Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 20,91 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü20,91 Kb.



Fan nomi: Matematika

Dars mavzusi: Misol va masalalar yechish

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va matematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: mustahkamlash

Dars uslubi: aqliy hujum, interfaol

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar

Matematika – fanlar ichra shoh, Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Ibn Sino

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.

Litr haqida tushuncha berish, litrga doir misollar bajarish

Rasmlar asosida narlarning sanog’ini va ular ustida ayirish, qo’shish amallari, taqqoslashni bajarish

Tushuntirish, izlanish

musobaqa

30 minut

4-bosqich Mustahkamlash

O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash.

Dam olish daqiqasi

Muammoli izlanish

7 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzular yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi.


  1. Kilogramm nima?

  2. Kilogramm qanday o’lchov birligi?

  3. Litr qanday o’lchov birligi?

  4. Ayirma nima? U qanday topiladi?

5. Og’irlikni nima yordamida o’lchaymiz?

O’tilgan mavzu tushuntiriladi va eslatiladi.

O’quvchilarning bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish

Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzu tushuntiriladi.

1 – misol. Tushuntirib yeching:

5 + 5 = 10 2 + 8 = 10

7 + 3 = 10 7 + 3 = 10

4 + 6 = 10 1 + 9 = 10

Litr – og’irlik o’lchov birligi bo’lib, qisqacha l bilan belgilanadi.

2– misol. Masala tuzing va yeching:

Bitta 1 l va 1 ta 3 l li bankalarga sut olindi. Jami necha litr sut olingan?

3 + 1 = 4 litr Javob: 3 l

Yechish 1) 10 – 7 = 3 litr

3- misol. Bir xonadonda 10 ta jo’ja parvarish qilinmoqda. Ularning 7 tasi sariq, qolganlari esa oq. Oq rangdagi jo’jalar nechta?

Yechish.

1) 10 – 7 = 3 ta Javob: 3 ta

4-misol. Hisoblang:

10 – 2 = 8 5 + 5 = 10 9 -4 = 5 8 + 2 =10

9 + 1 = 10 10 – 6 = 4 4 + 2 = 6 3 + 5 = 8

5-misol. Rasm asosida masala tuzing va yeching:

Qovun – 8 kg

Tarvuz - ?, 2 kg og’ir

Yechish


  1. 8 + 2= 10 kg

Javob: Tarvuz 10 kg

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

- Bugun darsda nimalarni o’rgandik?

- Litr o’lchov birligini o’rgandik.

- Litr qanday o’lchov birligi ekan?



- Og’irlik o’lchov birligi.

V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.

Yüklə 20,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə