5- mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi.Tashkilotning yashash davri.
Tashkilotlarning ichki muhit. Tashkilotlarning tashqi muhiti. Tashkilot ichki va tashqi
muhitining omillari va o‘zgaruvchanligi. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish.
Tashkiliy tuzilmalarning turlari. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi. Mehnatni gorizontal
bo‘linishi. Mehnatni vertikal taqsimlanishi. To‘g‘ri chiziqli tuzilma.
Boshqaruvning
vazifaviy tuzilishi. To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma. Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli -
shtabli tuzilmasi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi. Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy
tuzilma. Mahsulotli tashkiliy tuzilma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma. Iste’molchiga
qaratilgan tashkiliy tuzilma. Boshqaruvning kombinasiyalashtirilgan tuzilmasi. Asosiy
tashkiliy-xuquqiy shakllar. Ma’suliyati cheklangan jamiyat. Ko‘shimcha ma’suliyatga ega
jamiyat. Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati. Shoʻba va bog‘liq jamiyatlar. Davlat unitar
korxonalari. Notijorat tashkilotlar. Matlubot kooperativi. Kartel.Sindikat. Trest. Konsern.
Konsorsium. Sanoat xoldinglari. Tadbirkorlar uyushmalari. Virtual korporasiya.
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar. Tarmoqli tashkilotlar.
Tashkilotlarning yangi turlari. Tashkilotlarni strategik boshqarish.
Strategik boshqaruv
tuzilmasi. Strategik maqsadlarini belgilash. Strategiyani tanlash. Tashkiliy o‘zgarishlarni
boshqarish. Tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish modellari. Boshqaruvning
samaradorligi.
TOPSHIRIQLAR. Mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar,
internet materiallaridan
foydalanib mavzuni mustahkamlash. Mamlakatimizda xorijda faoliyat olib borayotgan
kompaniya va firmalarda marketing dasturi ishlab chiqish va uni amalga oshirish
jarayonlari haqida ma’lumotlar to‘plash, o‘rganish va tahlil qilish.
VAZIFA. «QANDAY?» IYeRARXIK DIAGRAMMASI - muammo to‘g‘risida
umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon
beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga
yo‘riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
ko‘p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o‘ylashga
hojat bo‘lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni
qanday qilish
kerak?» qabilida bo‘ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol
hisoblanadi.
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo‘lgan muammoni yozing.
2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo‘ying va shu savolga javob bering. Shu tartibda
savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o‘ylab o‘tirmasdan, solishtirmasdan,
baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting.
Maslahat va tavsiyalar:
3. Yangi g‘oyalarni grafik ko‘rinishda qayd etishni o‘zingiz hal eting:
daraxt yoki kaskad
ko‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga. Eng muhimi esda tuting: nisbatan
ko‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan
usul eng maqbul usul hisoblanadi.
Agarda siz muammoni yechimini topish uchun to‘g‘ri
savollar bersangiz va uning
rivojlanish yo‘nalishini namoyon bo‘lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har
qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi
Ushbu innovasion ta’lim texnologiyasi asosida mavzuga oid ikki-uchta tushunchalarni
solishtirish va tahlil qilish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1. Tashkilotlar tushunchasi.
2. Tashkilotning yashash davri deganda nimani tushunasiz?
3. Tashkilotlarning ichki va tashqi muhitini tavsiflang.
4. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillarini aytib bering.
5. Tashkiliy tuzilmalarning turlarini sanab bering.
6. Mehnatni vertikal taqsimlanishi.
7. To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning boshqaruvdagi o‘rnini yoriting.
8. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishini ayting.