HFX fani bo’yicha test savollari.
1. HFX fani nimani urgatadi?
2. HFXning asosiy aksiomasi yoki V. Marshal nazariyasining asosi nima?
3. Xavflarning kelib chiqish sabablari.
4. Xavfsizlik taksonomiyasi nima?
5. Xavf nima?
6. Xavflar kvantifikasiyasi nima?
7. Tavakkkal nima?
8. Respublikamizda ishlab chiqarishda bir yilda jarohatlar tufayli O’limlar soni 420 ni tashkil qilsa, ishlovchilarsoni 9 mln. kishini tashkil qilsa, tavakkalni aniqlang.
9. Tavakkkalni yo’l qo’ysa bo’ladigan miqdoriy tushunchasi.
10. “Xavflar shajarasi” ni tuzish tavakkal kvantifikasiyasining qaysi usulida qo’llanadi?
11. “Xavflar shajarasini” tuzishdan kutilgan asosiy maqsad nima?
12. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli Ko’ngilsiz hodisa sodir bo’lgandan so’ng bajariladi?
13. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli Ko’ngilsiz voqyea sodir bHlmasdan oldin bajariladi?
14. Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-birini to’ldiradimi yoki bir-biriga zidmi?
15. Xavfsizlikni ta’minlashning texnik prinsiplarini ko’rsating.
16. “Xavfsizlik” ta’rifini ko’rsating.
17. Yashirin xavf, yaqqol xavfga O’tishi nima kerak?
18. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida sistemaga O’zgarishlarga sezgir, xavfning oldini oladigan element (ogohlantiruvchi klapanlar, membranalar, predoxranitellar va h.k.) kiritilishi quyidagi prinsiplarning qaysi birini nazarda tutadi?
19. Chiqindilarni yo’l qo’ysa bo’ladigan tashlab yuborish kattaligi, changlarni yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyasi, yuk ko’tarish va tashish me’yorlari, ish faoliyatining davomiyligi va sh.H. odam hayotini ma’lum xavflardan himoya qilishni ta’minlaydigan kattaliklarni qabul qilish quyidagi prinsiplarning qaysi birini nazarda tutadi?
20. Gomosfera nima?
21. Noksosfera nima?
22. Ekstremal (nomaqbul) ish zonasi nima?
23. Vazminlik bilan qaror qabul qilish belgisini ko’rsating. Bu yerda A-taxminiy (tekshirilmagan) omillar, K-aniq (tekshirilgan) omillar.
24. Impulsiz (beixtiyoriy) lik bilan qaror qabul qilish belgisini ko’rsating. Bu yerda A-taxminiy (tekshirilmagan) omillar, K-aniq (tekshirilgan) omillar.
25. “Mehnat muhofazasi” bo’yicha qabul qilingan qonunda garantiyalangan eng asosiy omil nima?
26. Korxona ma’muriyatining mehnat muhofazasi bo’yicha yillik vazifalari qaysi jihatda ko’rsatiladi?
27. Mehnat muhofazasining huquqiy asoslarini qaysi hujjatlar belgilaydi?
28. Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarning xavfsizligini kim nazorat qiladi?
29. Korxonada mehnat muhofazasining umumiy holatini kim nazorat qiladi?
30. Mehnat qonunchiligi talablari buzilganda qaysi javobgarlik ozodlikdan mahrum qilishni kO’zda tutadi?
31. Ma’muriy javobgarlik quyidagi turlarning qaysi birini kO’zda tutadi?
32. O’n olti yoshga yetmaganlarni ishga olish mumkinmi?
33. Uch poQonali nazoratning mazmuni nimadan iborat?
34. Korxonalarda mehnat muhofazasi bo’yicha O’tkaziladigan uch poQonali nazoratning birinchi poQonasida kimlar qatnashadi?
35. Uch poQonali nazoratning ikkinchi poQonasida kimlar qatnashadi?
36. Uch poQonali nazoratning uchinchi poQonasida kimlar qatnashadi?
37. Kirish yo’riqnomasini kim O’tkazadi?
38. Texnika xavfsizligi bo’yicha dastlabki yo’riqnomani kim O’tkazadi?
39. Navbatdan tashqari yo’riqnomani qaysi hollarda O’tkaziladi?
40. Takroriy yo’riqnoma kimlar bilan O’tkaziladi?
41. Qaysi turdagi ishlarga “naryad-ruhsat” beriladi?
42. Jarohatni O’rganish turlarini ko’rsating.
43. Jarohatlarni taftish qilishning statistik usulida qaysi ko’rsatkichlar olinadi?
44. Mikroiqlim kattaliklari nimalardan iborat?
45. Organizmning termoregulyasiyasi xususiyati nima?
46. Organizm uchun eng maqbul (komfort) haroratni ko’rsating.
47. Odam organizmi uchun eng maqbul (komfort) nisbiy namlikni ko’rsating.
48. Havodagi chang konsentrasiyasini standart (og’irlik) usuli bo’yicha aniqlash formulasini ko’rsating.
49. Ma’lumki, chang zarrachalari Hpkaga borib, uning alveollari berkitib qo’yadi. Shunday chang zarrachalarining kattaligi qancha?
50. THqimachlik korxonalarida chang tufayli uchraydigan kasbiy kasalliklarni ko’rsating.
51. Ish joylarida shovqin qanday me’yorlanadi?
52. Odam quloQi chastotasi bo’yicha qabul qila oladigan tovush diapazonini ko’rsating.
53. Odam quloQi qabul qiladigan shovqinning bosim bo’yicha diapazonini ko’rsating (Paskallarda).
54. Sexdagi n bir xil mashinalardan chiqayotgan shovqinning umumiy miqdorini aniqlash formulasini ko’rsating.
55. Shovqin chiqaruvchi obyektlarni rasional akustik rejalashtirish qachon amalga oshiriladi?
56. Shovqin va titrashni xarakterlovchi kattaliklarni ko’rsating.
57. Sexdagi shovqinning umumiy sathi 120 dB dan kam bo’lsa shaxsiy himoya vositalarining qaysi biri qo’llanadi?
58. Avariya holatlari uchun ishlatiladigan yorug’lik ish yoruQligining necha foizini tashkil etadi?
59. Yorug’likni xarakterlovchi miqdoriy kattaliklarni ko’rsating.
60. Yorug’likni xarakterlovchi sifat kattaliklarini ko’rsating.
61. ChHQlanma va lyumenissent lampalarning garantiyalangan ishlash muddati qancha?
62. Ma’lumki, chHQlanma lampalarning foydali ish koeffisiyenti past. Sizningcha qancha?
63. Bir fazali ulanishda qancha tok kuchi hayot uchun xavfli?
64. Odam tanasining hisob-kitoblar uchun qabul qilingan qarshiligini ko’rsating.
65. Bir fazali ulanishda odam qaysi kuchlanish turiga tushib qoladi?
66. Qadam kuchlanishi nima?
67. QHyib yuboruvchi tok kuchini ko’rsating.
68. QHyib yubormaydigan tok kuchini ko’rsating.
69. Odam hayoti uchun xavfli tok kuchi va uning ta’sir qilish vaqti qanday?
70. Odam organizmiga quruq xonalar uchun xavfsiz kuchlanish miqdorini ko’rsating.
71. Odam organizmiga nam xonalar uchun xavfsiz kuchlanish miqdorini ko’rsating.
72. Himoyaviy yerga ulashning ishlash prinsipini ko’rsating.
73. Elektr zanjirida yerga ulovchi konturning qiymatini ko’rsating.
74. Bir elektr zanjirdan ta’minlanuvchi bir guruh uskunalarni yerga ulash qoidasini ayting.
75. QHl elektr asboblarida ishlaganda elektr xavfidan saqlanish usulini ko’rsating.
76. Uskunalarni nol simiga ulashning to’g’ri sxemasini aniqlang.
77. Himoyalovchi uzib qHyishning ishlash prinsipini ko’rsating.
78. Statik elektr zaryadlarining asosiy paydo bo’lish sababi?
79. Qachon sterjenli yashin qaytargichlar ishlatiladi?
80. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda qanday Hlchov asboblari bo’lishi kerak?
81. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda qanday himoyalovchi vositalar bo’lishi kerak?
82. Gidravlik sinov vaqtida idishga 10 minut davomida ish bosimidan 1,25-1,5 marta katta bosim berib turiladi. Gidravlik sinov muddati qancha?
83. Manometrlar qanday tanlanadi?
84. BaloQat yoshiga (18) yetmagan qizlar uchun qo’lda yuk tashish me’yori qancha?
85. 18 yoshga to’lmagan HQil bolalar uchun qo’lda yuk tashish me’yori qancha?
86. Yuk ko’tarish mexanizmlarini sinovdan O’tkazish usullari.
87. Yirik shahar va muhim obyektlarni qaysi yong’in muhofazasi O’z tasarrufiga oladi?
88. Havodagi kislorodning qaysi miqdorida yong’in bo’lmaydi?
89. Yong’in bo’lish uchun qanday sharoit mavjud bo’lishi kerak?
90. Qattiq moddalarning yong’in xavfini xarakterlovchi tushunchani ko’rsating.
91. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarning chaqnash haroratini ko’rsating.
92. Yonuvchi suyuqliklarning chaqnash haroratini aniqlang.
93. Gaz holatidagi moddalarning yong’in xavfini xarakterlovchi tushunchani ko’rsating.
94. Yigiruv, tO’quvchilik va trikotaj fabrikalari yong’in xavfi bo’yicha qaysi kategoriyaga mansub?
95. Qurilish materiallarining O’tga chidamlilik chegarasi nima bilan belgilanadi?
96. Brandmouyerlarning O’tga chidamlilik chegarasini ko’rsating.
97. O’tga chidamliligi bo’yicha 5-darajali xonalar orqali evakuasiya O’tish joylarini qurish mumkinmi?
98. Binolarning yong’in oraliqlari qanday tanlanadi?
99. To’qimachilik va yengil sanoat korxonalarida vodoprovodning qaysi turi ishlatiladi?
100. Tok ostidagi elektr uskunalari yonganda qaysi O’t O’chirish vositasidan foydalangan ma’qul?
101. Sprinkler sistemasining ishlash prinsipi nimaga asoslangan?
102. Qaysi sexlarda avtomatik O’t O’chirish vositasidan foydalanish mumkin?
103. Yong’in gidrantlarining qaysi turlari bor?
104. Yong’in haqida xabar beruvchi uskunalarning asosiy elementini ko’rsating.
Dostları ilə paylaş: |