Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan boliqligi



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#128075
ozHExzllKsvtfDKGLEBCCzv1Tef6f8KEt8n9j27A




1.Bolalar folklori va uning janriy xilma-xilligi.

2. Bolalar qo’shiqlarining g’oyaviy-badiiy 
xususiyatlari

3. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan
qo’shiqlar.

4.Bolalarning mavsumiy qo’shiqlari va
ularning bola tarbiyasida tutgan o’rni.



Xalq og’zaki ijodi turmush tajribalari asosida 
yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan 
chambarchas bog’langan. Xalq donoligi shu mehnat 
jarayonining turli va o’ziga xos shart-sharoitlariga 
muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib 
ertaklar, qo’shiqlar, topishmoqlar, maqollar, 
masallar, tez aytishlar yaratgan.


Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, 
ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og’zaki
ijodining boshqa turlaridan farq qiladi.

Daryo suvini bahor toshirar, 
Odam qadrini mehnat oshirar.

Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, 
Odam — mehnati bilan.

Bilagi zo’r birni yiqar, 
Bilimi zo’r mingni yiqar.

Ilm — aql chirog’i.

Tilga e’tibor — elga e’tibor.



Topishmoq o’ziga xos shakl va mazmunga 
ega bo’lgan mustaqil bir asardir. Unda
falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, 
tushunchalar, hodisalarning mohiyati
nihoyatda go’zal, obrazli ifodalar bilan aks 
ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa 
o’rtasida berilgan jumboqli savolga javob 
qaytarish tarzida ijro etiladi.


“Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” (piyoz), 
“Dum-dumaloq, jajji oy, chaqib yesang g’ij-g’ij moy» 
(yong`oq) ,
«Qo’li yo’q, oyog’i yo’q, uy poylar» (qulf).
“Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi» (Quyosh, 
oy, yulduzlar).
“Bir chuqurda ming chuqur” (angishvona).
,,O’zi bir qarich, soqoli ming qarich» (ip-igna).
“Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o’qir, g’alvir to’qir» 
(ari). 
«Osti tosh, usti tosh, o’rtasida jonli bosh” (toshbaqa).



Masallar ko’proq hayvonlar, jonivorlar, 
parranda-yu darrandalar, o’t-o’lanlar misolida
og’zaki, yozma shaklda, nasr yoki nazmda 
bo’ladi. Masal hamisha o`z hissasiga ega
bo`ladi.
Hissa:
Al’amon, yuz al’amon,nojinslardan al’amon,
Yaxshi ulfatlar bilan bo’lg’il hamisha, ey javon!



Qo’shiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, 
kuylashga mo’ljallangan, kuy-ohang bilan aytiladigan
bir necha bandli she’rdan iboratdir. 
«Alla» qo’shig’i
Yot, bolam, uxla, qo’zim, 
Uylarda o’chdi chiroq. 
Uxlar asalarilar, 
Uxlar baliqlar tinchroq. 
Ko’kda oy yarqiraydi
Derazadan qaraydi. 
Ko’zlaring yumgin, qo’zim, 
Yot, quvonchim, qunduzim! 
Alla, alla,


Tez aytish qayta-qayta mashq qildirish, 
berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib 
olish har tomonlama foyda so’z o’yini bilan
ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir 
nechta vazifalar yotgan bo’ladi. Shulardan 
birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz 
takrorlash natijasida bolaning nutqi o’sadi, 
tili ravon bo’ladi.



Ko’p so’zning ozi yaxshi,
Oz so’zning o’zi yaxshi.

Tog’ boshiga solingandir bizning qishloq,
Bir buloq bor u qishloqdan emas yiroq.
Qishloq go’zal, suvi shirin, bilaman men,
Shu sababli jonu tandan sevaman men.


Xalq ertaklari o’z xususiyatlariga ko’ra bir
necha turga bo’linadi: 

hayotiy ertaklar,

hayvonlar haqidagi ertaklar, 

sehrli-afsonaviy ertaklar, 

ijtimoiy-maishiy ertaklar.


«Zumrad va Qimmat», «Oltin tarvuz», «Dehqon
bilan ayiq», «Non va tilla» (arab xalq ertagi), 
«Haqqush» (tojik xalq ertagi), «Danak» 
(qirg’iz xalq ertagi), «Qizg’anchiq Pak» 
(koreys xalq ertagi), «Kuchuk va topqirlik» 
(latish xalq ertagi), «O’tinchi yigit», «Bo’ri
bilan echki»



«Pahlavon Rustam», «Birlashgan o’zar», «Uch
og’a-ini botirlar», «Egri bilan To’g’ri», «Ona
yer farzandi», «Sardorning oyni ushlab
olmoqchi bo’lgani» (turk xalq ertagi), 
«Donishmand qiz» (xitoy xalq ertagi), 
«Qadrdon uyning mixi» (shved xalq ertagi), 
«Chollar, ho’kizlar, Bo’rka va pop» (gruzin
xalq ertagi)



Bolalar adabiyotida folklorning o’rni qanday?

Alla-qo’shiq deganda nimani tushunasiz?

Masal janri va uning o’ziga xos xususiyatlarini 
ayting.

Maqol, tez aytish, topishmoq haqida nima
bilasiz?

Ertak janri qanday turlarga bo’linadi?

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin