2 – Amaliy mashg`ulot mavzusi: Immunologik xotira
Mashg`ulot
maqsadi:
o`quvchi
talabalarda
immunologik
xotira
immunologik xotirani shakllantirish bosqichlari haqida bilim, tushunchlar
shakllantirish, amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Dars mavzusining asosiy savollari:
1.
Immunologik xotira tushunchasi
2.
Immunologik xotira mexanizmlari.
Immunologik xotira – organizmning katta kuch bilan
va tez rivojlanishga
qodir bo‘lgan immun reaksiyasi bilan antigenni qaytadan kiritishga javob bera
olishidir. Immunologik xotira hujayralari (to‘qimalari) – antigenga retseptorlar hosil
bo‘lgani bois, antigenni qayta jo‘natishga javob bera olish qobiliyatini uzoq yillar
saqlab qoladigan hamda uzoq muddat yashay oladigan T– hamda V–limfotsitlari.
Immunologik xotira antigenni qaytadan jo‘natishga (kiritishga) jadallashgan o‘ziga
xos javobning namoyon bo‘lishidir. Immun reaksiyasi (javobi) vaqtida patogen
iliminatsiyasi (halok bo‘lishi, yo‘qolishi) sodir bo‘ladi. Immunitet orqali kechadigan
unga chidamlilik yuqorida aytib o‘tilgan omillar (antitela,
sitoksik T-limfotsitlar,
orttirilgan va tabiiy immunitetning boshqa faollashtirilgan hujayralari) bilan amalga
oshadi (2 rasm). Ammo mazkur hujayralar hamda gumoral omillarning
(faktorlarning) yashash muddati chegaralangan. Ular parchalanishga uchragach
organizm patogenga
immunitet saqlab qoladi, biroq u boshqa asosga ega bo‘ladi.
YUqorida immun raeksiyasi chog‘ida effektor hujayralar bilan bir vaqtda joriy
immun reaksiyasiga (javobigan) qo‘shilmaydigan, ammo usha antigenlar bilan qayta
uchrashganda himoya hujayralarining (to‘qimalarining) birikmasini hosil qiluvchi
xotira hujayralari (to‘qimalari) hosil bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tilgan edi.
Xotira
hujayralari oddiy hujayralardan morfologik jihatdan farq qilmaydi, ammo sodda
limfotsitlardan farqlanuvchi retsirkulyasiya yo‘lini ochib beruvchi qator o‘ziga xos
membranali molekulalarni olib yuradi. Xotira hujayralari har bir kloni (nasl)
hujayralari soni odiy limfotsitlar klonlaridagi miqdordan 2 – 3 hissa yuqoriroq.
Potagen kiritilgandan so‘ng muddatlar abssiss o‘qi bo‘ylab belgilangan
Xotiraning V-hujayralarida sekretsiyaga uchraydigan antitelalar izotopining
o‘zgarishi bosqichi o‘tib bo‘lib, ularning immunoglobulinlari V-genlari embrion
(murtak) markazlarida ro‘y bergan somatik (jismoniy) mutatsiyalarga
(o‘zgarishlarga) ega. Xotiraning CD4+ T-hujayralari subpopulyasiyada
o‘zgarishga uchrab bo‘lgan. Bularning barchasi ikkinchi immun javobning –
antigen bilan qayta uchrashganida immun javobining (reaksiyasining)
rivojlanishini tezlashtiradi. Biroq xotira hujayralarining bunday orttirilgan
samaradorlik hislati hali to‘liq aniq emas. Xotiraning T-hujayralari – dastlabki
immun javobida hosil bo‘ladigan o‘zoq vaqt umr ko‘ruvchi retsirkulyar
kichik
limfotsitlardir. Ular antigenlar determinanti xossalarini “yodda saqlab qoladi”
hamda usha antigenni qaytadan aniqlashda tezkor hamda kuchaytirilgan javob
reaksiyasini rivojlantiradi. Xotiraning T-hujayralari sodda va samarador T-
limfotsitlardan uchrab turish chastotasining kattaligi, membranali molekulalarnng
yuqori ekspressiyasi, ikkilamchi immun reaksiyasi rivojlanishi uchun
yallig‘lanuvchi mediatorlar hamda koretseptor signallarga talabning kamligi bilan
ajralib turadi.1 Ma’lumki, amaliy immunologiyaning asosiy hamda
eng samarali
yo‘nlishi bilan ushbu fanning – vaksinatsiyaning, ya’ni kasallik namoyon
bo‘lmasdan turib samarali immunologik xotira induksiyasi vjudga kelishi bog‘liq.
So‘ngi yillarda shunga o‘xshash me’yorlardan davolash maqsadlarida foydalanila
boshlandi: onkovaksinalar, allergovaksinalar, shuningdek autoimmun kasalliklarini
davolash uchun vaksinalar tayyorlash uchun katta ko‘lamdagi ishlar olib
borilmoqda. Ushbu barcha holatlarda qo‘yilgan maqsadga erishish faqat xotira
hujaylari hosil qilish yo‘li bilan emas, balki kutilgan yo‘nalishdagi vaksinalar
orqali hosil bo‘lgan immun javobini qayta o‘zgartirish yo‘li bilan erishishga
harakat qilinmoqda. Masalan, allergiya bo‘lganda
allergiyaning namoyon
bo‘lishini ko‘rsatib beruvchi shakllanib bo‘lgan Th2-javobi o‘rniga allergenga
bevosita Thl-javobini keltirib chiqarishga harakat qilinmoqda. Autoimun
jarayonlarda autoantigenlarga holsizlikni (anergiyani) keltirib chiqarishga; shishlar
(o‘smalar) bo‘lganda – aksincha, o‘smali antigenlarga immun javobini
kuchaytirishga urinishlar olib borilib, uni Thl-yo‘lga yo‘naltirishmoqda. Atrof-
muhit antigen komponentlariga immunologik xotira allergik kasalliklarda bo‘lib,
rezus-antigenga (xomiladorlikning rezus-nomutanosibligida vjudga keladi) esa –
yangi tug‘ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligi asosidadir. Immunologik xotira
fenomenidan (kamdan kam uchraydigan holati) amaliyotda
odamlarni emlashda
(vaksinatsiyada) foydalaniladi.