Aylanma korpusli tuproqqa ishlov berish mashinalari



Yüklə 83,93 Kb.
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#138818
  1   2   3   4
AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI


AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI
Reja:
1. Tuproqga asosiy ishlov berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar.
2. Tuproqga asosiy ishlov berish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlashi.
3 Plugning tortishga bo’lgan qarshiliklari va ularni pasaytirish usuilari.
4. Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qishloq xo’jalik mashinalari agregatlar tarkibida mexanizatsiyalashgan qishloq xo’jalik ishlarini, jarayonlarini bajaradigan mashinalarga aytiladi.
Qishloq xo’jalik mashinalari vazifasi va ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga ajratiladi:
Tuproqqa asosiy va yuza ishlov berish, o’g'it sepish, ekin va ko’chat o’tkazish, ekinga ishlov berish, o’simliklarni himoya qilish, paxta terish, don va dukkakli ekinlarni yig'ib olish, em-xashak tayyorlash, kartoshka, sabzavot, meva etishtirish va hosilni yig'ib olish ishlatiladigan bir qator qishloq xo’jalik mashinalari mavjud. Bu mashinalarni respublikamizdagi "O’zqishloqxo’jalikmash xoldiog" kompaniyasiga qarashli 17 ta korxona va chet mamlakatlardagi bir qator firma va zavodlar ishlab chiqaradi.
Respublikamizning paxtachilik mintaqasi uchun turli modifikasiyadagi traktorlar, paxta terish mashinalari, yarusli tarzda er xaydaydigan va o’simlik qoldiqiarini tuproq ostiga ko’mib ketadigan original pluglar, tukli va tuksiz chigit ekadigan, plyonka ostiga ekishga mo’ljallangan paxta seyalkaiari, qator oralariga ishlov beradigan va o’g'it solib ketadigan kultivatorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda,
Bugungi kunlarda qo’shma korxonalardan "o’zKeysmash" korxonasi "Keys-2022" rusumli o’ziyurar gorizontal shpidelli paxta terish mashinalari, "Lemkin" (Olmoniya) firmasining er xaydash va tuproqni ekishga tayyorlash agregatlari, "Deganiya Spreyeres (Isroil) firmasining pnevmoshtangali purkagichlari, "Agrimonda" (Italiya) firmasining o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashish qurollarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
2. Tuproq erning ustki unumdor qatlamidir, tuproqning rnexanik tarkibi ko’p fazali muhit bo’lib, o’zaro siljiydigan qattiq zarralar, suv. havo va tirik organizmlar aralashmasidan iborat. Bu fazalarning bir-biriga nisbati tuproqning texnologik xossalarini aniqlaydi. Tuproqning namligi unga ishlov berishda muhim rol uynaydi. Yil mobaynida tuproqdagi namlik maksimum miqdordan minimumgacha o’zgarib turadi. Tuproqni yarim qattiqlikdan qattiq holatga o’tish vaqti unga mexanikaviy ishlov berishda optimal hisoblanadi, bunda tuproq yaxshi maydalanadi, mashinaning ishchi organlariga yopishib . qolmaydi, tuproqga ishlov berish harajatlari kamayadi.Tuproqqa mexanikaviy ishlov berishda quyidagi fizik – mexanik va texnologik xususiyatlari xisobga olinadi:
a) Tuproqning namligi – tuproq tarkibidagi suvning foizlardagi miqdori;
b)Tuproqning qattiqligi – tuproqqa botadigan qattiq jismga uning ko’rsatadigan qarshiligi, n/sm2, mPa;
v) Tuproqning solishtirma qarshiligi - Tuproq qatlamining har 1 kvadrat sm kesimiga to'g'ri keladigan piugning tortishda ko’rsatadigan o’rtacha qarshiligi;
g) Tuproqning xajmiy massasi – 1 sm3 dagi tuproqning quruq massasi, g/sm3;
d) Tuproqning yopishqoqligi – po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati.
Optimal namlikning yuqori chegarasi tuproqning po’latga yopishishiga yo'1 qo’ymaslik shartidan aniqlanadi. Xususan, ekish vaqtida tuproqning namligi 0…10 sm qatlamda 20 foiz dan ortiq bo’lmasligi lozim. Shuning uchun ham dala ishlarini tuproqning fizikaviy etilishi bilan qisqa vaqtda bajarilishi zarur.
Tuproqning qattiqligi uning mexanikaviy va strukturaviy holatiga, shuningdek, namligiga bog'liq. Tuproqnihg namligi ortishi bilan qattiqligi kamayadi va ish organlarining ish bajarishiga sarflanadigan energiya miqdorini o’zgarishini belgilaydi. Tuproqning qattiqligi, qattiqlik o’lchagich deb ataladigan moslama bilan o’lchanadi.
Tuproqning solishtirma qarshlligi 120 kPa gacha bo’lib, uning turi, tuzilishi va holatiga bogliq. Tuproqning namligi ortishi bilan uning solishtirma qarshiligi minimumgacha kamayadi, keyin esa yopishqoqlik va ishqalanish kuchining ortishi tufayli kattalashadi.Tuproqning bu tafsilotidan foydalanib agregatlar tuzishda qurolning qamrash kengligini tanlash, ish bajarish normalarini aniqlash, talab etiladigan texnikalarning turlarini taniab hisoblash imkonini beradi.
Solishtirma qarshiligiga qarab tuproqlar quyidagilarga bo’linadi: engil tuproqlar 3 N/sm2 gacha, o’rtacha tuproqlar 3. . . 5 N/sm2 , o’rtacha og'ir tuproqlar 5… 7 'N/sm2, og'ir tuproqlar 7. . . 12 N/sm2 juda og'ir tuproqlar 12 N/sm2 dan yuqori.
Tuproqning xajmiy massasi (zichligi) o’simliklarning rivojlanishi uchun muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chigitning unib chiqishi uchun tuproq hajmiy massasi 0…10 sm qatlamda 1,1…1,3 g/sm3 bo’lishi kerak.
Tuproqning yopishqoqligi qishloq xo’jalik mashinalarining ish organlari va g'ildiraklariga tuproqni yopishib qolishi bilan xarakterlanadi. Tuproqning yopishqoqligi (n/sm2) po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati bilan o’lchanadi. Tuproqning yopiplqoqligi darajasi uning namligiga bog'liq. Doimiy bostm ostida namlik ortishi bilan yopishqoqiik ortadi, lekin suv qatlamini ortishi bilan yopishqoqlik kamayadi. Strukturasiz tuproqda yopishqoqlik namlik 40. . . 50% oralig'ida sodir bo’ladi, strukturali tuproqda esa - 60. . . 70%da bo’ladi. Shuning uchun tuproqni strukturasi tiklansa, hosildorlik oshiriladi va qurollarga tuproqning yopishishi keskin kamaytiriladi Tuproqning ichki va tashqi ishqalanishlari mavjud. Qishloq xo’jalik mashinalari ishchi organlari yuzasi bilan orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanish va tuproq zarrachalari orasidagi ishqalanish - ichk! ishqalanishdir.
3.Erga ishlov berish tizimi. Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirishda bir necha texnologik operasiyalarni qo’llanishi tuproqga ishlov berish tizimini tashkil etadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish texnologiyasida tuproq-'iqlim sharoitiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz va minimal tuproqga ishlov berish sistemasi qo’llaniladi.

Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin