Antarktida. Iqlimi va organik dunyosi mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi



Yüklə 46,41 Kb.
tarix14.07.2018
ölçüsü46,41 Kb.
#56725

star-plyus_0555

SAMARQAND SHAHAR

XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA

TA`LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING

ANTARKTIDA. IQLIMI VA ORGANIK DUNYOSI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

DARS ISHLANMASI
d:\document\browser\html\images\34-3.jpgd:\document\browser\html\images\033-4.jpg

Mavzu: Antarktida iqlimi va organik dunyosi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga Antarktida tabiati va organik dunyosi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga ekologik tarbiya berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi, interfaol.

Dars o`tish metodi: Aralash

Dars jihozi: Globus, dunyo tabiiy xaritasi, 6-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, jadvallar, tarqatma materiallar.

Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia, slaydlar.

Tashkiliy qism. O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash: sinf o’quvchilari 3 guruhga ajratiladi va guruhlar nomlanadi(5 daqiqa).

Darsning oltin qoidalari:

Faollik

Hamjihatlik

O’ng qo’l qoidasi

O'zgalar fikrini hurmat qil

Guruhlar: o’quvchilarga savollar berib aniqlanadi.

1-savol:1820-yilning 16 - yanvar kuni Rossiyalik dengizchilardan Lazarev va yana bir kishi Antarktida materigini kashf etgan. U kishi kim? J:Bellinsgauzen .

2-savol:1911-yil 14-dekabr kuni birinchi bo’lib janubiy qutbga borgan. Bu kishi kim? J:Amundsen.

3-savol:Ikkinchi bo’lib janubiy qutbga kim bordi? J:Skott.
1-guruh: “Bellisgauzen”

d:\лола\images\033-1.jpg

2-guruh: “Amundsen”



d:\лола\images\033-2.jpg

3-guruh: “Skott”



d:\лола\images\033-3.jpg

I-shart: “Ha” yoki “Yoq” usuli.Har bir guruhga uchtadan savol beriladi.Ular ha yoki yo’q deb javob beradilar (2 daqiqa).

  1. Antarktida shimoliy qutbda joylashganmi? J: Yoq.

  2. Antarktida “anti” qarama- qarshi deganimi? J:Ha.

  3. Hozirgi muzlar million yil muqaddam paydo bo’lganmi? J: Yo’q.

  4. Antarktidada “sovuqlik qutbimi”? Ha.

  5. Janubiy qutbg 1- bo’lib Kolumb borganmi? Yoq.

  6. Antarktida maydoni 14 mln km kv mi? Ha.

  7. Antarktidaning eng baland joyi Vinsonmi? Ha.

  8. Antarktika yarim oroli bormi? Ha.

  9. Antarktida Lavraziyadan ajralib chiqqanmi? Yoq.

II-shart:”Ajratish usuli”.O’quvchilar Antarktida materigiga oid ob’yektlarni ajratib berishlari kerak (5daqiqa).

ANTARKTIDA

MATERIK

UEDDELL

DENGIZ

EREBUS

VULQON

AYSBERG

MUZ TOG’I

ANTARKTIKA

YARIM OROL

ELSUERT

TOG’

NEFT

FOYDALI QAZILMA

BENTLI

CHO’KMA

PANGEYA

QADIMGI QURUQLIK

d:\лола\images\34-2.jpg

Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa).

IqIimi. Materikning geografik o’rni va muz-qor bilan qoplanganligi o’ziga xos iqlim xususiyatlarini keltirib chiqargan. Materik ichkarisida sovuq va quruq antarktida havo massalari shakllanadi. Natijada yuqori havo bosimi ta’sirida shimolga yo’nalishdagi kuchli shamollar okean tomonga esadi. ,,Shamollar oqimi” nomini olgan bunday shamollar 600—800 km kenglikdagi hududda esadi, tezligi esa bir soniyada 30—35 m, ba’zan 90 m gacha yetadi. Qorli bo’ronlari tez-tez takrorlanib turadi. Ba’zi joylarda bir yilda 340 kun bo’ronli bo’Iishi aniqlangan.

Qish oylarida (aprel-sentabr) havoning ortacha harorati — 60°C, ko’pincha — 70—80°C dan past bo’ladi. Rossiyaning ,,Vostok” ilmiy stansiyasida havo harorati — 89,2°C ga pasayganligi kuzatilgan. Shuning uchun bu yerga sayyoramizning ,,sovuqlik qutbi” deb nom berilgan.

Yoz oylarida (oktabr-mart) muz-qor quyosh energiyasining 80% dan ko’prog’ini qaytaradi. Matenk ichkarisida havo harorati — 36°C dan yuqori ko’tarilmaydi. Lekin sohil bo’ylarida harorat 0°C atrofida bo’ladi. Ko’plab aysberglar ajralib chiqadi.

Materik markazida yog’in miqdori 30—50 mm, sohilga tomon ortib boradi 600—700 mm. Yog’in qor holatida yog’adi, sohil zonasida ba’zan qisqa muddatli yomg’ir yogbishi mumkin.

Antarktida hududida ikkita iqlim mintaqasi mavjud:

Antarktika va Subantarktika. Antarktika iqlim mintaqasida materik to’liq joylashgan bo’lsa, subantarktika iqlim mintaqasi orollar va qisman Antarktida yarimorolini egallaydi. Materikda chuchuk suvlarning 80% zaxirasi muz holatda to’plangan.



Organik dunyosi. Materikning ichki qismlarida organizmlar juda kam. Lekin materikka tutash okean suvlarida hayvonot olami nisbatan ko’p. Bu sohil zonasida ko’k kitlar, tulenlar, dengiz qoploni, dengiz mushugi, dengiz sheri, va ko’plab pingvinlar yashaydi. Pingvinlarning 17 turi tarqalgan. Go’zal imperator , kichikroq adeli pingvinlari ko’p. Antarktida sohilida topilgan ko’k kitning uzunligi 33 m, og’irligi 160 t. 1967-yildan boshlab, ko’k kitlarni ovlash taqiqlangan.



Yangi mavzuni mustahkamlash: (13 daqiqa).

1.“Mening o’yinim” O’quvchilar Antarktida materigi, iqlimi, organik dunyosi haqidagi savollarga javob berib ball yig’ishlari kerak(5 daqiqa)

Antarktida materigi

Materikning 12 ta

nimasi bor?



Nimaning 80 %

muz holatida?



Nimaning chiqishi va botishi

1 yilda bir marta bo’ladi?



Antarktida iqlimi

Nechta iqlim

mintaqasi bor?



-89,20C harorat

Kuzatilgan.

Qaysi stansiyada?


600-800km kegliklarda tezligi

1 soniyada 30-35m li

shamollar qanday ataladii?


Antarktida organik

dunyosi


Qaysi hayvonlar

mavjud?


Ularning 17 turi

mavjud. Qaysi hayvonning?



Uzunligi

33 m, og’irligi 160 t qaysi hayvonga tegishli?


Geografik diktant.O’quvchilar qoldirilib ketgan so’zlarni yozishlari kerak (2 daqiqa).

1.Ba’zi joylarda bir yilda …………….kun bo’ronli bo’lishi kuzatilgan.

2.Materik markazida yog’in miqdori ……………. mm.

3……………. yildan boshlab, ko’k kitlar ovlanishi taqiqlangan.

4.Materik ichkarisida sovuq va quruq havo massalari …….……………… shakllanadi.

3.“Atamalar daraxti” O’quvchilar bir xil rangdagi olmalarni yig’ishlari zarur.(3 daqiqa)

Pingvin. Nunutaklar. Aysberg.



“Pochta qutisi” o’quvchilar materikga oid ma’lumotlarni ajratishlari kerak.(3daqiqa)

  1. “Shamollar oqimi” nomli shamollar.

  2. Sohil bo’yida harorat 00 C atrofida.

  3. Subantarktika iqlim mintaqasi.

  4. Dengiz sheri ,dengiz mushugi..

  5. Qirolicha Mod yeri.

  6. Amundsen dengizi.

f:\101photo\sam_0104.jpg

Darsni yakunlash: O’qituvchi o’tilgan mavzuni umumlashtiradi, darsda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatadi, guruhlar to’plagan ballarni hisoblab chiqadi va g’olib guruhni e`lon qiladi(2 daqiqa).

O`quvchilarni baholash: Barcha guruhlarning “Rag’bat” va “Jarima” ballari yig’iladi. G”olib guruh aniqlanadi. Guruhlarga “Eng bilimdon guruh” ,“Eng hamjihat guruh” ,“Eng chaqqon guruh” nominasiyalari beriladi. O’quvchilar bilimi baholanadi va ballar kundaliklarga qo’yiladi. (2 daqiqa).

Uyga vazifa. Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash(1 daqiqa).
Yüklə 46,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin