FOREX BU
COSMIC TRADING
Forex bu xalqaro valyuta bozori bo'lib
unda dunyoning eng mashxur valyutalari
(GBP, USD, JPY, CHF va boshqalar) o'zaro
onlayn (Internet orqali)
erkin raqobat
asosida oldi berdi qilinadi. Forex
qisqartmasi "Foreign Exchange" - Xorijiy
almashuv'dan olingan, ba'zi hollarda FX ko'rinishida ham
ishlatiladi.Bunda bir valyutaning boshqa valyutaga
nisbatan kursi oddiygina belgilanadi, yaʼni har ikki tomon rozi boʻlgan
kurslar nisbati boʻyicha valyuta almashiniladi. Forex bozorining kelib
chiqishi 1971-yil 15-avgustda AQSH prezidenti Richard Nikson
tomonidan AQSH dollarini oltinga erkin konvertatsiyasini bekor
qilganidan boshlanadi. Shu sanadan boshlab "Bretton-Vud kelishuvi"
bekor qilinadi va dunyoning eng
yirik davlatlari yangi "Yamayka
valyuta
sistemasi"ga o'tishadi. Oʻz
hajmiga
koʻra
mazkur bozor boshqa barcha
bozorlardan katta hisoblanadi.
Forex aksiyalar yoki
valuta fyucherslari kabi aniq savdo
qilinadigan joyi yoʻq. Forex bozorida
savdo bir yoʻla butun jahondagi yuzlab
banklarda telefon va komputer terminallari orqali oʻtadi.
FOREX BU
COSMIC TRADING
Forex bozori kecha-yu kunduz 24 soat mobaynida ishlaydi (Shanba va
Yakshanbadan tashqari) va valyuta ayirboshlash butun ish haftasi
davomida toʻxtamaydi..
Forex Strategiyalari
Forex strategiyalari asosiy 2 turga bo'linadi.
1-Fundamental analiz.
2-Tehnik analiz.
Fundamental analiz
Fundamental analiz
-
Bunda siz siyosiy, mintaqaviy va
iqtisodiy
vaziyatga qarab valyuta parasi qanday yo'nalishini aytib berasiz
va shu orqali
foyda olasiz. Fundamental tahlil investitsiyaning ichki qiymatini ko'rib chiqish
bilan bog'liq bo'lganligi sababli , uni forexda qo'llash millat valyutasini
baholashga ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy sharoitlarni ko'rib chiqishni o'z
ichiga
oladi.