614-20- guruh talabasiOmonova Inobatning Dars ishlanmasi
Mavzu: Mirtemir she’rlari tahlili
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad -o`quvchilarga Mirtemir she’rlarining badiiy, tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish;
Tarbiyaviy maqsad - chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash; shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, yurtga sadoqat hissini tarbiyalash.
RIvojlantiruvchi maqsad - o’quvchilar faolligini oshirish, tabiatga munosabatini yaxshilash
Tayanch kompetensiya elementlari:
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: O’zini-o’zi hurmat qilish tuyg’ularinishakllantirish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Dars metodi: suhbat
Darsning jihozi: tarqatmalar, kitoblar, televizor, kompyuter
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. Uy vazifasini soʻrash
III. Yangi mavzu bayoni
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
V. Baholash
I. Tashkiliy qism: Salomlashib boʻlib, davomat olinadi, va darsga tayyorgarlik jarayonida kerakli jihozlar tayyorlanadi.
II. Uy vazifasini soʻrash:
Oʻqituvchi:1-she'r uchun qani yodlagan oʻquvchilar davom qilib aytamiz . Avval 2 qatordan aytib qolgan joyidan davom qilib boraverasiz. Oxirida esa yana boshidan boshlab davom qilasiz...
1- O'quvchi: Ko'k yuzida pag'a bulut- oq bulut,
Oq bulutdan sut yog'armi yoki qut?
Pag'a bulut- yaxshi ko'klam elchisi
Havolarda yomg'ir isi, sel isi...
2- O'quvchi:Ko'k yuzida dam qaldiroq, dam sukut
Yogʻmay o'tma, pagʻa bulut- oq bulut!
Yog'ib o'tsang- tizza bo'yi o't bo'lur,
O't bo'lur, ham sut boʻlur, ham qut boʻlur.
3- oʻquvchi:Ko'k yuzida pag'a bulut- oq bulut....
Bir qarasang- osmon toʻla oqquvlar,
Bir qarasang- baland qorli cho'qqilar,
Bir qarasang- koʻz ilg'amas oq barqut.
4- O'quvchi:Ko'k yuzida- yorug', oydin bir ro'yo....
Usta rassom chizmish ajib manzara
Tepa- tepa paxta- beg'ubor, sara,
Kuzgi xirmonlarning akslari go'yo....
Shu tariqa davom qiladi: darsda uy vazifasi soʻrash bosqichi. Bu uchun ham baholar qoʻyib boriladi.
Quyidagi metod orqali ham takrorlash orqi uy vazifani soʻrab olish mumkin:
“Kitob javonim” usuli shu tarzda olib boriladi:
Oʻtkazilishi: O`qituvchi sinf doskasiga o`tilgan mavzuda
o`zlashtirilgan ijodkorning surati yopishtirib qo`yadi. Shoirning surati yonida joy hozirlanadi. So`ng o`quvchilarga turli asarlar nomlari yozilgan qog`oz tarqatib chiqiladi. O`quvchilar ushbu asarlarni muallif yonidagi joyga to`g`ri yopishtirib chiqadilar.
III. Yangi mavzu bayoni:
Savol Javob:Yangi mavzu ham Mirtemir she'rlarining tahlili boʻlib oʻquvchilarga savollar tayyorlasa boʻladi. Ular yodlab kelgan va She'r ichidan mantiqiy mustaqil fikrga olib keluvchi savollar.
Quyidagicha:
1.Quyma, mag'zi to'q satrlar, bir o'qishdayoq ХОtirada o'rnashib qoladigan qofiyalar bunga misol keltiringchi?
2.Mirtemirning “ Bulut" she'rida yaxshi ko'klam elchisi nima edi?
3.Mirtemir she'rlarida ona ko'z yoshiga qiyos etilgan narsa nima edi?
4.Mirtemirning" Shudring" she'rida shudring so'zi nechа maratoba ishtirok etadi?
5. Kechasi onam tag'in Yig'labdi- da chamasi... Ushbu misralar bilan yakun topuvchi she'r qaysi? 6.Tashlasam ham zo'r tashlayman, Qoʻlga tushar bari oxir.
Ushbu misralar bilan yakun topuvchi she'r qaysi?
7.« Bulut » she'rida badiiylik, jumladan, ohangdoshlik nimalarda ko'rinadi?
8.« Shudring » she'rida shoir tabiat hodisasini nimalarga o'xshatadi va uni qanday izohlaydi? 6. « Baliq ovi » she'rida shoir tugʻilib oʻsgan yurt tasviri haqida so'zlang.
9.Mirtemir she'rlarida bolalik ХОtiralarining oʻrnini qanday izohlaysiz?
10.O'zingiz yashayotgan shаhar yoki qishloq tabiatida yilning toʻrt faslida qanday goʻzal manzaralarni kuzatasiz?
Savollarga javob berish orqali , oʻqituvchi tushuntirib boradi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Keyingi metod: "Bizni top" deb nomlanadi va unda soʻzlar beriladi , bu soʻzlar qaysi she'rdan olinganini topishlari kerak va daftarlariga yozadilar va tekshirtirib oladilar.
V. Baholash
Dars avvalida har bir guruhga taqdim etilgan daraxt surati o`qituvchi bergan mevalar bilan boyitib boriladi. Mevalarning rangiga va soniga qarab, g`olib guruh aniqlanadi.
Yashil rangli meva – “5” baho
Pushti rangli meva – “4” baho
Qizil rangli meva – “3” baho
VI. Uyga vazifa: Mirtemirning she’rlarini tahlil qilib yana yodlab kelish
Dostları ilə paylaş: |