10-mavzu: Interfaol ta’lim “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarining samaradorligi omili sifatida. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol metodlardan foydalanish Reja



Yüklə 124,93 Kb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü124,93 Kb.
#133397
  1   2   3   4   5   6   7

10-mavzu: Interfaol ta’lim “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarining samaradorligi omili sifatida. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Reja:

  1. Interfaol ta’limning va uni oʻqitish jarayoni.

  2. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar.

  3. Interfaol ta’limning ustuvor tamoyillari va imkoniyatlari.

  4. Interfaol metodlar va ulardan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida foydalanish.

Tayanch tushunchalar: Interfaol ta’lim, interfaol ta’limning ustuvor tamoyillari, interfaol ta’limning imkoniyatlari, interfaol metod.

Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yoʻli sifatida e’tirof etilayotgan ta’lim turi va oʻqitish shakli sanaladi.


Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – oʻzaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlidagi oʻzaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’limInterfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – oʻzaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlidagi oʻzaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim hisoblanadi.
Mohiyatiga koʻra interfaollik talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi oʻzaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:1) o‘qituvchi – o‘quvchi; 2) o‘qituvchi – o‘quvchilar guruhi (jamoasi)
Interfaol ta’lim oʻqitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi oʻrtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizgʻin bahs-munozalar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda talabalarning oʻzaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “oʻqituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi”ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qoʻllab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda boʻlishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar oʻrtasida tashkil etiladi:

Yüklə 124,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin