Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


burq-burq – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uni quyidagi misollar yordamida izohlaydi: burq-burq: osh burq-burq



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə38/48
tarix03.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128820
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Tadqiqotning

burq-burq – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uni quyidagi misollar yordamida izohlaydi: burq-burq: osh burq-burq qaynamoqda (tovushga taqlid so’z). Burq-burq tutun tarqaldi (obrazli so’z) kabi. O’TILda keltirilgan burqimoq, burqiramoq, burqsimoq singari fe’llar ana shu taqlidiy so’z negizida shakllangan: Uzoqda, ko’zga xira chalingan tepalikning orqasida qora, quyuq tutun burqib, havoda og’ir kezardi (Oybek); Telpagi tagidan qozon qaynayotganday bug’ burqiraydi (S.Anorboyev); Oshxona tomondan burqirab somsa hidi keldi (Oybek). Xiyol narida oppoq to’zon buriqsib ko’tarildi («Yoshlik»).
bu-u – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. Shevada bu-u, desa yig’laydi; aytgan gapidan tongan odamga qarata mayli, bu-u de, men bergan narsamga rozi bo’laman, tarzidagi gaplar ba’zan aytiladi.
bo’m-bo’m – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. Ammo kallang bo’m-bo’m, deyilganda kallang bo’sh, ichida hech
narsa yo’q, agar kallang bo’m-bo’sh deyilsa, kallang mutlaqo bo’sh, degan ma’no anglashiladi. Birinchisida obrazlilik kuchli.
vag’ir-shag’ir – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uning ma’nosini birmuncha keng izohlagan. «Agar juft tasviriy so’zlar undosh tovushlarning o’zgarishi bilan tuzilgan bo’lsa, ba’zan ularning har bir komponentidan ham boshqa juft so’zlar hosil qilish mumkin: Qoq yarim kechada uy orqasida g’ivir-shivir bo’lib qoldi («Mushtum»). Hammasi Boysun-Qo’ng’irot elini tashlab, qalmoq yurtiga jo’nab ketmoqchi bo’lib dovirlashib, hammasi birdan katta-kichik, yosh-qari bir-biriga xabar berib, ko’cha ber deb vag’ir-shag’ir qilib, uylarini buzib tuyalarga ortib, ayollar ham o’z yukbog’ini, bo’g’ib,.. shovqun-g’alog’ul bo’lib qoldi («Alpomish»).
Bu misollardagi g’ivir-shivir, vag’ir-shug’ir juft tasviriy so’zlarning har bir komponentidan vag’ir-vug’ur, shag’ir-shug’ur kabi bir necha juft tasviriy so’z yasash mumkin. Ammo bu hodisa doimiy emas. Xususan, bu metodni unlilar o’zgarishi bilan tuzilgan juft so’zlarga tadbiq qilish ancha qiyin».53

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin