Mamajonov muxriddinning



Yüklə 186,59 Kb.
səhifə1/7
tarix11.02.2023
ölçüsü186,59 Kb.
#123293
  1   2   3   4   5   6   7
Mamajonov Muxriddin gurux


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

4 – BOSQICH TALABASI 01\19 GURUX TALABASI
MAMAJONOV MUXRIDDINNING




MAVZU :Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushi asosida hisoblash


Qo’qon 2022


MUNDARIJA
I Kirish
II Asosiy qismiy
2.1. Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushi asosida nazariy malumot.
2.2. Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushiga oid masalalar yechish metodikasi
2.3. Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushiga oid masalalar yechish
III Xulosa
IV Mustaqil ishlash uchun masalalar
V Foydalanilgan adabiyotlar

I Kirish
Kimyo o’qitish kursida hisoblashga oid masalalar berilgan bo’lib, o’quvchilar ularni yecha olishi kerak. Maktab kimyo kursida masalalarning murakkablik darajasi asosida ularni yechish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Masalan: 7-sinfda kimyoviy formulalar bo’yicha hisoblash masalalarini yechish amalga oshiriladi. Dastavval moddalarning molekulyar massalarni ularning formulalari va atom massalari asosida hisoblab topish, murakkab moddadagi elementlarning atom massalari nisbatini aniqlash.
Modda tarkibidagi elementlarining massa ulushlarini foizda aniqlash. Modda miqdorini massa, hajm, atom va molekulalar soni asosida hisoblashlar ham 7-sinf kimyo kursida olib boriladi. Shuningdek, moddalarning eruvchanligini aniqlash, eritma tarkibidagi erigan moddaning massa ulushini aniqlashlar kiradi.

  1. sinfda gazsimon moddalarga oid hisoblashlar olib boriladi. Masalan: berilgan reaksiya tenglamasi bo’yicha tenglamadagi gazsimon moddaning miqdorini va hajmini aniqlash. Gazsimon moddalarning xaqiqiy va nisbiy zichlik, molyar hajm, Mendeyelev-Klapeyron tenglamalaridan foydalanib ularning molekulyar massalarini aniqlash, termokimyoviy tenglamalar bo’yicha hisobashlar olib boriladi.

  2. sinfda proporsiya usuli bo’yicha hisoblashda bir modda ortiqcha miqdorda berilganda masalalarning qanday yechilishi, reksiya tenglamasi bo’yicha bo’yicha hisoblashda moddaning chiqish unumini aniqlash. Modda. tarkibida qo’shimcha bo’lganda reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblashlarni olib borish va algebraik usulda murakkab bo’lmagan masalalarni yechish o’rgatiladi.

Hisoblashlarga oid masalalarni yechishda fizika va matematika fanlari bilan kimyo fani orasidagi fanlararo bog’lanishlar amalga oshiriladi. Kimyoviy masalalarni yechishda fizika fanida qo’llaniladigan grafik usulda masalalar yechishdan foydalanish mumkin. U masalalar yechishning samarador usuli hisoblanadi. Masala yechishda kimyoviy qonuniyatlarning matematik ifodali tenglamalaridan foydalanib, ularga son qiymatlarni qo’yib hisoblashlar amalga oshiriladi.
Kimyoda masalalar yechishga qo’yiladigan yagona metodik talablar.
Masalalar yechishda metodik talablarni amalga oshirish kerak. O’quvchilarning masala yechish malakalarini egallashda asosiy vazifa o’qituvchilarga yuklatiladi va o’quvchilarda mustaqil holda masalalar yechish ko’nikmalarini hosil qilish ham o’qituvchi vazifasidir. Masalalar yechishga qo’yiladigan didaktik talablar:

  1. Masala yechish uchun qanday tushuncha, qonunlar, nazariyalar va faktlar masala yechish jarayoniga kiritilishi, unda moddaning qaysi xossasi va qanday kimyoviy reaksiyalardan foydalanish ko’rsatilishi kerak.

  2. Masalalar yechishning qanday yo’llaridan foydalanish.

  3. Masala yechishda o’quvchilarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirib borish.

  4. Berilgan masalalar qanday didaktik funksiyalarni bajarishini aniqlash. Agar o’qituvchi o’z oldiga nazariy materiallarni mustahkamlash maqsadini qo’ygan bo’lsa, u masalalar o’qituvchilarga avvaldan ma’lum bo’lishi kerak. Agar o’qituvchi o’z oldiga yangi tipdagi masalarni yechish vazifasini qo’ygan bo’lsa, o’quvchilarga masala yechish metodikasini tushuntiradi. Masalalar yechish metodikasini tutttuntiritttda. o’qituvchi avval o’zi yechib ko’rsatishi kerak. Masalalar yechish darsida o’qituvchi o’quvchilarning masalaga oid bilimlarini faollashtirishi kerak. So’ngra masala sharti tahlil qilinadi. Masala shartida berilgan va aniqlanishi kerak bo’lgan kattaliklar aniqlanadi, so’ngra masalani yechish algoritmi tuziladi. So’ngra hisoblashlarning matematik va fizik usullari amalga oshiriladi. Yangi tipdagi masalalarni yechish usullarini o’rganishda avval aniqqilib, masalani yechish algoritmi tuziladi, ularni o’quvchilar yozib oladilar va u masala masalalar yechishning qaysi tipiga kirishi tushuntiriladi va o’qituvchi masalani yechib ko’rsatadi, so’ngra doskaga a’lochi o’quvchini chiqarib, unga yechilgan masalaga o’xshash masala yechishni taklif qiladi. So’ngra sinfdagi hamma o’quvchilar yechib ko’rsatilgan masalaga o’xshash masalani yechishni amalga oshiradilar. Murakkab masalalarni yechish kuchli o’quvchilarga beriladi. Murakkab masalalarni yechish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda olib borish maqsadga muvofiqdir, chunki dars jarayonida murakkab masalalarni yechish ko’p vaqt talab etadi va dars rejasi bajarilmay qolishi mumkin.


2.1. Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushi asosida nazariy malumot.
Kimyoning asosiy mavzulariga oid masalalar yechish
Kimyo o’qitish jarayonida masalalar yechishni o’quvchilarda shakillantirish
uchun ma’lum vaqt sarflanadi. O’qituvchi xar bir mavzuda masala yechishningbitta
turini navbat bilan ma’lum izchillikda o’rgatib borishi lozim. Shuning uchun
bo’lajak kimyo o’qituvchilarini tayyorlashda bularni xisobga olishimiz
zarur,masalalar yechish metodlari bilan qurollantirishimiz zarur. Quyida biz har bir
turdagi masala yechish metodikasini ko’rib chiqamiz.
1.Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadadagi
element massa ulushi asosida xisoblash.
Oddiy yoki murakkab moda molekulasima’lum sondagi atomlardan
iborat,shunday ekan uning massasi ham ularning yig’indisiga teng bo’ladi. Modda
molekulasi va atomlarining absalyut massasi juda kichik bo’lishini bilamiz,
masalan
m0(H2O)=3,001•10-23g m0(O2)=2,667•10-23g
Shuning uchun kimyoda nisbiy atom va nisbiy molekulyar massalardan
foydalaniladi.
Moddaning nisbiy molekulyar masaasi bu,uglerod atom massasining 1/12
qismidan necha marta katta ekanligini bildiradi,uni Mr bilan ifodalaydi.U har xil
eksperimental usullar bilan aniqlanadi. Molekula formulasi ma’lum bo’lganda
esa,tarkibidagi element nisbiy atom massalarining yig’indisiga(agar bir xil
yelement atomlaridan bir nechta bo’lsa indeksga ko’raytiriladi)teng bo’ladi.
Masalan,
Mr(H2O)=Ar(H)•2+ Ar(O)=1•2+16=18
Moddaning kimyoviy formulasi asosida esa uning tarkibidagielement
atomlarining massa ulushlarini ifodalash mumkin,masalan,
Massa ulushlar berilganda noma’lum moddaning formulasi xisoblab topiladi,quyida
shunga doir masalalarni ko’rib chiqamiz:
1-masala. Fosfor kislotalaridan qaysi birida vodorod 2,25%; fosfor 34,83%;
kislorod esa 62,92%ni tashkil qiladi?
Yechish:
Birikmani 100 g deb olib, uning tarkibidagi atomlar nisbatini topamiz:
Demak, bu modda pirofosfat kislota.
Javob: pirofosfat kislota.
2-masala. Agar VI valentli element oksidi tarkibida 60% kislorod bo‘lsa, uning
formulasini va elektronlari sonini ko‘rsating.
Yechish:
Aralashmani 100% deb olsak shunga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi.
. Elektronlar soni 40ta bo‘ladi.
Javob: SO3; 40.
3-masala. Marganes oksid tarkibida 36,78% kislorod bo‘lsa, u qanday hossali
oksid?
Yechish:
Ekvivalentlar qonuniga asosan masalani yechamiz.

Yüklə 186,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin