1-mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati va turli yosh guruxlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari reja



Yüklə 23,51 Kb.
tarix24.11.2023
ölçüsü23,51 Kb.
#133639

1-MAVZU. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI VA TURLI YOSH GURUXLARIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI
Reja :
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari shakllari va tamoyillari.
3. Turli yosh guruxlarda sahnalashtirish faoliyatining vazifalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klaster, diologik yondoshuv.,VENN diagrammasi.

Tayanch so‘z va iboralar: sahnalashtirish, tasviriy faoliyat, teatr, maktabgacha ta’lim, prinsip, lingvistik jihat

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarini qo’l mehnatiga o’rgatishga qiziqish uyg’otish mehnat orqali hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakillantirish.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiya va kasbga yo’naltirish. Bolada ijodiy ko’rgazmalar o’yinlar uchun atributlar yasashga xoxish uyg’otish.Qog’oz va karton kabi materiallar xususiyati bilan tanishtirish.


Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida ertaklarni sahnalashtirish. Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarni, o‘zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda qo‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko‘rganlaridan so‘ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to‘yg‘usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, so‘z va harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. SHuningdek, Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari, shakllari va tamoyillari.


Мактабгача таълим тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 9-сентябрдаги қарорида кўрсатилганидек “Миллий маданий-тарихий қадриятларни акс эттирувчи ва болаликдан китоб ўқишга қизиқишни уйғотувчи ўқув методик, дидактик материаллар ва бадиий адабиётларни тайёрлаш ҳамда мактабгача таълим муассасалари фаолиятига жорий этиш бўйича чора-тадбирларни амалга ошириш вазифалари белгилаб берилди
-jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lish modelini yaratishni;
-milliy va manaviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning madaniyatini oshirishni
- to’g’ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o’yinlar orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi. Jamiyatning ijtimoiy ehtiyojiga, fan va ishlab chiqarishning hozirgi darajasiga tayanib, didaktika о‘zining о‘rganish predmetini ishlab chiqadi, о‘qitishning maqsadi (nega о‘qitiladi), yosh avlodni nimaga tayyorlanadi, о‘qitishning mazmuni (nimaga о‘rgatiladi), о‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlari (qanday о‘qitish) va uning natijalarini hisobga olish, nazorat qilish. Ta’limda 8 ta tamoil mavjud
Ta’lim tamoyillari – ta’lim jarayoniga quyiladigan asosiy talabdir.
Ta’limning tarbiyaviy xususiyatli prinsipi.
Ta’limning ilmiyligi prinsipi.
Ta’limning tizimlilik prinsipi.
Ta’limning tushinarliligi prinsipi.
Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi.
Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi.
Ta’limning puxtaligi prinsipi.
Ta’limni alohidalashtirish prinsipi.

Turli yosh guruxlarda sahnalashtirish faoliyatining vazifalari Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.


“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:
1. Badiiy didni tarbiyalash;
2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
3. Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasinirivojlantirish;
Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturining tuzilishi va mazmuniningtahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng ko‘p vaqt tasviriy faoliyatgaajratilgan. Agar tasviriy faoliyatning turlari - rasm (2soat), - applikatsiya (0,5 soat), - qurish-yasash (0,5 soat) - loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi. Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘limhisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzdatakomillashtirib borish lozimligini anglatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlardabolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarabhikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik,haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatmashg‘ulotlari xilmaxildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasashmashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilganmashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflardata’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgachata’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi

Mavzu yuzasidan savollar:


1.Turli yosh guruxlarda sahnalashtirish faoliyatining vazifalari nimalardan iborat?
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi nima?
3.Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatning qanday qillari?
Yüklə 23,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin