21-variant
Talaba F.I.SH: SHARIPOV NODIRJON AVAZXONOVICH
Guruh:MMT-93-2
1-TOPSHIRIQ
1.Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari
Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko’zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo’ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisini ham anglatadi.
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo’qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan noumidsizlikdir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo’llardan foydalaniladi.
1. Riskdan qochish - risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o’z kapitalini riskli tadbirlarga yo’naltirayotganda, risklardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun mablag’i bo’lishi kerak.
3. Riskni uzatish (sug’urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar.
4. Riskni pasaytirish - ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi:
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
- risk oqibatlari to’g’risi1da o’ylash lozim;
- kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
2. Erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish bosqichlari (Evolyutsiyasi)?
EIHlarning rivojlanish bosqichlari va shu asosda yuzaga kelgan yangi avlod shakllarini quyida keltirilgan.
1-rasm orqali ifodalash mumkin. 1.-rasm. EIHlarning rivojlanish bosqichlari 1.-rasmdan ko’rinib turibdiki, jahon tarixida EIHlar dastlabki tashkil etilgan ko„rinishlaridan to bugungi kunga kelib shakllangan turlarining yuzaga kelishigacha bo„lgan vaqtlar EIHlarning 4 ta avlodidan iborat davrni o„z ichiga olar ekan. Shunday qilib, bugungi globallashuv jarayoni talablariga ko„ra dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib boradi, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayadi, ularning shakli o„zgarib boradi: tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga.
Xo„jalik faoliyati mohiyati tovar ayrboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi. Yuqoridagilarni ko„rib, shuni xulosa qilish mukinki, EIHlar milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi. Dunyo amaliyotida EIHlar o„tgan asrning 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshlarida ko„pgina mamlakatlarda paydo bo„ldi. 90 yillar o„rtalariga kelib, statistik ko„rsatkichlarga ko„ra, dunyo bo„yicha 1200 ga yaqin EIHlar mavjud bo„lgan.
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati?
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, deganda milliy xojaliklar o rtasida chuqur barqaror ozaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qoshilib ketishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi istiqbolda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishiga tosiq bolayotgan cheklovlarni bartaraf etish hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predrneti hisoblangan tovarlar, xizmatlar, pul va mehnat resurslari XII obyektlari hisoblansa, xalqaro ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlashni amalga oshiruvchi iqtisodiy tomonlar esa XII subyektlari hisoblanadi.
Integratsion tuzilmalami ishlab chiqarishning integratsiyalashishida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim, hamda integratsiyalashishning rasmiy va real xususiyatga ega bolishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Rasmiy integratsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan iborat bolib, uning asosida mamlakatlar
ortasidagi iqtisodiy munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti negizida tashkil etiladi.
Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishning ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlari pariteti asosida xalqaro umumlashtirishdan iborat boladi. Iqtisodiy integratsiya, oz navbatida, ishtirokchi rnamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish korsatkichlarining yaxshilanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Jahon amaliyoti korsatishicha, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bolmagan, jahon YaMMida
kam ulushga ega bolgan mamlakatlar ko'proq samara oladi.
4. “BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering. Yuqoridagi rasmdan ko'rinadiki, «BER!» indeksiga kirgan ko'rsatkichlar orasida siyosiy barqarollik (0,12 ball) eng kata ahamiyatga ega.Tahlillar ko'rsatishicha, G'arb aynan, harbiy ichki vaziyatning bergani bois, va siyosiy nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava reytinglarda berishgan, ya'ni indeksining eng past darajasiga ega. Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro'li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularing yig'indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo'yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ulaming quyidagilardan iborat:
- siyosiy barqarorlik. (0,12),
- xorijiy investitsiyalarga bo'lgan munosabat (0,06);
- milliylashtirilish xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida
mulkni haq to'lamasdan ekspropriatsiya qilish ko'zda tutilgan
bo'lsa, 0 ball qo'yiladi;
- valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli darajasi (0,06);
- to'lov balansining holati (0,06);
- biznesning byurokratlashish darajasi (0,04);
- iqtisodiy o'sish sur'ati (0, ,
- valutaning erkin almashinuv darajasi (0,1);
- shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06);
- mehnat darajasi va haqi (0,08);
- yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali
mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02);
va tashkil qilish (0,04);
- davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari
(0,04);
- qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);
- uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish
shartlari (0,08),
Umuman olganda, BERI» xizmati bu borada katta obro' qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi marnlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo'yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. Hozirda bu xizmat ko'rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko'rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchaiik yuqori ballga ega bo'lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta'siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o'zgarishlarni ham baholaydi. Bu kabi xizmatlar faqatgina xususiy firmalar tomonidangina emas, balki davlat yoki davlat-xususiy firmalari tomonidan ham bajariladi. Bu kabi xizmatlami tashkil etishda ko'proq investitsiyaga talabi bo'lgan mamlakatlarning taklifi bo'lishi zarur.
Shuning uchun bu tarzdagi tashkilotlarni O'zbekistonda ham tashkil qilish xorijiy investorlar uchun ham, ichki investorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
5. Moliya bozori instrumentlari haqida nimalarni bilasiz?
Moliya bozori instrumentlari mazmun-mohiyati ularning bozori bilan hamohang birlikda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan instrumentariy (terminologiya) va metodologiya bilan aniqlanadi. Bunda ularning turlari, hossa va hususiyatlari, chiqarilishi va muomalasi jarayonlaridagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar, bajaradigan funksiyalari ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |