Tekshiruv savollari: “Uzbekiston modeli“ deganda nimani tushunasiz?
Davlat mulkini “kichik xususiylashtirish” jarayonini tushuntirib bering?
Mustakillik yillarida Uzbekistonning iktisodiyotida kanday jiddiy uzgarishlar ruy berdi?
Uzbekiston iktisodiyotida kishlok xujaligi kanday urinni egallaydi?
Mamlakat iktisodiyotini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Iktisodiyotni erkinlashtirish masalasini Prezident I.A.Karimov uzining kaysi ma‘ruzasida kat‘iy kilib kuydi?
7. Ma‘naviy kadriyatlarni tiklash yulida amalga oshirilgan tadbirlar xakida suzlab bering.
8. Diniy kadriyatlarimizga berilayotgan e‘tibor nimalarda uz ifodasini topdi?
9. Din va davlat urtasidagi munosabatlarni taxlil kiling.
10.Milliy istiklol mafkurasining vazifalari nima deb uylaysiz?
11.Milliy istiklol mafkurasining moxiyatini tushuntiring.
12. Ta‘lim isloxotlarida kanday tamoyillar asos kilib olindi?
13.Ta‘lim soxasidagi isloxotlarning boskichlari xakida suzlab bering.
14.“Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur” kanday vazifalarni kuydi?
16-mavzu: UZBYeKISTON VA JAXON XAMJAMIYaTI.
Reja: XX asr oxirlariga kelib xalkaro vaziyat va kuchlar nisbatining tubdan uzgarishi.
Uzbekiston va jaxon xamjamiyati.
Uzbekistoning MDX va Markaziy Osiyodagi kardosh mamlakatlar bilan kup tomonlama xamkorligi.
Adabiyotlar:
1,2,3,4,5,6,7,12,13,14,17,82,99,106,113,114
Tayanch tushunchalar: Tinchliksevar tashki siyosat, Uzbekistonning jaxon siyosati maydonidagi urni, Uzbekiston Respublikasining BMT, YeXXT, Yevropa Ittifoki va ular bilan kup tomonlama xamkorlikning yulga kuyilishi, Uzbekistonning MDX bilan kup tomonlama xamkorligi, Uzbekistonning MDX ga a‘zo bўlgan davlatlar bilan ikki tomonlama alokalari.
1. Mustakillikning kulga kiritilishi tufayli Uzbekistonning xalkaro maydondagi siyosati tarixida xam mutlako yangi davr boshlandi. Uzbekiston mustakil davlat sifatida jaxon jamiyatida uziga munosib urinni egallashga intilmokda.
Bu jarayonni idrok kilish uchun, avvalo, XXI asr busagasida dunyoda kanday uzgarishlar sodir bulganini, dunyoning kiyofasi kanday ekanligini bilish zarur.
Darxakikat, XXI asr busagasida jaxon tarakkiyotining mazmuni tubdan uzgardi. Ilgari mafkuraviy jixatdan bir-biriga zid, sobik SSSR va AKSH yetakchiligida sotsialistik va kapitalistik tuzum, ikki xarbiy-siyosiy blok (ya‘ni NATO va Varshava shartnomasi) mavjud bulib, dunyo xavfsizligi ular orasidagi uzaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Sobik SSSRning parchalanishi, sotsialistik tuzumning xalokatga uchrashi, Varshava shartnomasining tarkalib ketishi, yangi mustakil davlatlarni paydo bulishi natijasida yangi goyat murakkab va kaltis bir davr keldi.
Dunyoning kaltis, taxlikali ekanligini I.Karimovning “Uzbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari” asarida taxlil kilib berilgan. Dunyoning taxlikali ekanligidan dalolat beruvchi kuyidagi omillar mavjud: Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimida muvozanat buzildi. Dunyoda siyosiy, iktisodiy bulinish ruy berdi. Ilgari kuchlar markazi ikki joyda bulsa (SSSR va AKSH), endi kup kutbli bulib koldi va nazorat kilish kiyinlashdi. Ikkinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar urtasida ijtimoiy-iktisodiy notekislik va ziddiyatlar usdi. Uchinchidan, kupgina davlatlarda ijtimoiy osoyishtalikka karshi xavf-xatarlar usib borayapti. Mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, kashshoklik avj olmokda. Turtinchidan, bir kator mintakalarda, xatto bir mamlakat fukarolari urtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chikib, mojarolarga, konli urushlarga aylanmokda. Jumladan, Uzbekiston xavfsizligiga xam Afgoniston va Tojikistondagi mojarolar taxdid solmokda. Beshinchidan, umumiy, mintakaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va fundamentalizm xam taxdid kilmokda. Oltinchidan, ayrim davlatlardagi muayyan siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati xam mavjud. Yettinchidan, yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bulsa-da, ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar xavfi saklanib koldi.
Uzbekistonning jaxon xamjamiyatida munosib urinni egallashida, uning geopolitik shart-sharoitlari kanday degan savol tugiladi.
Uzbekiston geografik-siyosiy jixatdan ancha murakkab va shu bilan birga kulay axvolda. Bu, birinchidan, respublikamiz Markaziy Osiyo mintakasining transport, energetika va suv tizimlari markazida joylashgan. Ikkinchidan, axoli soni, ilmiy-texnikaviy va boshka jixatlar buyicha uz kushnilaridan ma‘lum darajada ustunligi bor. Uchinchidan, kulay tabiiy-iklim sharoitlariga, boy mineral xom ashyo resurslariga ega. Turtinchidan, respublika nafakat uzini-uzi ta‘minlaydigan, balki chetga chikarishga neft, gaz, rangli metall va iktisodiyotning boshka asosiy tarmoklariga ega. Beshinchidan, Uzbekistonning jaxonga mashxur boy ma‘naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat tsivilizatsiyasida salmokli urin egallab, nafakat mintakada, balki dunyoning ma‘naviy va siyosiy jarayonlariga ta‘sir utkazib kelgan.
SHu bilan birga, geopolitik jixatdan Uzbekistonga kiyinchiliklarni tugdiruvchi omillar xam mavjud. Bu, birinchidan, Uzbekiston geografik-strategik jixatidan karaganda Markaziy Osiyoda suv resurslari tankisligi, Orol ekologiyasi ta‘siri kuchayganligidir. Ikkinchidan, bu mintakada xavfsizlik tizimi yulga kuyilmagan. Uchinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi kuchli davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan mafaatlari bizning mintakamizda xam sodir bulishi extimoldan xoli emas. Bizning davlatimiz mintakada xavf-xatarning bugungi kundagi ikki uchogi - Afgoniston va Tojikiston bilan chegaradosh. Turtinchidan, mintakada kommunikatsiyalar nomakbul ravishda shakllantirilgani, uning tarmoklari talabga javob bermasligi. Ayniksa, Uzbekistonni bevosita dengizga chika olmasligi, uning iktisodiy alokalarini chegaralaydi.
Uzbekistonning geopolitik imkoniyatlarini inobatga olib, davlat raxbariyati milliy minfaatlarimizga mos keladigan puxta tashki siyosat olib bormokda.
Uzbekistonning mustakil davlat sifatida tashki siyosatining asosiy tamoyillari kuyidagilardan iborat: 1) mafkuraviy karashlardan kat‘iy nazar xamkorlik uchun ochiklik, umuminsoniy kadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saklashga sodiklik; 2)davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini xurmat kilish; 3) boshka davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yul bilan xal etish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan taxdid kilmaslik; 6) inson xukuklarini va erkinliklarini xurmatlash; 7) ichki milliy konunlar va xukukiy normalardan xalkaro xukukning umum e‘tirof etilgan koidalar va normalari ustuvorligi; 8) tajovuzkor xarbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalkning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maksadida ittifoklar tuzish, xamdustliklarga kirish va ulardan ajralib chikish; 10) davlatlararo alokalarda teng xukuklik va uzaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashki alokalarni xam ikki tomonlama, xam kup tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Ushbu tamoyillar asosida olib borilayotgan tashki siyosat natijasida Uzbekistonning xalkaro munosabatlari tobora kuchayib, uning jaxon siyosati maydonidagi urni va mavkei mustaxkamlanib borayapti. Xozir Uzbekistonni 165 davlat tan olgan, dunyodagi 120 dan ortik mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari urnatilgan. Uzbekistonda 88 ta chet davlat elchixonasi va vakolatxonalari ruyxatdan utgan, 24ta xukumatlararo tashkilot va 13 ta noxukumat tashkilotlar faoliyat kursatmokda.
2. Uzbekiston Respublikasi davlat mustakilligini kulga kiritgan dastlabki kunlaridanok jaxon xamjamiyatiga kushildi, xalkaro tashkilotlar bilan xamkorlik kilmokda. 1992 yil 2 martda Uzbekiston eng nufuzli xalkaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga kabul kilindi. 1993 yil fevralida Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochilib, ish boshladi. Mamlakatimiz Prezidenti BMT sessiyalarida xalkaro xayotning muxim masalalarini tinch vositalar bilan xal kilish muammolarini kutarib chikishi va bu borada Uzbekiston Respublikasi va BMT xamkorligida kator tadbirlarning utkazilishi mamlakatimizning jaxon maydonida ta‘sir doirasining kengayib boraetganidan guvoxlik beradi.
Uzbekistonda BMTning Tarakkiyot dasturi, kochkinlar ishi buyicha oliy komissari boshkarmasi, Jaxon banki, Xalkaro valyuta jamgarmasi, Jaxon ozik-ovkat jamgarmasi, Afgonistonga insonparvarlik yordami kursatish ishini muvofiklashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat kilish buyicha dasturi, sanoatni rivojlantirish buyicha dasturi, bolalar jamgarmasi vakolatxonasi faoliyat kursatayapti. BMTning Uzbekistondagi vakolatxonasi bilan xamkorlikda respublikada xalkaro tadbirlar utkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT raxnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va xamkorlik masalalariga bagishlangan xalkaro seminar bulib utdi. Unda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalkaro tashkilotlar vakillari mintaka xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uzbekistonning BMT bilan xamkorligining yorkin saxifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintakasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida uz ifodasini topdi. Uzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida ushbu tashabbus bilan chikkan edi. Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining 1997 yil fevralida Alma-Atada bulgan uchrashuvida mintakani yadro kurolidan xoli zonaga aylantirishga axdlashildi va uz ifodasini kabul kilingan Deklaratsiyada topdi. 1997 yil sentyabr oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo - yadro kurolidan xoli zona” mavzusida xalkaro konferentsiya bulib, unda 56 davlat va 16 xalkaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari tashki ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi.
Uzbekistonning jaxon xamxamiyati bilan itegratsiyalashuvi, BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan xamkorligi muxim axamiyatga ega. BMTning xomiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shugullanuvchi xalkaro tashkilot - YuNYeSKOga Uzbekiston 1993 yil 29 oktyabrda a‘zo buldi. 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNYeSKO ishlari buyicha Uz.R. milliy komissiyasi tashkil etildi. YuNYeSKO Markaziy Osiyo tarakkiyotini urganish, tiklash va ommalashtirishga axamiyat berilmokda. Shu bois, uning karoriga binoan Samarkandda Markaziy Osiyoni tadkik kilish xalkaro instituti tashkil etildi. YuNYeSKO raxnamoligida Samarkand, Buxoro, Xivaning me‘moriy majmualarini kayta ta‘mirlash ishlari xam olib borilmokda. Xiva va Buxoro YuNYeSKOning jaxon madaniy kadriyatlar ruyxatiga kiritildi.
YuNYeSKO karori bilan Mirzo Ulugbek (1994), Amir Temur (1996) bobokalonlarimizning tavalludlari, Buxoro va Xiva shaxarlarining 2500 yilligi (1997) xalkaro mikyosida nishonlandi.
Undan tashkari Uzbekiston Jaxon pochta ittifoki, Jaxon Soglikni saklash tashkiloti, Osiyo va Tinch okean xavzasi buyicha iktisodiy va ijtimoiy xay‘at, Xalkaro Mexnat tashkiloti, Elektr alokasi buyicha xalkaro ittifok, Iktisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO), Shimoliy Atlantika xamkorlik kengashi, Yevropa xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti (YeXXT), Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Kushilmaslik xarakati, Bojxonalar xamkoriligi kengashi, Jaxon intellektual mulk tashkiloti, Xalkaro olimpiya kumitasi va boshka tashkilotlarning a‘zosi buldi. Toshkentda Jaxon banki, Tinchlik korpusi, Kizil Xoch Xalkaro kumitasi, Konrad Adenauer jamgarmasi, Xalkaro valyuta jamgarmasi va boshka xalkaro tashkilotlarning vakolatxonalari ishlab turibdi. Uzbekiston 1992 yilning 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va xamkorlik tashkilotiga a‘zo buldi. Shundan buyon u ana shu nufuzli xalkaro tashkilot ishlari jarayoniga faol katnashib kelmokda. Jumladan, YeXXT Toshkentda va Urgenchda atrof-muxitni kayta soglomlashtirish buyicha seminarlar utkazdi. Orol muammosini xal kilishda kumaklashmokda. Shuningdek, Toshkentda YeXXTning alokalar buyicha mintakaviy byurosi ochildi.
Uzbekistonning tashabbusi bilan 1996 yilning sentyabr oyida Toshkentda YeXXT Demokratik muassasalar va inson xukuklari buyicha Byurosi (DICHXB)ning “Inson xukuklari buyicha milliy muassasalar” mavzusida xalkaro seminar kengashi bulib utdi. Seminar kengashda Markaziy va Sharkiy Yevropada Ombudsman instituti, inson xukuklari buyicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, konunchilik tizimini takomillashtirish kabi masalalar kurib chikildi.
1996 yil iyul oyida Florentsiya shaxrida Yevropa Ittifoki bilan Uzbekiston urtasida sherikchilik va xamkorlik tugrisida Bitim imzolandi. 1999 yil may oyida Frantsiya Milliy Kengashi - parlamentining kuyi palatasi bu Bitimni kurib chikdi va kabul kildi. Shunday kilib, Uzbekiston bilan Yevropa Ittifoki urtasida sherikchilik va xamkorlik bobidagi bitimni Yevropa Ittifokiga a‘zo bulgan 15 mamlakatning eng sungisi bulib kabul kildi. MDXga kirgan mamlakatlar orasida bunday sharafga fakat bizning mamlakat va Rossiya muyassar bulgan.
1993 yil Uzbekiston azon katlamini muxofaza kilish buyicha Vena Konventsiyasi, azon katlamini kamaytiradigan moddalar xakidagi Monreal Protokoli, atrof-muxitga ta‘sir etuvchi vositalarni xarbiy yoki boshka dushmanlik maksadida kullashni ta‘kiklovchi konventsiyaga, yadro kurolini tarkatmaslik xakidagi shartnomaga kushildi.
1995 yil iyul oyida Uzbekiston NATOning “Tinchlik yulida xamkorlik” dasturiga kushilgandan sung bu tashkilot bilan munosabatlari samarali olib borilmokda. Bu dastur asosida 1995 yilda AKSHda 1997 yilda Kozogiston va Uzbekistonda utkazilgan xarbiy mashklarida Uzbekiston xarbiy kismlarining ishtiroki zobit va askarlarining xarbiy-texnik tayyorgarligini yanda kutarishga xizmat kildi.
Xulosa kilib aytganda, Uzbekiston mustakillik yillarida kiska vakt ichida jaxonning nufuzli tashkilotlari bilan xamkorlik kilib, xalkaro mikyosida obrui tobora oshmokda.
3. Uzbekistonning faol tashki siyosatining yana bir ustuvor yunalishlardan biri MDX davlatlari bilan ikki va kup tomonlama xamkorligidir. 21 dekabr 1991 yil Almatida 11 ta sobik ittifokdosh respublikalar Mustakil Davlatlar Xamdustligi tuzish xakidagi shartnomaga imzo chekdilar. Shu tarika MDX degan ixtiyoriy iktisodiy uyushma yuzaga keldi. Unga kiruvchi xar bir davlat xalkaro xukukning mustakil va teng xukukli sub‘ektidir. MDXning yukori Oliy organi - “Davlat boshliklari kengashi”, “Xukumat boshliklari Kengashi”, “Iktisodiy Kengash”, “Mudofaa vazirlari Kengashi” xisoblanadi. Ijroiya organi - “Muvofiklashtiruvchi kumita” deyiladi. MDX tashkil etilgandan buyon unga a‘zo bulgan davlat boshliklarining 20 dan ortik kengashi bulib utdi va MDX doirasida 1300 dan ortik karor va xujjatlar kabul kilindi. Xamdustlik mamlakatlari yangi sharoitlarda iktisodiy, madaniy, xarbiy va boshka alokalarni rivojlantirishga aloxida e‘tibor bermokdalar. Jumladan, 1992 yil may oyida Toshkentdagi MDX mamlakatlari raxbarlarining kengashida bir kator masalalar katorida Uzbekiston tashabbusi bilan “kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saklash, kollektiv kuchlarining makomi xakida bitim” imzolangani aloxida e‘tiborga loyik.
MDX doirasida iktisodiy munosabatlarning rivojlantirilish katta axamiyatga ega. Chunki MDX davlatlari utish davrining kariyib xar xil murakkabliklarini boshidan kechirayotgan bir paytda, chinakam bozor munosabatlarini urnatishda, avvalo, iktisodiy alokalarning yaxshilanishi takozo etiladi. Bu borada 1994 yil oktyabr oyida Moskvada bulib utgan MDX Davlat boshliklarining Kengashida muxokama kilingan masalalar e‘tiborga molik. Jumladan, unda MDX davlatlari urtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yunalishlari xakida memorandum imzolandi va integratsiyaviy tarakkiyotning istikbol rejalari belgilandi. Iktisodiy ittifokning Davlatlararo iktisodiy kumitasi (DIK) tuzildi. DIK ning vazifasi iktisodiyotni, isloxotlarning borishini taxlil etish, xujalik konunlarini bir-biriga yakinlashtirishni ta‘minlash, iktisodiyotni rivojlantirishni prognozlantirish, sanoat, kishlok xujaligi va boshka tarmoklarni rivojlantirish buyicha kushma dasturlar ishlab chikish, transnatsional xarakterdagi tarmoklar (energetika, transport, aloka, gaz va neft kuvurlari) buyicha tadbirlarni muvofiklashtirish kabi umumiy axamiyatga molik masalalarni xal etishdan iboratdir.
Iktisodiy integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirish yulida uzaro tulov ittifoki, bojxona va tulov ittifokini shakllantirish borasida xujjatlar kabul kilindi. Shuni xam ta‘kidlash kerakki, fakatgina 1994 yilda Uzbekiston tashki savdo oboroti 5 mlrd AKSH dollarni tashkil kilgan bulsa, shundan 3 mlrd AKSH dollari MDX va Baltika davlatlariga tugri keldi. MDX davlatlari bilan tovar oboroti 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
MDX doirasida a‘zo davlatlar bilan ikki tomonlama iktisodiy, ilmiy, madaniy alokalarni kuchaytirishda Uzbekiston raxbariyati aloxida e‘tibor bermokda. Jumladan, Uzbekistonning Rossiya, Moldova, Belarus, Gruziya, Ukraina, Ozorbayjon va boshka davlatlar bilan ikki tomonlama alokalari yil sayin kengaymokda.
Uzbekiston tashki siyosatining asosiy yunalishlardan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustakil davlatlar-Kirgiziston, Kozogiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan uzaro manfaatli xamkorlikni, dustlik alokalarini mustaxkamlashga karatilgan. Bu, bir tomondan, mintaka xalklarining ming yillar davomida bir iktisodiy, ma‘naviy-madaniy makonda yashab, tarixi, tili, dini, madaniyati yakinligi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, utish davri kiyinchiliklarini yengish maksadida an‘anaviy xujalik alokalarni saklab kolish va mustaxkamlash zarurligi, yagona energetika, transport, irrigatsiya, telekommunikatsiya tarmoklari, suv va gaz ta‘minoti tizimidan birgalikda foydalanishdan kelib chikadi.
Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining muntazam bulib kolgan uchrashuvlari ular urtasidagi xamkorlikni tabora yaxshilamokda.
Jumladan, 1994 yil yanvarda Uzbekiston va Kozogiston urtasidagi kelishuv Markaziy Osiyodagi ikki davlat urtasida iktisodiy xamkorlikning rivojlanishiga asos yaratdi. Keyinchalik, ya‘ni 1994 yil aprel‘ oyida bu yagona iktisodiy xamkorlikka Kirgiziston Respublikasi a‘zo buldi. Uzbekiston, Kozogiston va Kirgiziston davlatlari urtasida 1994-2000 yillarga muljallangan iktisodiy makon tuzish uchun Chulpon - Otadagi kelishuvi (1994, 30 aprel) asosida kabul kilingan ellikdan ortik xujjat konuniy kuchga kirdi. 1994 yil iyulda Almaati shaxrida uch davlat urtasida Markaziy Osiyo xamkorlik va tarakkiyot bankini ta‘sis etish tugrisidagi bitim xam imzolandi.
Markaziy Osiyo davlatlari Orol dengizini saklab kolish, mintakadagi ekologik vaziyatni barkarorlashtirish yulida kuchlarni birlashtirish, xamkorlikda faoliyat kursatishga e‘tibor bermokdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlari 1993 yil martda Kizil Urdada, 1994 yil yanvarda Nukusda, 1995 yil martda Doshxovuzda, 1995 yil sentyabrda Nukusda Orol dengizi muammosiga bagishlangan uchrashuvlar utkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bormokdalar. Orol dengizini kutkarish Xalkaro jamgarmalari ta‘sis etildi.
1998 yil martda Toshkentda Uzbekiston, Kozogiston, Kirgiziston urtasidagi davlatlararo kengashda yagona iktisodiy makon tugrisidagi Shartnomaga Tojikistonning kushilishi tugrisida protokol imzolandi. Markaziy Osiyo iktisodiyoti uchun BMTning maxsus dasturi (SPYeKA) tugrisidagi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
Uzbekiston Prezidenti I. Karimov azaliy kardosh xalklarning dustlik alokalarini yangi sharoitda mustaxkamlash maksadida “Turkiston-umumiy uyimiz” degan goyani ilgari surdi. Mintaka ziyolilari, jamoatchilik vakillari bu goyani kullab- kuvvatladilar va natijada “Turkiston-umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik xarakati tashkil topdi. Tashkiliy jixatdan bu xarakat 1995 yil 21 noyabrda Toshkentda bulib utgan “Kardosh xalklar uchrashuvi”da yuzaga keldi. “Turkiston-umumiy uyimiz” xarakatini Kirgizistonlik kuzga kuringan jamoat arbobi, mashxur yozuvchi Ch.Aytmatov ( prezident ) va tanikli uzbek yozuvchisi O. Yokubov (vitse-prezident) boshkarib bormokdalar.
Respublikamiz mustakillikka erishganligi tufayli tashki iktisodiy alokalar faoliyati islox, kilinmokda, yakin xorij bilan bulgani kabi uzok xorijiy mamlakatlar bilan xam savdo-iktisodiy alokalar kengaymokda. Bu borada xalkaro moliyaviy, iktisodiy tashkilotlar - XVF, Jaxonbanki, Xalkaro moliya korporatsiyasi, xalkaro savdo markazi (YuNYeKTAD), tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) va boshkalar bilan xamkorlik kilinmokda.
Uzbekistonning tashki iktisodiy alokalarini kengaytirish borasida bir kator konunlar kabul kilindi. Jumladan “Tashki iktisodiy faoliyat tugrisida”, “ Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari tugrisida” va boshkalar.
Bundan tashkari xorijiy sarmoyalar ishtirokida kushma korxonalar tashkil etish, tashki iktisodiy faoliyat katnashchilarini ruyxatdan utkazish va chetga chikariladigan maxsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi.
Uzbekistonda tashki iktisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish uchun tashkiliy-xukukiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortik mamlakat vakillari tomonidan tashkil etilgan 3200 dan ortik kushma korxonalar samarali ishlamokdalar. Jumladan, Janubiy Koreya bilan “Uz DEU avto”, Germaniya bilan “Mersedes-Bents”,“Uzsalaman”, Italiya bilan “Uzplastital”, “Uzitalmotor”, Buyuk Britaniya bilan “Uz BAT”, AKSH bilan “Zarafshon - Nyumont”, AKSH, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro neftini kayta ishlash zavodi va boshka kurilgan korxonalar shu xamkorlikning samarasidir.
Xorijiy mamlakatlar bilan xamkorlikda Uzbekiston uzining transport aloka yullari muammolarini xam xal kilmokda. Bu avvalo mamlakatimizning Tejen-Seraxs-Mashxad va Pekin-Istambul urtasidagi “Transosiyo” bosh temiryuli kurilishida katnashuvi. Uzbekiston Kaspiy dengizi soxilidagi Oktov bandargoxini ta‘mirlashda, bevosita Xitoy va Pokiston bilan boglanishga imkon beruvchi Andijon-Ush-Irkishtom-Kashkar avtomobil yuli kurilishi, shuningdek Xind okeaniga olib chikuvchi Termiz-Xirot-Karachi trassasi kabi kurilishlarning ishtirokchisidir.
Xulosa kilib aytganda, Uzbekiston xalkaro xamkorlik va xamjixatlik yullarida katta yutuklarga erishdi, xalkaro va mintakaviy muammolarni xal kilishda, umumiy va mintakaviy xavfsizlikni mustaxkamlashda faol katnashayotgan nufuzli davlat darajasiga kutarildi.