5-sinf adabiyot. 1. ….........insоnning оrzu-хаyoli, umid vа аrmоnlаrini bаdiiy so‘z yordаmidа ifоdа etishi.
Nuqtalar o’rnidagi to’g’ri so’zni toping.
A) she’riyat B) adabiyotshunoslik C) adabiyot D) badiiy so’z
2. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy yo‘l bilan ham,
nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin?
A) she’riyatga mansub asarlar B) nasrga mansub asarlar C) dramaturgiyaga mansub asarlar
D) to‘g‘ri javob yo‘q
3. Qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan
va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining
halol mehnati, yoqimli so‘z va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar?
A) “Qor qizi”, “Yosh pahlavon” B) “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”
C) “Qor qizi”, “Zolushka” D) “Zolushka”, “Bremen musiqachilari”
4. "Balodan asray deb tumor bo‘laman,
Noming ulug‘lovchi shior bo‘laman.
Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman, ........." Shoirning ushbu she'rida yuqorida
berilgan nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yiladi?
A) O‘zbekiston B) Vatanjon C) Shoira D) Ey do‘stim
5. "Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh". Ushbu misralar shoirning qaysi she'ridan olingan?
A) "Qushcha" B) "Hayotning har lahzasi go‘zal" C) "Hayot" D) "Charog‘bon"
6. "Dunyo keng, do‘stim, sen torlanma,
Shashtiga mos tushmay xorlanma,
Bir zum tin bergil deb zorlanma,
O‘zi tin olmagan olam bu". Ushbu misralar Anvar Obidjonning qaysi she'ridan olingan?
A) "Yer" B) "Hayotning har lahzasi go‘zal" C) "Tinch kunlar" D) "Vatanjon"
7. "Bizlar quraverdik, buzaverdi yov.
Qo‘rg‘on-u, uyimiz, ko‘shk-u qasrni
Sha'nimizni depsib ezaverdi yov,
Ko‘rmadik suronsiz biror asrni". Ushbu misralar shoirning qaysi she'ridan olingan?
A) "Vatanjon" B) "Bahs" C) "Tinch kunlar" D) "Yer"
8. "Dunyo keng, do‘stim, sen torlanma,
Shashtiga mos tushmay xorlanma,
Bir zum tin bergil deb zorlanma,
O‘zi tin olmagan olam bu". Ushbu misralar Anvar Obidjonning qaysi she'ridan olingan?
A) "Vatanjon" B) "Tinch kunlar"C) "Hayotning har lahzasi go‘zal “ D) "Yer"
9. Otа-bоbоl аrimizning uzоq yillаr dаvоmidа ko‘rgаn-kеchirgаnlаri, tаjribаlаri
аsоsidа yuzaga kеlgаn хulоsаlаridir deb nima aytiladi?
A) adabiyot B) xalq оg‘zаki ijоdi C) hadislar D) maqollar
10. …dan insonning turli vaziyatlarda o’zinini qanday tutishi lozimligi haqidagi
maslahatlarni anglash mumkin?
A) Navoiy asarlaridan B) Sheroziy hikoyalaridanC) Ezop masallaridan D) xalq og’zaki ijodi namunalaridan
11. Sahoba Ammor naql qilib aytganlar: Uchta hislatni o'zida mujassam qilgan
kishining iymoni mukammal bo'lgaydir. Bular?
1) insofli va adolatli bo'lmoq; 2) tanigan va tanimaganga salom ber -moqlik 3) barchaga salom bermoq; 4) ochlarga taom bermoq; 5) kambag'allikda ham sadaqa berib turmoq.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) l, 2, 4 D) l, 3, 5
12. Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadisiga ko'ra, kimning rizqi ulug', umri uzun bo'ladi?
Hadis rivoyatchisi kim?
A) yetimlarning boshini silagan kishining, Abu Hurayra
B) miskinlarga ko'p sadaqa bergan kishining, Yosir ibni Ammor
C) insofli va adolatli bo'lgan kishining, Abdulloh ibn Amr
D) qarindosh urug'lariga mehr-oqibatli bo'lgan kishining, Anas ibn Molik
13. "Avval bobosi qo'lida va eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib,
"Almaiy" nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko'radi". Gap qaysi
adib haqida ketmoqda?
A) Mirmuhsin B) Oybek C) Mirtemir D) Odil Yoqubov
14. Rus shoiri Yesenin she'rlarini, nemis shoiri Gyotening "Faust"asarini tarjima
qilgan adib kim?
A) A.Oripov B) E.Vohidov C) Mirtemir D) Asqad Muxtor
15. Kimning e'tiroficha, "har bir millatning saodati, davlatning tinchligi va rohati
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir?"
A) Sa'diy Sheroziy B) Alisher Navoiy C) Abdulla Avloniy D) Cho'lpon
16. "Yosh shoir she'rlaridagi hech kimnikiga o'xshamagan dard va ohanglar,
kutiLmagan o'xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini
o'ziga qaratib oladi. Unga o'z davrining eng mash -hur adiblari, masalan, Abdulla
Qahhor e'tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi". Gap kim
haqida ketmoqda?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) O'tkir Hoshimov D) Mirtemir
17. Bo’zchi oilasida tug’ilib voyaga yetgan o’zbek adibini aniqlang?
A) Usmon Nosir B) Abdulla Qahhor C) Mirmuhsin D) Oybek
18. Mеn ayblik emas, ey vatanim, tog’larim,
Bеvaqt tashlab kеtdim ayo, bog’larim.
Hijron qilodur mеni judolig’,
Do’ndi g’ama ro’z-u shab chog’larim.
Ushbu shе'r muallifini aniqlang?
A) Abdurauf Fitrat B) Abdulhamid Cho’lpon C) Abdulla Avloniy D) Mirtemir
19. Ezop masallari va ularning xulosalariga oid o‘zaro mos
javoblarni toping.
1) «Bo‘ri bilan laylak»; 2) «Kiyik bilan tokzor»;
3) «Eshak bilan baqalar»; 4) «Burgut, zag‘cha va
cho‘pon»; 5) «Ustiga tuz ortilgan eshak».
a) og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma;
b) behuda chiranish belni chiqaradi;
s) birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil;
d) yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga
qilish kerak;
e) qilmish – qidirmish.
A) 1-d, 2-b, 3-s, 4-e, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-s, 4-b, 5-a
C) 1-b, 2-e, 3-s, 4-d, 5-a D) 1-d, 2-e, 3-s, 4-a, 5-b
20. . Qaysi ijodkor ohining tutuni va ko‘z yoshi bilan yo‘lni
balchiq, kechani qorong‘u qilganligini aytib o‘tgan?
A) Bobur B) Navoiy C) Mashrab D) S.Sheroziy
21. Ko‘hnа Shаrq аdаbiyotidа hаm mаjоziy shаkldа, ya’ni
turli hаyvоnlаr tilidаn tаrbiyaviy аhаmiyatgа mоlik
hikоyachаlаr kеltirish qаdim hind аdаbiyotining nоdir
nаmunаsi bo‘lgаn qaysi аsаr tаrkibidа uchrаydi
A) “Maxobxarat” B) “Ramayana”
B) “Qobusnoma” D) “Kalila va Dimna”
22. Mirtemirning tabiat hodisalarini kuzatish orqali
teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror
obrazlar yaratish mahorati qaysi she’rlarida
yaqqol seziladi?
A) “Baliq ovi”, “Qishlog’im”
B) “Bulut”, “Shudring”
C) “Qishlog’im”, “Baliq ovi”
D) “Bulut”, “Baliq ovi”
23. Hayot qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida
hayotdan bir qadam ham ajramay qalam
tebratgan ijodkor kim?
A) A. Muxtor B) O'tkir Hoshimov
C) Mirtemir D) Mirmuhsin
24. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho"
hikoyasidagi bola "meni aldamoq uchun
gavronday hassasini qo'ldan qo'lga chaqqon olib,
xirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula
aytib beradi", – deya kimni ko'zda tutgan?
A) Dadaqo'zi otani B) Musa baqqolni
C) Mirahmad otani D) Sobir baqqolni
25. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha
qoladi. Ushbu parcha “Dunyoning ishlari”
qissasining qaysi hikoyasidan olingan?
A) “Oq marmar, qora marmar” B) “Iltijo”
C) “Qarz” D) “Haqqush”
26. “Ona – tabiatning eng buyuk ixtirosi”
Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasidaga
qaysi hikoyada uchraydi?
A) “Alla” B) “Haqqush” C) “Gilam paypoq” D) “Iltijo”
27. Muqimiy Qo’qondagi qaysi madarasida tahsil
olgan?
A) Mеhtar anbar B) Hokim oyim C) Hazrat D) Mir arab
28. Muqimiyning "Sayohatnoma" asaridagi ushbu
parcha qaysi joy haqida?
Ozodadin to'pori ko'p,
Dukchisidin attori ko'p,
Choyxo'ridin ko'knori ko'p,
Bir rasta nosu bang ekan.
A) Chimyon B) Yayfan C) Rafqon D) Nursux
29. “Sayohatnoma”da yozilishicha, qayerda itlar
tong otguncha hurib, odamni uxlatmasdi?
Rafqon B) Nursux C) Isfara D) Yayfan
30. Sa'diy Shеroziy “Guliston” asarida nimani “
chashmayi ravon (oqar chashma) va davlati
bеpoyondur...” dеya ta'riflaydi?
A) ilmni B) mеhr-muhabbatni C) hunarni D) kitobni
Kamchiklar uchun avvaldan uzr.