12. Reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblashlar. Reaksiya unumi



Yüklə 17,85 Kb.
səhifə1/4
tarix02.07.2022
ölçüsü17,85 Kb.
#117330
  1   2   3   4

12. Reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblashlar. Reaksiya unumi.
61. Tarkibida 0,5 foiz chet moddalar bo’lgan dolomit mineralining kuydirilishi natijasida 5 litr gaz mahsulot olingan. Reaksiya uchun olingan dolomit massasini (g) hisoblang.
A) 20,6 B) 22,1 C) 20,0 D) 19,6 E) 22
62. Hajmi 1000 m3 suv gazini olish uchun tarkibida 0,95 massa ulush uglerod tutgan ko’mir massasini (kg) toping.
A) 290 B) 282 C) 262 D) 580 E) 524
63. 10,8 g kalsinirlangan sodaga mo’l miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirilganda, n.sh. da 2,24 litr gaz ajraldi. Soda tarkibidagi qo’shimchaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 0,67 B) 1,85 C) 2,76 D) 1,34 E) 3,64
64. 4,8g magniy va 5,6g temir aralashmasi xlorid kislotada eriganda necha mol vodorod hosil bo’ladi.
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4 E) 0,5
65. 1,12 g temir va 0,65 g oltingugurt ku-kunlari orasidagi reaksiya natijasida olingan sulfid mas-sasini (grammlarda) va ortib qolgan boshlang’ich modda massasining sulfidga nisbatan foiz miqdorini toping.
A) 1,76g; 0,57% S B) 1,76g; 0,57% Fe C) 2,1g; 1,7% S
D) 2,1g; 1,7%Fe E) 2,6 g; 3,4%S
66. Alyuminiy xloridning 13,35 g miqdori suvda eritildi va unga natriy gidrooksiddan 12,0 g qo’shil-di. Hosil bo’lgan cho’kma massasi necha gramm bo’ladi?
[Ag(A1) = 27, Ar(Cl) = 35,5, Ar(Na) = 23, Ag(0) = 16]
A) 7,8 B) 7,5 C) 7,6 D) 8,0 E) 8,2
67. 1,5 g-atom temir oksidlanib Fe3O4 hosil bo’lishada og’irlik necha grammga ortadi? Ar(Fe)=56
A) 64 B) 32 C) 28 D) 30 E) 35
68. 57,5 g natriy kislorod bilan reaksiyasi nati-jasida natriy peroksid hosil bo’ldi. Reaksiyaga kirishgan natriyning mol miqdori, kislorod hajmi va hosil bo’lgan natriy peroksid massasi yozilgan qatorni toping.(Na=23)
A) 2 mol; 44,8 l; 78g B) 2,5 mol; 28 l; 97,5g
C) 1,5 mol 33,6 l; 39g D) 2 mol; 22,4 l; 97,5g E) 3 mol; 44,8 l; 117g
69. 75 kg kalsiy karbonat parchalanganda hosil bo’lgan uglerod (IV) oksid massasini, hajmini va miqdorini hisoblang.
A) 25kg; 11,2m3; 600mol B) 33kg; 16,8m3; 750mol
C) 30kg; 15m3; 700mol D) 35kg, 18m3; 800mol
E) 28kg, 19m3; 750mol
70. 5,6 gramm kalsiy oksiddan 6,4 gramm kalsiy karbid olingan bo’lsa, reaksiya natijasida necha litr uglerod (II)oksid hosil bo’lganini aniqlang.
A) 22,4 B) 2,24 C) 4,48 D) 6,72 E) 3,36
71. Massasi 4,6g bo’lgan natriy metaliga 3,6g suv ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida qancha o’yuvchi natriy hosil bo’ladi?
A) 1,12 B) 11,2 C) 2,24 D) 22,4 E) 8,0
72. Massasi 1,8g bo’lgan suvga massasi 4,6g bo’lgan natriy metali tashlandi. Reaksiya natijasida qancha massa o’yuvchi natriy hosil bo’ladi?
A) 1,12 B) 1,4 C) 2,8 D) 5,6 E) 4,0
73. Massasi 5,4g bo’lgan suvga massasi 4,6g bo’lgan natriy bo’lakchasi tashlandi. Reaksiya natijasida qaysi moddadan qancha massa (g) ortib qoladi?
A) 0,224 g H2O B) 0,112 g H2O C) 1,12 g Na
D) 11,2g Na E) 1,8 g H2O
74. 9,2 g natriy metali 2,24 litr kislorodda yondirildi. Natijada hosil bo’lgan qattiq moddaning massasini (g) toping.
A) 7,8 Na2O2 B) 12,0 Na2O C) 15,6 Na2O2
D) 7,8 Na2O E) 12,4 Na2O2
75. 9,2 g natriy metali mo’l kislorodda yondirildi. Mahsulotga 2,24 l (n.sh.da) SO2 gazi yuborilgandan so’ng, mo’l miqdordagi suvda eritildi. Ajralib chiqqan gazning hajmini (l, n.sh.da) toping.
A) 2,24 B) 4,48 C) 5,6 D) 6,72 E) 11,2
76. Kaliy nitratning uglerod va oltingugurt bilan reaksiyasi natijasida kaliy sulfid, azot va uglerod (IV) oksid hosil bo’lsa, 505 g shunday tuzning reaksi-yasidan qanday hajmdagi (n.sh.l) gazlar ajralib chiqadi?
A) 112 B) 224 C) 22,4 D) 448 E) 336
77. 130 g nitrat kislota bilan tarkibida 80 g o’yuvchi natriy bo’lgan eritmaning o’zaro ta’siridan qancha (g) natriy nitrat olish mumkin?
A) 95 B) 85 C) 170 D) 160 E) 150
78. 130 g nitrat kislota bilan tarkibida 80 g o’yuvchi natriy bo’lgan eritmaning o’zaro ta’siri natijasida qaysi moddadan qancha (g) ortib qoladi?
A) HNO3; 2 B) HNO3; 4 C)NaOH; 6
D) NaOH; 8 E) NaOH; 4
79. 6 g osh tuzining suvdagi eritmasiga 17 g kumush nitrat eritmasi qo’shilganda, qancha (g) kumush xlorid cho’kmasi hosil bo’ladi?
A) 10 B) 12 C) 14 D) 16 E) 18
80. Tarkibi 20 g ammoniy xlorid va 20 g kalsiy oksiddan iborat bo’lgan aralashmani qizdirib, qancha (g) ammiak olish mumkin? Reaksiya unumini 98%.
A) 6,2 B) 7,2 C) 6,8 D) 9,2 E) 5,6

Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin