3-amaliy mashg’ulot



Yüklə 149,81 Kb.
tarix24.11.2023
ölçüsü149,81 Kb.
#134014
3-amaliy TTT va I

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Masala.

3-amaliy mashg’ulot


Mavzu: Ishdan chiqishlar, yuklanamagan tiklanmaydigan sistemalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash.

Ishonchlilikning miqdoriy xususiyatlarini tanlash ob‘yekt turiga bog‘liq. Ishonchlilikning barcha asosiy ko‘rsatkichlarini ikki guruhga bo‘lish tavsiya etiladi: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan ob‘yektlar. Bundan tashqari, ishonchlilik ko‘rsatkichlari ham ehtimoliy, ham statistik tavsif sifatida ko‘rib chiqiladi. Ishlamay qolish ehtimoli vaqtning boshlang‘ich davomida (ish vaqtini hisoblashni boshlash vaqti) ob‘yekt ish holatida bo‘lgan deb taxmin qilinadi.


Ta‘rif bo‘yicha ishonchlilik ko‘rsatkichlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda t - ish vaqti, ehtimolligi aniqlanadigan vaqt; T - ob‘yektni ishga tushirishdan birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan vaqt.

Tizimning ishdan chiqish ehtimolligining turlari. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ekspluatatsiyasi jarayonida uning texnik holati sekin-asta yomonlashib boradi.


Masalan: Elektr dvigatelining quvvati kamayadi, Boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalarining texnik holati o‘zgaradi, tezligi kamayadi, elektr energiya sarfi ortadi, yeyilish jadalligi oshadi, boshqaruv qulayligi pasayadi, TXK va JT mehnat hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi.
Yeyilish (iznashivaniye) – deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qism (detal) sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta‘sirida yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik (iznos) – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qismlarning yeyilish natijasi bo‘lib, u kattaliklar (razmerlar), shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Yeyilish turlarining tasnifi.
Abraziv yeyilish - ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik tasiri natijasidir (kolodka va baraban, oralaridagi yeyilish).
Molekulyar-mexanik (adgezion) yeyilish – ishqalanayotgan sirt materiallarining molekulyar ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Asosan mexanizmlarni chiniqtirish (sinash) vaqtida kuzatiladi. Bunda yeyilish mexanizmlarni tirnalishga, harakatlantirmay qo‘yishga va buzilishga olib keladi.
Korrozion - mexanik yeyilish. Bunday yeyilish mexanik yeyilish va atrofmuhitning agressiv tajovuzkorona tasiri os tida paydo bo‘lib, bunda ishqalanish

sirtlarida beqaror oksid plyonkalari hosil bo‘ladi va mexanik ishqalanish natijasida sidiriladi. Bu jarayon takrorlanaveradi. Bunday yeyilish zanglash elementlari (oltingugurt, organiq kislotalar) tasirida mis, alyuminiy va izolyatsiya bo‘lmagan avtomatikaning texnik vositalarida kuzatiladi.
Kavitacion buzilish. Ayrim AB sistemasining detallari (silindrlarning xo‘l gilzalari, suv nasosining parragi) bunday buzilishi mumkin. Kavitatsion buzilish suyuqlik oqimida paydo bo‘ladigan havo pufaklari yorilishi natijasidagi juda ko‘p gidravlik zarbalar tasirida ro‘y beradi. Errozion buzilish - (erroziya) jismga nisbatan harakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz tasirida detal sirtidan metall bo‘lakchalarining ajralib chiqishi. (Masalan, dvigatel klapani, karbyurator jiklyori).
Kichik tebranishlar va atrof-muhitning tajovuzkorona tasiri ostida sodir bo‘ladigan yeyilishlar fretting-korroziya yeyilishlar deb ataladi (masalan tirsakli val bo‘yinchalari vkladishlari va u yotgan o‘rindiq orasida).

Masala.


Tizim 5 ta qurilmadan iborat bo‘lib, ulardan birortasining ishdan chiqishi tizimning ishdan chiqishiga olib keladi. Ma‘lumki, birinchi qurilma 952 soatlik ish paytida 34 marta, ikkinchisi 960 soatlik ish paytida 24 marta, qolgan qurilmalar esa 210 soat davomida mos ravishda 4,6,6 marta va 5 marta ishlamay qolgan. Beshta qurilmaning har biri uchun eksponensial ishonchlilik qonuni mavjud bo‘lsa, umuman tizimning ishdan chiqishi o‘rtasidagi vaqtni aniqlash talab qilinadi. Yechish. Ushbu masalani yechish qilish uchun biz quyidagi ifodalardan foydalanamiz;





Nazorat savollari



  1. Ishdan chiqishlar nima?

  2. Kichik tebranishlar nima?

Yüklə 149,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin