Abdurasulova Durdona



Yüklə 456,7 Kb.
tarix21.05.2022
ölçüsü456,7 Kb.
#116102
Abdurasulova Durdona
Kurs ishi mavzulari

62-19 guruh Abdurasulova Durdona

ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar hisobi


Reja:
1.Xo’jalik hisobining mohiyati va funksiyalari
2.Xo’jalik xisobida qo’llaniladigan o’lchovlar
3. Xo’jalik hisobining turlari
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi.

Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir.

.


Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo‘jalik hisobi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror hamda qonun-qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun iqtisodiyot faoliyati boshqariladi.
Xo‘jalik hisobi asosan qo‘yidagi funktsiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b)kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish nati-jalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
g) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish,
Xo’jalik hisobi

Xo’jalik hisobining turlari

Xo’jalik hisobining turlari


1
    • Operativ hisob

2
    • Statistik hisob

3
    • Buxgalteriya hisobi

Operativ hisob

  • Operativ (tezkor) hisob. Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi.

Statistik hisob

  • Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin.

Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.
«Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, buck–kitob, halter–tutish so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi «accounting” deb yuritiladi.

Xo’jalik hisobi o’lchov turlari

  • Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.

Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan ob’ektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
Yüklə 456,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə