vang – lug’atda alohida uchramaydi, vang-vang tarzida keltirilgan va ang- ang ning varianti ekanligi aytilgan (Yangi: I.439).
vang’ir-vung’ur – lug’atda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. Shovqinga taqlidni ifodalaydigan vag’ur-vug’ur ga variant bo’la oladi.
varang-varang – lug’atda yo’q. R.Qo’ng’urov uni -(a)ng affiksini haqida gapirganda keltirgan: «struktura elementi o’z variantlari bilan tovushga taqlid so’zlarga ham qo’shila oladi: varang-varang, jarang-jarang, jiring-jiring,do’qong-do’qong, xiring-xiring, g’iring-g’iring, chirting-pirting, darang-durung kabilar». (98)
varvar – lug’atda bu so’zning boshqa ma’nosi izohlangan, taqlidiy so’z sifatida berilmagan.
varvarak / varrak – lug’atda shamolda uchiriladigan o’yinchoq, deb izohlangan (I.442).
vij – lug’atda vij-vijjuftligi izohlangan (I.459).
viq-viq, viqir-viqir – so’zlari lug’atlarda berilmagan. R.Qo’ng’urov ularni Shu yerning o’zida, gulxanning bir chekkasida qumg’oningiz viq-viq qaynayda. (H.G’ulom). Yuqoridagi bir-biriga birlashib turgan, qo’sh xarsang tagidan viqir- viqir qaynab suv chiqmoqda (S. Anorboyev) misollarida asosida gazsimon predmetlar va suyuqliklar harakatidan paydo bo’lgan tovushlarga taqlid so’zlar, deb izohlagan. (67)
vis-vis - lug’atlarda berilmagan. R.Qo’ng’urov: «Tasviriy so’zlar tub so’z holatida o’zgarmaydigan so’zlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ular sof formada qaratqich yoki to’ldiruvchi funksiyasida qo’llanmaydi. Ular kelishik qo’shimchalarini olish uchun ham avvalo otlashadi. Substantivlashgan tasviriy so’z otlar kabi hamma kelishik qo’shimchalarini oladi. Ammo tushum, jo’nalish, chiqish kelishik qo’shimchalari otlashgan tasviriy so’zlarga ko’proq qo’shiladi: Agar soyobon aravada ketayotgan ikki xotinning visir-visiriga quloq solinsa, balki Teshaboyning sirini bilib olish mumkin bo’lar (M. Ismoiliy)».
vov-vov A.N.Kononov o’zbek tilida taqlid so’zlarning tarsil-tarsil, vovul- vovul, po’ng’ul-po’ng’ul kabi formalari haqida ham gapiradiki, bu albatta, shubhadan xoli emas. Avtor vovul, po’ng’ul, tarsil kabi taqlid so’z formalari vov, po’ng, tars o’zaklariga -il elementining qo’shilishi asosida paydo bo’lganligini to’g’ri ko’rsatadi. Lekin bu negizlar o’zbek tilida mustaqil qo’llanmaydi. Ular vov-vov, tars-tars, po’ng kabi boshlang’ich holatda yoki vovulla, tarsilla, po’ng’ir- po’ng’ir, po’ng’illa kabi formalarda ishlatiladi54.