Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish
Reja:
Kirish
Yozuv daftari»dan foydalanish
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur qilishga, bir xil qiyalik (65°)da yozishga, harf unsurlarini bir-biriga to’g’ri bog’lab yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlarga to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi.Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish lozim.Bu sinfda umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko’rgazmalilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko’rgazmalilik chiroyli yozuv malakasini singdirishda katta ahamiyatga ega.Maktabga qadam qo’ygan har bir o’quvchi u yoki bu harfning shaklini tushunib, yozilishini, ularning bir-biriga bog’lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, ruchkani ushlash va to’g’ri o’tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Bu davrda olingan bilim va malakalar o’quvchilar uchun doimiy qoida bo’lib qolishi kerak.Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablardir. O’quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etishini ko’ramiz. Bu bog’lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o’quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga muhrlash imkonini beradi. Masalan, o’quvchilarning o’qituvchi bayon qilayotgan harflar shaklini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko’raylik. Bu jarayonni uning asosiy xarakteriga ko’ra, idrok etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq va ravshan bo’lishi uchun o’quvchi o’z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to’g’ri ifodalashga jalb qiladi. Yozayotgan so’z yoki gapning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan ularni idrok etib bo’lmaydi. Yozish jarayoni ko’rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok etilishi lozim bo’lgan materialni tartibga solish, o’rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko’rsatish, bayonning ravshan va izchil bo’lishi, sinf doskasiga hamma o’quvchi ko’ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlaydigan omillardandir.
Bola maktabga qadam qo’ymasdan oldin (3-4 yoshdan boshlab) qo’liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to’g’ri kelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo’r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishga qarab qo'1 harakatlari shunga moslashtiriladi.
Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
Dostları ilə paylaş: |