1-amaliy mashg'ulot. Sintaktik aloqa tahlili. So‘z birikmasi tahlili 1-mashq



Yüklə 13,55 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü13,55 Kb.
#107302
1
..................., 3-3, Dasturiy ta\'minot sifatini boshqarish modellari. Dasturiy ta\'minot sifatining zamonaviy modellari. Tahlil jarayoni xarajatlari, Lecture01Тестирование на основе моделей , 12 mavzu, Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida, Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti, Referat Mustaqil ishi
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 2-mashq

1-amaliy mashg'ulot. Sintaktik aloqa tahlili.  So‘z birikmasi tahlili

1-mashq. Matn tarkibida nechta gap borligini aniqlang. Gap qanday sintaktik aloqa vositalari asosida qurilganligini ayting.

            Hasanalini bolaliq vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab kelguchi bir turkman qo‘lidan Otabekning bobosi o‘n besh tillo barobariga sotib olgan edi. Hasanalining Otabeklar oilasida qulliqda bo‘lg‘anig‘a elli yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar oilasining chin bir a’zosi bo‘lib ketkan. Xo‘jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa, xo‘jazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom bo‘lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. Hasanali o‘ttuz yoshliq vaqtida sotib olg‘an bir cho‘riga uylantirilgan bo‘lsa ham, ammo o‘g‘il-qizlari bo‘lmag‘an, bo‘lsalar ham yoshliqda o‘lib ketkanlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Otabekka ixlos qo‘yib, unga o‘z bolasi kabi qarar: «O‘lganimdan keyin ruhimga bir kalima qur’on o‘qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi kifoya» deb qaror bergan va hozirdan boshlab Otabekka bu to‘g‘rida siporishlar berib, undan samimiy va’dalar olib yurg‘uchi oq ko‘ngil bir qul edi. (A.Qodiriy)

 

2-mashq. Matnni o’qing va matn asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring:

Hikoyat

            Misrda bir oliy himmatli kishi bo’lib, u ma‘no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-ishrat qilish uchun jamiki narsa tayyor edi. Bu borada nimani oylagan bo’lsang, unda bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo’lib, hurlar kabi go’zal bir mahbuba bilan ulfat edi. Lekin u oliysifatli zot bularning barchasiga beiltifot qarardi. Hajr zindoniga qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g’am chekish yor edi.

            Undan so’radilar:

            -Ey, ko’ngli qayg’uga sherik bo’lgan pok zot. Bizga bu yashirin siringni ravshan et! Senda shuncha ko’ngil ochuvchi shodlik asboblari muhayyo bo’la turib, nechun xotiring xurram emas? Nechun g’amdan o’zga narsani ko’ngling xurram etmaydi.

            U shunday dedi:

            -Yo’l ahli uchun bu jahon zindondir, chunki uning istagi ko’zdan yashiringan. Asosiy ish shuki, inson ko’ngil istaganiga yetishga qadar barcha yo’lni bosib o’tishi lozim. Zindonda ham kishi xurram bo’ladimi? Kishi g’amxonada beg’am o’tira oladimi? Men haqiqiy yorimdan ayriliqda armon chekaman, shuning uchun garchand Eram bog’ida bo’lsam-da, o’zimni zindonda deb hisoblayman. Uning vasli gulzoriga yetishmagunimcha g’am tashvishidan xalos bo’la olmayman.  («Lison-ut tayr»dan)



1-topshiriq. Matndagi gaplar sonini aniqlang.

2-topshiriq. Gaplar tarkibidagi sintaktik aloqa sonini aniqlang.

3-topshiriq. Teng, tobe aloqaga kirishgan birliklarni guruhlab yozing.

4-topshiriq. Gapda ishtirok etgan sintaktik aloqa vositalarini guruhlarga ajratib yozing.
Yüklə 13,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə