqobat

68

Monopoliya va uni shakllantirish

69

Mutloq takomillashgan bozorda firmaning mehnatga talabi

70

Mehnat bozori va bandlik

71

Mehnat bozori va uni faoliyati

72

Mehnat unumdorligi va uni oshirish yo’llari

73

Oligapoliya haqida tushuncha

74

Qishloq xo’jaligida ilmiy texnika taraqqiyoti

75

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy rag’batlantirishni tashkil qilish

76

Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarishni muvozanati

77

Qishloq xo’jaligida material xarajatlarini normalashtirish

78

Qishloq xo’jaligida xom-ashyolardan foydalanishni tahlili

79

Raqobat va tavakkalchilik

80

Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni muvozanati

81

Sanoatda chiqindilardan foydalanishning iqtisodiy ahamiyati

82

Sanoatda ilmiy texnika taraqiyoti

83

Sanoatda iqtisodiy rag’batlantirishni tashkil etish

84

Sanoatda material xarajatlarni normalashtirish

85

Sof (takomillashgan) raqobatni shakllantirish

86

Sof monopoliyaning shakllanishi

87

Soliq va imtiyozlar, ularning shakllanishi

88

Tabiiy resurslardan unumli foydalanish

89

Taklif va uning shakllanishi

90

Takomillashgan raqobat

91

Resurslardan oqilona foydalanish yo’llari

92

Moddiy ne’matlar yaratish tizimi

93

Iste’molchining tanloviga ta’sir qiluvchi omillar

94

Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari

95

Ishlab chiqarish xarajatlar tushunchasi va mohiyati

96

Korhonalarda mehnat resuslaridan foydalanish

97

Kapital bozori

98

Mehnat bozori tushunchasi

99

Asosiy fondlar tushunchasi

100

Ishchi kuchidan oqilona foydalanish

Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar koʻrsatib oʻtiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, roʻyxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va hokazolar kiritiladi.

Amaldagi «Hujjatlarni biblografik roʻyxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar keltiriladi:

- kitob, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;

- toʻplamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, toʻplamning nomi, nashr joyi (shahar) nashr yili, betlar toʻplamdagi maqola nomi toʻplam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar roʻyxatidan alfavit boʻyicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan boʻlsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti koʻrsatiladi.

Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday hollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qoʻllaniladi.

Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, hukumat qarorlari va me’yoriy hujjatlardan aynan koʻchirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.

Satr osti izohlari sahifa soʻngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.

Kurs ishini yozishda talaba avallo rahbarning koʻrsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.




Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin