Вы не добьётесь успеха до тех пор, пока не осознаете, что оружие ПСИХОЛОГА-КРИМИНАЛИСТА -мозги, а не ПИСТОЛЕТ!!! Джейк Харрис. Bilish jarayonlari (KOGNITIV JARAYONLAR) psixodiagnostikasi 1.Xotira psixodiagnostikasi. 2. Xayol psixodiagnostikasi. «Qisqa muddatli ko‘rish xotirasi hajmini aniqlash «Tezkor ko‘rish xotirasini baholash» - Ko‘rish xotirasi rivojlanish darajasining ko‘rsatkichi, masalani echish vaqtidan (daqiqa hisobida) qilingan xatolar sonini ayirish va ularning yig‘indisiga 1 sonini qo‘shish bilan aniqlanadi.Bola tomonidan qaysidir sababga ko‘ra noto‘g‘ri ko‘rsatilgan uchburchaklar xato deb qaraladi. Bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: har biri 6 ta uchburchakni o‘z ichiga olgan 4 ta kartochkadagi to‘g‘ri topilgan uchburchaklar yig‘indisini topib, u 4 ga bo‘linadi, bu to‘g‘ri javoblarning o‘rtacha miqdoridir.
- Ushbu son 6 dan ayriladi va hosil bo‘lgan natija xatolarning o‘rtacha sonini ifodalaydi. Shundan so‘ng bolaning vazifani echish uchun sarflagan o‘rtacha vaqti barcha vazifalarni echish uchun sarflagan umumiy vaqtini 4 ga bo‘lish orqali aniqlanadi.
«Eshitish xotirasini baholash» - Bu xotira turini aniqlash uchun bolaga 1 sekund oralig‘ida 4 ta so‘zlar to‘plami ketma-ket o‘qib beriladi.
- I. Oy, daraxt, sakramoq, sariq, qo‘g‘irchoq, sumka;
- II. Gilam, stakan, suzmoq, og‘ir, kitob, olma;
- III. Divan, hazillashmoq, palto, telefon, sanchqi, dovyurak;
- IV.Maktab, odam, uxlamoq, qizil, daftar, gul.
- Shu so‘zlar to‘plamini eshitib bo‘lgandan so‘ng, sinaluvchiga taxminan sekund o‘tgach, keyingi 36 ta so‘zlar to‘plami shoshilmay, har bir so‘z 1 sekunddan oraliq bilan o‘qib eshittiriladi.
- Stakan, maktab, sanchqi, tugma, gilam, oy, stul, odam, divan, sigir, televizor, daraxt, qush, uxlamoq, dovyurak, hazillashmoq, qizil, oqqush, surat, o‘g‘ri, suzmoq, to‘p, sariq, sakramoq, daftar, palto, kitob, gul, telefon, olma, qo‘g‘irchoq, sumka, ot, etmoq, fil, uy.
Dostları ilə paylaş: |