Elektrkimyo kimyoviy va elektr energiya turlarini bir biriga otish qonunqoidalarini organadi. Masalan elektroliz jarayonida elektr energiya kimyoviy energiyaga o’tsa, galvanic elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga o’tadi.
Har qanday elektr tokono o’tkazuvchi sistema o’tkazgich deb nomlanadi. O`tkazgichlar 2 turga bo`linadi: 1- chi tur o`tkazgichlar deb elektr toki faqat erkin elektronlar harakati tufayli vujudga keladigan o`tkazgichlarga aytiladi. Ularga misol qilib metallar, metall qotishmalari, ko`mir, grafit va b. olish mumkin. Bunday moddalardan elektr tokining o`tishi xech qanday kimyoviy o`zgarishsiz, tegishli jismni qizishiga olib keladi.
Elektr tokining o`tishi moddalarda kimyoviy o`zgarishlar sodir qilsa bunday moddalar 2- chi tur o`tkazgichlar yoki elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga - tuz, kislota, asoslarning suvli erimtmalari, metallarning eruvchan oksidlari misol bo`la oladi. Eritmalarda elektr tokini musbat va manfiy zaryadlangan ionlar tashiydi.