3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ishdan chiqishlar, yuklanamagan tiklanmaydigan sistemalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash.
Ishonchlilikning miqdoriy xususiyatlarini tanlash ob‘yekt turiga bog‘liq. Ishonchlilikning barcha asosiy ko‘rsatkichlarini ikki guruhga bo‘lish tavsiya etiladi: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan ob‘yektlar. Bundan tashqari, ishonchlilik ko‘rsatkichlari ham ehtimoliy, ham statistik tavsif sifatida ko‘rib chiqiladi. Ishlamay qolish ehtimoli vaqtning boshlang‘ich davomida (ish vaqtini hisoblashni boshlash vaqti) ob‘yekt ish holatida bo‘lgan deb taxmin qilinadi.
Ta‘rif bo‘yicha ishonchlilik ko‘rsatkichlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu
yerda t - ish vaqti, ehtimolligi aniqlanadigan vaqt; T - ob‘yektni ishga tushirishdan birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan vaqt.
Tizimning ishdan chiqish ehtimolligining turlari. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ekspluatatsiyasi jarayonida uning texnik holati sekin-asta yomonlashib boradi.
Masalan: Elektr dvigatelining quvvati kamayadi, Boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalarining texnik holati o‘zgaradi,
tezligi kamayadi, elektr energiya sarfi ortadi, yeyilish jadalligi oshadi,
boshqaruv qulayligi pasayadi, TXK va JT mehnat hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi.
Yeyilish (iznashivaniye) – deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qism (detal) sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta‘sirida yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik (iznos) – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan qismlarning yeyilish natijasi bo‘lib, u kattaliklar (razmerlar), shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik oqibatida o‘zaro bog‘lanishda
ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Yeyilish turlarining tasnifi.
Abraziv yeyilish - ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik tasiri natijasidir (kolodka va baraban, oralaridagi yeyilish).
Molekulyar-mexanik (adgezion) yeyilish – ishqalanayotgan sirt materiallarining molekulyar ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Asosan mexanizmlarni chiniqtirish (sinash) vaqtida kuzatiladi. Bunda yeyilish mexanizmlarni tirnalishga, harakatlantirmay qo‘yishga va buzilishga olib keladi.
Korrozion - mexanik yeyilish. Bunday yeyilish mexanik yeyilish va atrofmuhitning agressiv tajovuzkorona tasiri os tida paydo bo‘lib, bunda ishqalanish