BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI ME'YORIY HUJJATLARINI TAYYORLASHDA WORD DASTURIDAN FOYDALANISH
REJA:
1. Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish
2. Boshlang`ich sinf oʻqituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda word dasturidan foydalanishni oʻrgatish
3. Boshlang`ich sinflar bilan Powerpoint dasturida ishlash.
Kompyuter dasturi deb axborotni qayta ishlash uchun moʻljallangan kompyuter tushinadigan tilda yozilgan toʻgʻri va toʻliq amallar va buyruqlar ketma-ketligiga aytiladi. Kompyuterdagi dasturlar majmuasi dasturiy ta‘minot deyiladi. Dasturiy ta‘minot kompyuterning ikkinchi muxim qismi boʻlib, u ma‘lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz ichiga oladi. Dasturiy ta‘minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta‘minoti orasidagi bogʻlanish interfeys deb ataladi. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish - apparat interfeysi, dasturlar orasidagi oʻzaro bogʻlanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi oʻzaro bogʻlanish - apparat - dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya‘ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda boʻladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan oʻzaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Kompyuterning dasturiy ta‘minotini uchta kategoriya boʻyicha tasniflash mumkin:
— tizimli dasturiy ta‘minot;
— amaliy dasturiy ta‘minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta‘minot (System software)
— kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta‘minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta‘minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet soxasi boʻyicha ma‘lum bir masalalar sinfini еchishga moʻljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari boʻlib xizmat qiladi, ya‘ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga moʻljallangan. Word dasturida ishlash. Word muharriri Windows operatsion tizimi uchun yaratilgan, Microsoft firmasining mahsuli boʻlib, uning bir necha turlari mavjud. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qoʻyilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga joʻnatish, rasm, grafik, jadval, va diagrammalardan foydalanish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin. ―Word (so`z) - hozirgi zamon matnli protsessorlaridan biridir. Word dasturi bilan ishlaganda unga har xil diagrammalar, tasvirlar, grafiklar, ―Paintbrush yoki boshqa biror grafikli muharrirda chizilgan rasmlar, hamda jadvalning biror bo`lagini qo`yish mumkin. Word ning samarali va qulay tomoni shuki, u ―Write matn muharriri bajara olmaydigan, matnni ikki va undan ortiq kolonkalarga ajratish, matnni ramka ichiga yozish va bu ramka chizig`ining soyali va soyasiz ko`rinishini hosil qilish, bir nechta ishchi oynalar tuzish va hokazo ishlarni bajara oladi.
Word – bu matnli va grafikli axborotlar ustida yuzlab amallarni bajaruvchi, matn muharrirlarining ichida mukammal dasturlardan biri bo`lib hisoblanadi. Word yordamida juda tez va yuqori sifatda istalgan hujjatni oddiygina yozuvdan to murakkab nashrdagi asl maketgacha tayyorlash mumkin. Birinchidan, Word zamonaviy kompyuter texnologiyalarida ko`zda tutilgan an‘anaviy amallarni matnlar ustida so`zsiz bajarish imkoniyatiga ega:
Formatlashtirilmagan alfavit-raqamli axborotlar to`plarni va modifikatsiyasi
Turli xil o`lchamli va stilli ―True Type shriftlarni qo`llagan holda belgilarni formatlash
Betlarni formatlash
Hujjatni butunligicha formatlash
To`g`ri yozilganlikni tekshirish, sinonimlar tanlash va so`zlarni avtomatik ravishda ko`chirish. Ikkinchidan, Word matn muharririda ―Windows ning boshqa ilovalarida tayyorlangan matnli fragmentlarni, jadvallarni, rasmlarni xujjatga kiritish imkonini beradigan yangi texnologiya imkoniyatlari mavjud.
Uchinchidan, Word – bu maxsus nashriy sistemalarga xos bo`lgan sahifalashning ko`pgina amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan va bosmaxonada keyingi nusxalash uchun asl nusxalar yasaydigan,umumqo`llaniladigan dasturlardan biridir.
Microsoft Word matnlar tahrirlovchisi ko`p amalli dasturdan iborat matn muharriri bo`lib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta‘riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o`zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k. Ushbu matn muharririning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba‘zi amallardan ham bilish mumkin:
Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish.
Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash.
Rasm chizish.
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va h.k.
Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.
Word programmasida yaratilgan fayllar ―docx kengaytmasi bilan saqlanadi. Word dasturini ishga tushirish uchun : ―Пуск– ―Все программы – ―Microsoft office – ―MS Word – sarlavha satri;
2 – oynani yigʻish tugmasi;
3 – oyna oʻlchamini tiklash tugmasi;
4 – oynani yopish tugmasi;
5 – menyu satri;
6 – vositalarlar paneli;
7 – gorizontal va vertikal chizgʻichlar;
8 – asosiy ishchi soha;
9 – holat satri;
Shrift – belgilarni oʻzgartirish uchun «shrift» tanlanadi.
Nechertanie – tanlangan «shrift»ning koʻrinishi oʻzgartiriladi.
Razmer – belgining oʻlchami oʻzgartiriladi.
Podcherkivanie – belgining ostiga har xil chiziqlar chiqarish mumkin.
Svet – belgiga rang tanlanadi.
Obrazets – tanlangan oʻzgartirishlarni koʻrsatib turuvchi oyna.
Po umolchaniyu – barcha oʻzgartirishlardan keyin bu tugma bosilsa, tanlangan oʻzgartirishlar Word dasturini qayta ishlatganda ham saqlanadi.
Rasmlar va ob‟yektlar qoʻyish. Klaviaturada mavjud boʻlmagan belgilarni hujjatga joylashtirish uchun «Vstavka» menyusining Simvol buyrugʻini tanlash kerak. Ekranda quyidagi klaviaturada mavjud boʻlmagan belgilar qoʻyish oynasi paydo boʻladi: Shrift – maydonidan foydalanilayotgan shrift tanlanadi. Kerakli belgi tanlangandan soʻng «Vstavitь» tugmasi orqali hujjatga qoʻyiladi. Hujjatga grafikli rasm oʻrnatish uchun «Vstavka» menyusining Risunok yoki Kartinka buyrugʻini tanlash kerak, ekranda quyidagicha muloqat oynasi paydo boʻladi
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Microsoft Office Power Point dasturida Multimedia ilovalarini tayyorlash metodikasiga bagʻishlangan. Bunga quyidagilar kiradi:
matnli ma‘lumotlar;
rasmlar;
slayd-shou;
diktor joʻrligidagi ovoz bilan boyitilgan;
videoparcha va animatsiya;
uch oʻlchamli grafika tarzida dasturiy ta‘minot boʻlishi mumkin.
Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllardan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya‘ni belgilangan shaklda oʻzgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimediali texnologiya (multi-koʻp, medio-muhit) bir vaqtning oʻzida ma‘lumot taqdim etishning quyidagi usullaridan foydalanishga imkon beradi:
matn;
grafika;
animatsiya;
videotasvir;
ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik-axborot muhitida ishlashda foydalanuvchiga ta‘sir oʻtkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) ma‘ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda koʻrgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qoʻllanma, laboratoriya tajribalaridan foydaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydaniladi. Kompyuter va Multimediali proektrning paydo boʻlishi ma‘ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya joʻrligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini oʻzida muajassaam qilgan koʻrgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma‘lumki, inson ma‘lumotning koʻp qismini koʻrish (80%) va eshitish (15%) organlari orqali qabul qiladi. Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bu vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e‘tiborini koʻproq jalb qiladi. SHundan kelib chiqib, Multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi Hozirgi vaqtda koʻplab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va koʻrgazmali boʻlishi uchun koʻproq Multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi Multimedia apparat vositalari boʻlishi bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta‘rifga ega:
Multimedia - turli ma‘lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish qayta ishlash vositalarini qoʻllash tartiblarini ta‘riflovchi texnologiya;
Multimedia – kompyuter apparat ta‘minoti (kompyuterda kompakt- disklar oʻqish qurilmasi – SD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma‘lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
Multimedia – bu bir necha ma‘lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda Multimedia deganda matn, ovoz, grafika, mulьtiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma‘lumot taqdim etish vositalarining kompter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma‘lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta‘minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo boʻlibgina oʻtirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Sifatli Multimedia ilovalari ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turli-tuman, birbiridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga boʻlish va ierarxiya tarzida koʻrgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini oʻzida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
Multimedia ilovasini loyihalashning boshlangʻich bosqichida materialni qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi;
Material mazmunini aniq belgilash;
Mazmunni koʻrgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
Multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash. Kompyuter ekranidagi ma‘lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
Ekrandagi ma‘lumot tizimga keltirilgan boʻlishi kerak;
Vizual ma‘lumot davriy ravishda tovushli ma‘lumotga almashib turishi kerak;
Vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab boʻlmasligi kerak. Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda koʻrish maydonini tashkil etishni belgilovchi ob‘ektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi. Ob‘ektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi;
Bir-biriga yaqin, ya‘ni koʻrish maydonida ob‘ektlar bir-biriga qanchalik yaqin boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
Jarayonlar oʻxshashligi, ya‘ni obrazlarning oʻxshashligi va yaxlitligi qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan uygʻunlashadi;
Davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya‘ni koʻrish maydonida tartibli ketma-ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
Ob‘ektlar shakli, harf va raqamlar oʻlchami, ranglarning toʻqligi, matnning joylashishi va boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning oʻziga xosligini hisobga olgan holda;
Vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
Xotirada saqlash uchun moʻljallangan materialning rangini oʻzgartirish orqali ajratish;
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, Oʻqitish jarayoni pedagog, talim oluvchi va oʻqitish vositalarining oʻzoro ta‘siridan iborat boʻlib, hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoiyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va ta‘lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi Axborot-kommnunikatsiya texnologiyalari qoʻllaniladigan darslarning qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Ta‘limda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush bilan bog`langan usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy koʻrsatuvlar bilan bog`liq usullari birinchi oʻringa oʻta boshlaydi.
1. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, oʻzini - oʻz boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi.
2. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish oʻquvchilarda bilim olishga boʻlgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bugungi kunda o`quvchilarning faqatgina insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar va tajribalarni o`zlashtirishlari bilan cheklanmaslik, o`quvchida doimiy mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik, faollik, sub‘ektivlik kabi shaxs sifatlarini shakllantirishga imkon beradigan o`qitishning yangi shakllari va metodlarini ta‘lim jarayoniga tadbiq etish zarur. Bu vazifa boshlang`ich ta‘lim bosqichidanoq qo`yiladi, chunki o`qituvchilarning boshlang`ich ta‘limda shakllantiriladigan ko`nikma va malakalari butun hayot davomida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |