Aflotun hakimdan so`radilar



Yüklə 158,74 Kb.
tarix15.11.2023
ölçüsü158,74 Kb.
#132589
Eshnazarova Ozoda


Notiqlik hammaning ham qo`lidan kelaveradigan oson kasb emas. Notiqlik har bir aqlli, bilimli insondan katta salohiyat, qobiliyat talab qiladi. Inson - oliy mavjudot. Insonda eshitish qobiliyati bor, yoqimli ovozni, yoqimli gaplarni, yoqimli musiqani eshitib, maza qiladi, lazzatlanadi. Insonda ko`rish qobiliyati bor.
Go`zalliklarni ko`rib xuzurlanadi. Tabiatda ko`plab tog`lar, sharsharalar, lolazorlar kabi manzaralarni ko`rgan inson hayratlanadi, quvonadi. Tasviriy sanat, xaykaltaroshlik sanati kabi ko`plab sanat turlarini inson ko`rib, dunyoqarashi, aql-idroki o`sadi, so`z boyligi kengayadi, tasavvuri yanada ravonlashadi.
Notiq nutqining ifoda ko`lami kengayishida barcha ijodkorlar atori yozuvchilar, shoirlarning alohida o`z o`rni bor. Masalan: Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, G`afur G`ulom, Abdulla Qaxxor, Tohir Malik, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, To`ra Sulaymon, Rauf Parfi, Tog`ay Murod, Muxammad Yusuf, Iqsbol Mirzo, Isajon Sulton, Botir Ergashev kabi so`z sanatkorlarining har biri alohida olam.
Qozoqboy Yo`ldoshev kabi ko`plab notiqlarimiz borki, ular nutqida qo`llaydigan so`zlar, iboralar, maqollar, hikmatlar, rivoyatlarni o`z o`rnidaligi diqqatga sazovordir. Bu notiqlarning gaplarini, maruzalarini eshitgan inson katta manaviy ozuqa oladi, nutqdarida birorta ortiqcha jumla, so`z, ibora bo`lmaydi
Rivoyat. Rivoyat - arabcha so`zdan olingan bo`lib, birinchi manosi avloddan avlodga o`tib kelayotgan og`zaki hikoya, naql afsona.
Aflotun hakimdan so`radilar:
-Olimu donishmand odam oddiy kishilardan nimasi bilan farq qiladi?
Javob berdilar:
-Olim kishi ochiq yuzli, yumshoq so`zli, tavozeli bo`ladi. Biror odamdan o`zi haqida bo`lmag`ur so`z eshitsa, ranjimaydi. Maqtashlar va olqishlarga uchib, o`zini yuqori tutmaydi, kamtar bo`ladi.
Ha, kamtarlik ulug` fazilatlardan birikim, kim uni mensimaydi, odamlar nazaridan tushibdi, demak.
Notiq rivoyatni chiroyli, obrazga kirib dona-dona qilib tinglovchi qalbiga, yuragiga yetib boradigan darajada tasirchan ohangda, ustozga xos, shogirdga mos ovozda, tempda, pauzalarga amal qilgan holda nutqni bezash shakllaridan foydalanib aytsa, tasir doirasi kengayadi va tinglovchi esida qoladi.
Hikmat - arabcha so`zdan olingan bo`lib 1) o`ta donolik, donishmandlik, zakovat, akl-idrok; 2) tagini anglash qiyin bo`lgan, yashirin bir mano, yashirin bir sabab, sir. Hikmatli - hikmatga asoslangan, hikmati bor; mo`jizali, sirli, donolik bilan aytilgan, chuqur mazmunli, tagdor manolarda qo`llaniladi. Notiqlik sanatida nutqda hikmatlardan foydalanishning ahamiyati katta.
Yüklə 158,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin