1. Til, nutq Matn va uning turlari



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/7
tarix25.11.2023
ölçüsü45 Kb.
#134810
  1   2   3   4   5   6   7
qoshimcha ma\'lumot




Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot. Muloqot texnologiyasi va texnikasi.
Reja:


1. Til, nutq
2. Matn va uning turlari
3. Fikrni og‘zaki bayon etish
4. Fikrni yozma bayon etish
5. Xulosa


Tayanch so‘z va iboralar: kirish, til, nutq, matn, turlari, fikr, og‘zaki bayon, yozma bayon, xulosa.
Til, nutq. Nutq va til alohida hodisalar bo‘lsa ham, ularni bir-biridan ajratib qarab bo‘lmaydi. Har qanday nutq matndan iboratdir.
"Matn" tushunchasi "til", "nutq" tushunchalari bilan mustahkam aloqadadir. SHuning uchun "til", "nutq", "matn", "matn ma’nosi", "nutq madaniyati" tushunchalarini bir-biriga munosabatdoshlikda o‘rganish zarur bo‘ladi.
Til - ma’lum kishilar jamoasi a’zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy vosita hisoblangan o‘ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo‘lib, jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an’analarni avloddan-avlodga etkazish uchun xizmat qiladi.
Nutq - ifodalangan ma’lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida tuzilgan til belgilarining tartibidir. Til nutqqa aylangach, moddiy ahamiyat kasb etadi. Nutq-nutq (a’zolari) organlari harakatining natijasi sifatida paydo bo‘ladi. Nutq a’zolarining harakati nutq faoliyati hisoblanadi. Nutq faoliyati deganda inson organizmining nutq tuzish uchun zarur hisoblangan ruhiy-fiziologik ishining yig‘indisi tushuniladi.
Matn va uning turlari. Matn deb u yoki bu holda tugallangan mazmun (ma’no) va nutqning birligini o‘zida shakllantirgan hamda ifodalagan og‘zaki yoki yozma asarga aytiladi.
Matnning belgilari quyidagilar: 1. Matn gap yoki gaplardan tashkil topadi. 2. Matndagi gaplar o‘zaro ichki (mantiqiy) va tashqi (grammatik) bog‘liqlikda bo‘ladi. 3. Matnda u yoki bu hodisa-voqea haqidagi mazmun bo‘ladi.
Nutqda ifodalangan va uning ishtirokida inson ongida shakllangan aniq bir mantiqiy, hissiy (emotsional), estetik ma’lumotlar matn mazmunini (ma’nosini) tashkil etadi.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin